Z nishanova, G. Alimova


IV- вов CHAQALOQLIK УА GO‘DAKLIK DAVRINING



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə13/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

IV- вов


CHAQALOQLIK УА GO‘DAKLIK DAVRINING


PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI


4.1. Chaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari

Bolaning chaqaloqlik davri jismoniy jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Odatda odamning yoshi tug‘ilgan kunidan boshlab hisoblanadi. Lekin aslida odamning dunyoga kelishi, rivojlanishi tug‘ilmasdan ilgarigi, ya’ni ona qomidagi davridan boshlanadi. Bola onaning qomidaligi davrida, ya’ni to‘qqiz oy mobaynida juda tez va juda murakkab taraqqiyot davrini boshidan kechiradi, uning keyingi rivojlanishi ona qomidagi taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir.


Shuning uchun bolaning tug‘ilgunga qadar bo‘lgan taraqqiyotiga ham diqqat-e’tibor bilan qarash lozim, chunki tug‘ilgunga qadar ham bolaga tashqi muhit ta’sir qiladi. Lekin bu ta’sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqali bo‘ladi. Homiladorlik davrining har jihatdan normal o‘tishi bolaning ona qomidagi normal taraqqiyoti va har jihatdan to‘kis boiishini ta’minlaydi.


Bolaning tug‘ilgandan keyin bir yoshgacha davri nisbatan kam harakat va “nutqsiz” taraqqiyot davridir. Bu davrda bolaning o‘sishi va taraqqiyoti tor —oila va yasli doirasida kechadi. Ammo shunday boisa ham bu davr har jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Bu davrda bola deyarli faqat ona suti bilangina ovqatlanadi, u hali gapira olmaydi va mustaqil harakat qila olmaydi. Bu davrda bola ojiz boiib, kattalaming doimiy va to‘g‘ri parvarish qiUshlariga muhtoj boiadi.


Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha boigan bolalaming tashqi qiyofalari katta odamlaming tashqi qiyofalaridan ancha farq qiladi. Yangi tugilgan bolaning boshi gavdasiga nisbatari juda ham katta (gavdasining to‘rtdan bir qismiga barobar), bo‘yin deyarli yo‘q darajada qisqa, gavdasi uzun, oyoq-qo‘llari gavdasiga nisbatan qisqa boiadi. Katta yoshli odamning boshi gavdasining sakkizdan bir qismiga to‘g‘ri keladi.


Bundan tashqari chaqaloq bolaning yuzi juda kichkina boiadi,

www.ziyouz.com kutubxonasi

chunki yuqorigi va pastki jag‘lari hali ishlamaganligi tufayli rivojlanmagan bo‘ladi. Chaqaloq bolalar ichki oiganlarining holati va faoliyati ham katta odamlamikidan anchagina farq qiladi. Masalan, o‘pkadagi havo kiradigan mayda pufakchalarning soni miqdor jihatdan katta odamlamiki bilan barobar bo‘lsa hani, ular juda mayda boiadi (katta odamlamikiga nisbatan uch barobar kichik boiadi). Shuning uchun chaqaloq bolalar katta odamlarga nisbatan uch barobar tez nafas oladilar. Chaqaloq bola bir minutda 50-60 marta nafas olsa, katta yoshdagi odam xuddi shu vaqt ichida 14-16 marta nafas oladi. Chaqaloq bola jismoniy jihatdan juda tez o‘sayotganligi tufayli sof havoga ayniqsa muhtoj boiadi. Ilk yoshdagi bolalaming taraqqiyotida, buni albatta hisobga olish zarur.


Agar chaqaloq bola o‘ringa o‘ng‘ay holatda yotqizilmasa, siqib yo‘rgaklansa va ochiq havoga olib chiqilmasa, uning nafas olishida qo‘shimcha qiyinchilik vujudga keladi.


Chaqaloq bolaning yuragi katta odamning yuragiga nisbatan anchagina tez uradi. Masalan, katta odamning yuragi bir minutda o‘rtacha 70-75 marta ursa, chaqaloq bolaning yuragi 120 va undan ortiq marta uradi. Buning asosiy sababi chaqaloq bolalar yuragining har bir qisqarishida bosib chiqaigan qon hajmining (miqdorining) ozligi, yurak muskullarining hali zaifligi bilan bogiiq. Bundan tashqari, chaqaloq bolalar yuragining nisbatan tez urishi ular oiganizmida modda almashishjarayonining intensivligi, jadalligi bilan ham bogiiqdir.


Chaqaloq bolalarda badanning haroratini idora qilish hali yaxshi rivojlanmagan boiadi. Chaqaloq bolalarda tanasining vazniga qaraganda terisining umumiy sathi (yuzasi) nisbatan katta hamda terisi katta odamlar terisiga qaraganda ancha yupqa boiadi. Shu sababli ular normal taraqqiyot uchun kerakli haroratni yo‘qotib sovqotishi mumkin. Bolaning ortiqcha harakatlari ham, ovqat yeyishi ham temperaturasiga ta ’sir qiladi. Shu sababli chaqaloq bolalarni tarbiyalashda rejimning ahamiyati nihoyatda kattadir. Chaqaloq bolalami hamisha o‘z vaqtida ovqatlantirish, uxlatish va o‘z vaqtida u bilan shug‘ullanish (gaplashish, o‘ynatish) kerak.


Chaqaloq bolalaming ovqat hazm qilish a’zolari ham o‘ziga xos



www.ziyouz.com kutubxonasi

xususiyatga ega. Ulaming oshqozonlari hali juda kichkina, oshqozon va ichak muskullari rivojlanmagan, juda zaif bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalaming eng yaxshi ovqati ona sutidir. Bolalar katta odamlaiga nisbatan tez-tez ovqatlantiriladi. Buning sababi ravshan. Agar katta odamlaiga ovqat sarf qilgan quwatlaririi tiklash maqsadida kerak boisa, bolalar uchun esa ovqat sarf qilgan quwatlarini tiklashdan tashqari o‘sishlari uchun ham kerak. Bolaning oiganizmi to‘xtovsiz o‘sadi, buning uchun esa juda ko‘p ozuqa moddalar kerak boiadi. Ozuqa moddalami bola ovqat orqali oladi. Shu sababli bolaning jismoniy jihatdan normal o‘sishida o‘z vaqtida ovqatlanishi va ovqatning sifati juda katta ahamiyatga ega.


Normal tugilgan bolaning o‘rtacha vazni 2800-3500 g, bo‘yi 45-52 santimetr boiadi, bir yil davomida uning vazni va bo‘yi ayniqsa sezilarli o‘zgaradi. Normal o‘sib ulg‘ayayotgan bola yarim yoshga eytganida uning vazni ikki barobar, bir yoshga yetganida esa uch barobar ortadi. Bolaning vazni dastlabki oylarda, ayniqsa, bir-uch oyligida tez ortadi. Keyinroq borib vaznning ortishi birmuncha sekinlashib boradi va bir yoshga toigach, bolaning vazni 9 kg ga yetadi.


Tarbiyachi bolalarning umumiy psixik taraqqiyotlari va psixologik sifatlarini turli faoliyatlar jarayonida o‘rganib, ular haqida toia maiumotlarga ega boia olmaydi. Toia maiumotga ega boiish uchun tarbiyachi bolaning uy sharoitida, hulq-atvori va xatti-harakatlariga doir m aium otlardan ham xabardor boiishi shart. Tarbiyachi har bir bolaning fei-atvori va xatti-harakatlariga doir kuzatgan faktlarni yozma ravishda qayd qilib borishi va har bir bolaga maktabga chiqish oldidan to ia psixologik-pedagogik xarakteristika tuzishi lQzim.


Bir yoshga toigunga qadar bolaning bo‘yi ham juda tez o‘sadi. Xuddi vazni kabi bolaning bo‘yi ham dastlabki oylarida ayniqsa tez o‘sadi. Keyin bo‘yining o‘sishi ham ancha sekinlashadi. Agar bola bir yoshga toiguncha taxminan 25 sm ga o‘ssa, keyingi ikki yil ichida faqat 18 sm ga o‘sadi.


Yangi tugilgan bolaning suyaklari, ya’ni skeleti hali katta odamlamiki singari qattiq va mustahkam boimaydi. Chaqaloq



www.ziyouz.com kutubxonasi

bolaning skeleti deyarli yumshoq tog‘aydan iborat boiadi. Keyingi taraqqiyot davrida, ya’ni bir yoshga toiguncha uning skeleti suyakka aylana boshlaydi. Agar bola chaqaloqlik davrida noto‘g‘ri parvarish qilinsa, uning skeletidagi turli qismlar noto‘g‘ri o‘sib, biror yeri qiyshiq boiib qolishi mumkin. Ko‘pchlik hollarda bolaning noto‘g‘ri o‘sishi, noto‘g‘ri yotishi natijasida umurtqa suyagi qiyshayib qolishi mumkin, chunki umurtqa suyagi juda elastik (egiluvchan) boiadi.


So‘nggi yillarda bolalar organizmining noto‘g‘ri parvarishi bilan bogiiq bo igan skolioz kasalligi haqida ko‘p gapirilmoqda. Darhaqiqat, bolalarda paydo boigan skolioz (umurtqa suyagining qiyshayib qolishi) kasalligi ko‘pchilik hoUarda bolalar gavdasining normal o‘sishiga ota-onalar va taibiyachilaming befarq munosabatda boiishlari tufayli yuzaga keladi. Skolioz (bukir) kasalligi juda og‘ir majruhlUcdir. Skolioz asosan Ucki yo‘1 bUan paydo boiadi. Ulardan birinchisi tug‘ma skoUoz bo‘lsa, Uckinchisi individual hayot davomida orttirilgan skoliozdir. Biz asosan ana shu individual hayot davomida boiadigan skoUozning oldini oUshimiz, ya’ni uning paydo bo-Ushiga yo i qo‘ymasligimiz kerak. Skolioz kasalligi dastawal mutlaqo bilinmaydi va juda sekinlik bUan rivojlanadi, vaqt o‘tishi bUan u ko‘zga tashlana boshlaydi.


Skolioz kasalligi qiyin davolanadi. Uni davolashda ortoped-vrachlar juda ko‘p qiyinchUiklaiga duch keladilar. SkoUoz kasaUigi o‘g‘U bolalarda ham, qiz bolalarda ham uchraydi. Qiz bolalaming muskul va skeletlari o‘g‘U bolalaiga nisbatan zaifroq bo‘lganUgi tufayli ular skolioz kasaUigiga moyUroq boiadilar. Bolalarda uchraydigan skolioz kasalUgi muskul va skeletlaming tez o‘sishi va ushbu o‘sish davrida bolalaming noto‘g‘ri o‘tirishlari va yotishlari tufayli vujudga keladi. Skolioz kasaUigiga uchragan bola o‘ta nogiron qiyofaga kirib qoladi.


Skolioz kasaUigiga uchramaslik uchun bola yotadigan to‘shak tekis, boshiga qo‘yUadigan yostiq ham ortiqcha baland boimasligi кегак. Bola yurishni o‘iganayotganda goh o‘ng, goh chap qoiidan ushlab unga yordam berish lozim. Ana shu kabUarga rioya qUgandagina bolani skoUoz (bukir) kasaUigidan saqlab qolish mumkin.



www.ziyouz.com kutubxonasi




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə