Z nishanova, G. Alimova


Shunday qilib xayol bog‘cha yoshdagi bolalaming taraqqiy



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə38/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

Shunday qilib xayol bog‘cha yoshdagi bolalaming taraqqiy

www.ziyouz.com kutubxonasi



etishlarida katta o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham bog‘cha yoshdagi davrda bolaning xayoli etarli o‘sgan bo‘lishi kerak. Chunki maktabdagi o‘qish birinchi kundan boshlab bolalardan xayol qilish qobiliyatining, xususan tinglash qobiliyatini yaxshi o‘sgan bo‘lishini talab qiladi.

12.3. M uloqot shaxs rivojlanishining muhim omili sifatida




Muloqot deganda o‘zaro munosabatlaming shakllanishi, ro‘yobga chiqarilishi va namoyon bo‘lishini ta’minlovchi informasion emotsional va predmetli o‘zaro ta’sir jarayoni tushuniladi. Bola shaxsining shakllanishida muloqotning roli benihoya kattadir.


Muloqot jarayonida muayyan shaxsiy munosabatlar shakllanadi. Bolada qanday shaxsiy sifatlaming tarkib topishi ko‘p jihatdan uning atrofdagilar bUan bo‘lgan o‘zaro munosabati xarakteriga bog‘liqdir. Bolaning kattalarga munosabati ishonchli yoki ishonchsiz, yoqimli yoki yoqimsiz va hokazo bo‘lishi mumkin. Xo‘sh bolalaming kattalarga bo‘lgan munosabati nima bilan belgilanadi? Bu munosabat asosida nimalar yotadi? Bunday masalalar hozircha kam tadqiq qilingan. Ulaiga nisbatan yondoshuvlar mavjud. Neofreydistlar (Freydning davomchilari) bolalarning kattalarga bo‘lgan munosabati shakllanishida onaning o‘mi hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydUar. Ulaming fikricha bunga sabab shundaki, ona bolaning “orol ehtiyoji”ni qondiradi. Biroq nega bo‘lmasa onasidan ayrilib qolgan bolalaming ham jismoniy va psixUcjihatdan normal rivojlanishi xolatlari uchraydi? Bolaning uni oziqlantirmagan u bUan faqatgina o‘ynagan yoki muloqotga kirishgan kattalarga qattiq bog‘lanib qolishini neofreyditisk pozisiyadan turib qanday qilib tushuntirish mumkin? Biologik omilning rolini muvofiqlashtiruvchi psixoanalitUc yondashuv ushbu savoUarga javob berolmaydi.

Impirinting” — qayd etish nazariyasining tarafdorlari ham atrofdagUaiga bo‘lgan munosabatining shaldlanishida Uk tajriba muhim birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydUar. “Impirinting” gipotezasiga muvofiq ilk bolalik davridagi bolalarda ular bUan doimiy muloqotda bo‘luvchi kishining xususiyatlari —tashqi qiyofasi, ovozi, kiyimi, hidi qayd etib qolinadi.



www.ziyouz.com kutubxonasi



Boshqa bir yo‘nalish — neobbcevioristik yo‘nalishga muvofiq bolaning katta kishiga bo‘lgan munosabati bu — kishi bolaning biriamchi, organik ehtiyojlari (oziq-ovqat, issiqlik, qulaylikka bo‘lgan ehtiyojlami)ni qanchalik qondirishi bilan belgilanadi.


M.I.Lisina boshchiligidagi eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, inson ehtiyojining dastlabki 7 yili davomida bolalar va kattalar o‘rtasidagi muloqotning bir necha shakli ketma-ket paydo bo‘ladi hamda bir-birining o‘mini almashtiradi.



  1. muloqot shakllarining asosiylari quyidagilardir: bevosita-emotsional muloqot, biror bir ish yuzasidan vujudga keluvchi muloqot (ishchan muloqot), ayni paytdagi vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan va bilishga yo‘naltirilgan muloqot (bilish muloqoti), odam bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bo‘ladigan muloqot (shaxsiy muloqot).



Dastlab, bevosita — emotsional muloqot paydo bo‘ladi. Muloqotning bu shakli asosida bolaning unga nisbatan diqqat-e’tiborii va mehribon bo‘lishlariga ehtiyoj his etishi yotadi. Keyinchalik muloqotdagi tashabbusni bola o‘z qo‘liga oladi.
Yilning ikkinchi yarmidan boshlab nafaqat mehribonlikka ehtiyoj, balki kattalar bilan hamkoriik qilishga bo‘lgan ehtiyoj ham kiritiladi. Bunday ehtiyoj ishchan muloqot davomida qondiriladi. Bola ishchan muloqotga kirishganda, kattalardan yordam so‘rashi, ulami ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanishga taldif etishi va boshqa shu kabilami amalga oshirishi mumkin. Lekin shu bilan biiga bolalar biror ish bilan bog’liq bo‘lmagan vaziyatda bilishga yo‘naltirilgan yoki odam bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bo‘ladigan muloqotga ham kirishadilar.


Bilish muloqotida bola kattalar bilan atrof-olamdagi narsa va hodisalami muhokama qiladi. Bunda bola biror bir narsa haqida aytib berishi, savollar bilan murojaat qilishi, kattalardan biror narsa aytib berishlarini iltimos qilishi mumkin.


Bunday turdagi muloqotga kirishishdan maqsad kattalardan zarur bo‘lgan axborotni olishdan iborat.Shaxsiy muloqotda esa bola kattalar bilan odam haqida suxbatlashadi. Bunda u o‘zining emotsional holatini tariflab berishi, kattalami o‘zlari haqida gapirib berishlariga undashi

www.ziyouz.com kutubxonasi





mumkin. Bolaning emotsional qo‘llab quwatlashiga bo‘lgan ehtiyoji atrof-olamga bo‘lgan munosabati va unga berayotgan bahosi kattalaming munosabat va bahosiga mos kelishiga intilishi shaxsiy muloqotning asosini tashkil etadi. M.I.Lisinaning fikricha, aynan shu narsalar bolaning ijtimoiy ehtiyojlari tarkibida markaziy o‘rinni egallaydi.

12.4. B og‘cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga oilaviy


muhitning roli




Oila bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo‘g‘inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri benihoya kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo‘lib, u ko‘pjihatdan kattalar qaramog‘i va yordamiga muhtoj bo‘ladi. Ota-orianing fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo‘ladiki, u xulq-atvoming regulyatori va psixik rivojlanishning stimulyatori bo‘lib xizmat qiladi.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə