Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/55
tarix05.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104371
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55
DINSHUNOSLIK

Pravoslav yo‘nalishi. 
Pravoslav yo‘nalishi xristianlikning 
uch asosiy yo‘nalishidan biri o‘laroq, tarixan uning sharqiy 
shahobchasi sifatida ro‘yobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim, 
asosan, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida 
tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so‘zidan 
olingan bo‘lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. 
Pravoslavlikning kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki 
bu yo‘nalish u yerdagi hukmron din edi.


53
Xristianlikning Sharqiy tarmog‘i bo‘lmish pravoslaviyaning 
rivojlanishi jarayonida 15 mustaqil (avtokefal) cherkov: Konstan-
tinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus, Gruzin, Serb, Rumin, 
Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, Chexiya, Slovakiya, Rus va 
Amerika cherkovlari vujudga keldi. Bu cherkovlardan eng kattasi 
Rus pravoslav cherkovi (RPCh boshqa rasmiy nomi Moskva 
patriarxati).
Avtokefal cherkovlar bilan birga avtonomiya maqomidagi 
Sinay, Fin va Yapon cherkovlari faoliyat olib bormoqda. XX 
asrning oxirlarida, Sharqiy Yevropadagi siyosiy jarayonlar 
sababli, avtokefal cherkovlar ning soni yanada ortdi. Bu 
cherkovlar turli ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda faoliyat ko‘rsa-
tadilar va zamonning dolzarb muam molariga turlicha munosabat 
bildiradilar.
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alo-
hida ahamiyat beradi. Cherkov yili eski hisobga muvofiq 1-sen-
tabrdan boshlanadi. 8-sentabr kuni «Rojdestvo bojey materi» 
bayrami o‘tkaziladi. 12-sentabr kuni «Vozdvijeniya kresta 
gospodnya» bayrami nishonlanadi. Bu bayram imperator 
Irakliya davrida Iso krestining forslar tutqunidan qaytarib olib 
kelinishiga bag‘ishlanadi. 21-noyabr kuni «Vvedenie vo xram 
Presvyatoy bogoroditsey» bayrami o‘tkaziladi. Bu bayram uch 
yoshli Maryamning birinchi ruhoniy tomonidan qadimiy ahd 
ibodatxonasiga olib kirilganligiga bag‘ishlanadi. Ibodatxonaga 
kirish bayramidan bir hafta oldin 15-noyabrda Rojdestvo posti 
boshlanadi. Nihoyat, 20-dekabrda Rojdestvo bayrami kiradi va 
31-yanvargacha davom etadi.
Isoning cho‘qintirilishi bayrami 6 yanvarda nishonlanadi. 
Bu bayram Isoning Yahyo tomonidan cho‘qintirilishiga bag‘ish-
lanadi.
Navbatdagi yana bir yirik bayram sretenie (olqishlash, kutib 
olish) bayramidir. Bu bayram Iso tug‘ilgach avliyo Simeon 
tomonidan uni kutib olinishiga bag‘ishlanadi.


54
Yuqorida sanab o‘tilgan bayramlar oldidan ularga tayyorgalik 
sifatida turli muddatli postlar o‘tkaziladi. Postning mohiyati inson 
ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhim voqealariga 
tayyorgarlikdan iborat.
Pravoslav cherkovida ruhoniylar uch tabaqaga bo‘linadi: 
1) dia kon, 2) ruhoniy, 3) yepiskop.
Diakon (grek. xizmatchi) ruhoniylikning eng quyi tabaqasi 
hisoblanadi.
Ruhoniy yoki Ierey pravoslav ruhoniyligining ikkinchi 
tabaqasi hisoblanadi. Yepiskop yoki arxiyerey ruhoniylikning 
eng oliy unvoni hisoblanadi. Yepiskoplar barcha ibodat va sirli 
marosimlarni bajara oladilar. Poytaxt shaharlarning yepiskoplari 
mitropolit deb ataladi. Pravoslav cherkovining eng oliy mansabi 
patriarxdir.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə