Z nishanova, G. Alimova


J l k bolalik davridagi bolalar so‘zlay boshlagan bo‘lishiga qaramay



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə15/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

J l k bolalik davridagi bolalar so‘zlay boshlagan bo‘lishiga qaramay, ular hali vaqt va fazo kabi murakkab tushunchalami to‘g‘ri idrok qila olmaydilar, chunki ularda hali turmush tajribasi yo‘q.^Bunday murakkab tushunchalar kundalik hayot davomida sekin-asta hosil qilib boriladi.


Bir yoshgacha bo‘lgan bolalaming diqqati nihoyatda beqaror va ixtiyorsiz bo‘lsa, ikki yoshga to‘lgan bolalarning diqqatida yangi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. Bola o‘sib ulg‘aygan sari uning diqqati barqarorroq boia boshlaydi. Diqqatning ozmi-ko‘pmi barqaror boia boshlagani shunda ko‘rinadiki, bola o‘zini qiziqtiigan biron narsa bilan uzoq vaqt mobaynida shug‘ullana oladi. Ikki yoshga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘ygach so‘zlami tushunadi. So‘z boyligi orta boigach,

www.ziyouz.com kutubxonasi



bolaning ziga xos bo‘lgan situativ tiji haqiqiy tilga aylanadi.


Bu yoshdagi bolalaming tafakkurlari o‘ziga xos xususiyatlaiga hamda konkret xarakteiga ega. Ular ayni chog‘da idrok qilib turgan narsalari haqida juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalaming tafakkiir jarayonlarida harakat elementlari ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham ulaming tafakkurlari ba’zan harakatli tafakkur deb ham yuritiladi.


Ilk bolalik davridagi bolalarda tafakkuming fikriy operatsiyalari, ya’ni analiz, umumlashtirish kabilami ko‘ramiz. Ular qo‘llaridagi o‘yinchoqlarini yoki qo‘llariga tushgan narsalami amaliy aylantirib, paypaslab, buzib analiz qiladilar. Lekin sintez qilishga hali qurblari etmaydi. Bu yoshning oxiriga kelib tafakkuming o‘sishida nutqning roli juda oshadi. Bola yangi so‘zlami mumkin qadar ko‘proq bilib olib, ulardan o‘z tafakkurida keng foydalana boshlaydi. Bu esa fiklash operatsiyalarining o‘sishiga yordam beradi. Bolada so‘zlar vositasi bilan analiz va sintez qilish, abstraksiyalash hamda umumlashtirishning dastlabki alomatlari ko‘zga tashlanadi.


Tafakkurning o‘sishida yana bir muhim bosqich shundan iboratki, ilk bolalik yoshining oxiriga kelib bola ayrim tushunchalami bilib olishga va bu tushunchalarning eng muhim belgilarini o‘zlashtirishga muvaffaq boiadi. Uch yoshga toiay deb qolgan bola katta yoshdagi hamma odamlaming ishga barvaqt ketishlarini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi bolaga “dadang endi barvaqt ishga ketmaydi” deyilsa, u hayron boiib qoladi. Chunki katta odam boigan dadasining ishga bormasligi uning tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi. Uning tushunchasida hamma katta odamlar barvaqt ishga ketishi kerak. Shuning uchun hech bir o‘ylab o‘tirmay, “dadam kattalar-ku?” deb javob beradi. Lolalar tushunchalardan foydalanib, sodda xulosalar chiqarishga o‘rgana boshlaydilar. Ular bir necha hukmlardan foydalanib katta, kichik, baland, past, ko‘p, oz kabi sodda xulosalar chiqara oladilar, bu esa tafakkuming yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi.


jlk bolalik davridagi bolalarda murakkab psixik jarayonlardan biri boimish xayol anchagina rivojlana boshlaydi. Lekin bu asosan ixtiyorsiz xayol boiadi^Ular hali maium maqsad asosida ixtiyoriy

www.ziyouz.com kutubxonasi




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə