Z nishanova, G. Alimova


f Bolalar xayolining o‘sishida nutqning ahamiyati yana shundaki



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə37/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

f Bolalar xayolining o‘sishida nutqning ahamiyati yana shundaki, nutq bolaning yangi taassurotlar hosU qUishi va uni boyitishi bUangina cheklanib qolmay, balki u miyada hosil bo‘lgan yangi-yangi obrazlami so‘zlar bUan ifodalashga yordam beradi. Masalan, ikki yarim yoshlardagi qizcha derazalardagi pardalar hUpirab va quyosh

www.ziyouz.com kutubxonasi



nurlarining shu’lalaridan tovlanib turganini ko‘rib, o‘zini polga


tashlaydi va qarang, oyi, go‘yo dengizga o‘xshaydi. Men cho‘milayapman...” deydi. Bola nutqida shu go‘yo so‘zining paydo bo‘lishi juda ham xarakterlidir. Bola xayolidagi vaziyatni shu so‘z bilan ifodalaydi, real narsalar bilan xayolidagi narsalami bir-biridan ajratadigan bo‘ladi.


Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida ular o‘yinining roli juda kattadir. Ulaming yoshi ulg‘aygan sari ular o‘yinining mazmuni ham o‘zgarib boradi. Ikki yoshga to‘lish oldidan bolalar o‘yinida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Manpulyatsiya o‘yinlari bilan bir qatorda tasviriy o‘yin elementlari ham paydo bo‘ladi. Bola turmushda ko‘rgan ish harakatlarini o‘z o‘yinida aks ettiradi. Masalan bola qo‘g‘irchog‘ini “ovqatlantiradi”, yotqizib “uxlatadi”, uni “erkalaydi”, “aig‘imchoqda” uchiradi. Bola katta bo‘lgan sayin o‘yinda katta yoshli kishilaming harakatlariga taqlid qilish tobora ko‘p o‘rin egallay boshlaydi. Ayni vaqtda o‘yinlar murakkablashib, mazmuni ham turli-tuman bo‘la boradi. Masalan, bola o‘ziga g‘amxo‘rlik qilayotgan onasining xarakatlariga, duradgor, shofyor, sartaroshning harakatlariga taqlid qila boshlaydi.


Bog‘chagacha taibiya yoshidagi bolalaming harakatlarida tasviriy faoliyat elementlarining paydo bo‘lishi xayolning o‘sayotganligidan dalolat beradi. Masalan, bola bir nimalami qog‘ozga chizib, nimanidir tasvirlashga urinib ko‘radi. Lekin dastlab bunday chizmakashlik faoliyati almoyi-aljoyi chiziqlar chizishdangina iborat bo‘ladi. Ikki yoshga to‘lganda bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasviriy faoliyatida yangi, muhim element paydo bo‘ladi. U endi o‘zi chizayotgan rasmiga nom beradigan bo‘ladi. Tasviriy faoliyatining yuzaga kelishi bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolaning tasawur xayolini o‘stirishga yordam beradi. Ammo bu yoshda xayolning dastlabki nihollarigina paydo bo‘la boshlaydi. Bu nihoUami diqqat-e’tibor bilan doimo parvarish qilib turish tarbiyachi va ota-onalaming vazifasidir.


Bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol bir xUda rivojlanmaydi. Agar kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida asosan tiklovchi xayol o‘sgan bo‘lsa, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida xayolning ijodiy turi ham o‘sa boshlagan bo‘ladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Bolaning bog‘cha yoshida harakat doirasining kengayishi, bilimlarining ortishi, turli xil yangi ehtiyoj va qiziqishlaming paydo bo‘lishi unda xayol jarayoni birmuncha tez sur’at bUan rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun bog‘cha yoshidagi bolalaming xayol qUish qobiliyatlari bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalar xayolidan har tomonlama ustun turadi.

12.2. Aktiv xayolning bolalarda rivojlanishi




Bog‘cha yoshidagi bolalaming xayoli asosan ixtiyorsiz va tiklovchi xayol bo‘lib, ulaming turli-tuman faoliyatlarida o‘sib boradi. Biroq shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol qilish qobUiyati bo‘lmaganda edi, ulaming o‘yinlari ham xilma-xil bo‘lmas edi. Demak, bolalaming xayol qUish qobUiyatlari ulami turli xU o‘yinlar o‘ynashga undasa, o‘z navbatida o‘yin ulaming xayolini o‘stiradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalaming xayoli mashg‘ulotlarda ham o‘sib boradi. Masalan, bolalar loy o‘ynashni, ya’ni loydan turli narsalar yasashni (shu jumladan, plastilindan ham), qumdan turli narsalar qurishni, rasm chizishni yaxshi ko‘radUar. Bu mashg‘ulotlar, ayniqsa, rasm chizish mashg‘uloti bolalar xayolini o‘stirishga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali ijodiy xayolning yo‘qligi ulaming rasm chizishlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining chizgan rasmlari hamma vaqt ro‘zg‘or mavzularidan nariga o‘tmaydi. Chunki bu yoshdagi bolalar har kuni ko‘rib turadigan narsalari haqidagina xayol qila oladUar.


0 ‘rta va, xususan, katta guruh bolalarining rasm chizishlarida ijodiy xayolning yuzaga kela boshlagani aniq ko‘rinadi. Ular rasm chizishda tor uy-ro‘zg‘or mavzulari bilan cheklanib qolmay, uzoq o‘tmish va kelajakdagi narsalarga oid rasmlar ham chizadUar. Bu yoshdagi bolalar o‘z o‘yinlarida va chizgan chizmalarida katta odamlaming turli-tuman faoliyatlarini mustaqU tasvirlashga intUadUar. Bunday paytda ular faqat xayoliy tasawur etish yoki taqlid qilish bUan cheklanib qolmay, balki o‘zlari ijodiy ravishda yangiliklar ham qo‘shib boradUar. Masaian, ular syujetli o‘yin o‘ynaganlarida yangi-

www.ziyouz.com kutubxonasi



yangi rollami o‘ylab chiqaradilar “poezd” yoki “vokzal” o‘yinida poezdda yoki vokzalda; xizmat qiluvchi kishilardan tashqari yo‘lovchilami vokzalga olib keluvchi transport, ya’ni taksi haydovchi rollarini qo‘shadilar.


Katta yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining rasmlarida xayoliy obrazlami (hatto orzulami) aks ettiradilar. Shuning uchun ular ko‘pincha erkin temada; o‘zlarini qiziqtirgan va ayni chog‘dagi ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan narsalar haqida rasm chizadilar. Ana shunday erkin temada rasm chizish jarayonida bolalaming ijodiy xayol qilish qobiliyatlari o‘sib boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalar xayolning rivojlanishiga turli xil hikoya va ertaklar ham ta’sir ko‘rsatadi. Halq turli qiziqarli, ibratli va ta’limiy ertaklar ijod etishda bog‘cha yoshidagi bolalarni ham unutmagan. 0 ‘zbek halqining og‘zaki adabiyotida yosh bolalaiga tushunarli, sodda til bilan yaratilgan ertaklar mavjud. Bulardan tashqari, rus va boshqa halqlarning tillaridan o‘zbek tiliga taijima qilingan ertaklar ham ko‘pdir. Bog‘cha yoshidagi bolalar uchun yaratilgan ertaklarning ko‘pi antropomorfizm xarakteriga egadir. Buning ma’nosi shuki, ertaklarning qahramonlari odamlarga o‘xshab “gapiradigan” hayvonlardan iboratdir. Bolalar bunday ertaklami juda yoqtiradilar va har doim maroq bilan tinglaydilar.


Bog‘cha yoshidagi bolalar hayvonlar haqidagi turli ertaklami eshitganlarida ularda shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum munosabat yuzaga keladi. Masalan, doim yovuzlik qiladigan bo‘ri obrazini haddan tashqari ayyor tulki obrazlarini bolalar sevmaydilar. Ularga qo‘rqoq quyon, xo‘roz, g‘oz, echki, beozor hayvonlaming obrazlari yoqadi. Turli ertaklar bolalaming xayollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. Ular o‘z xayol kuchlarini ishga solib, eshitayotgan yoki eshitgan ertaklaridagi turii obrazlaming qiyofasiga kiradilar. Boshqacha qilib aytganda, eshitgan ertaklari ular o‘yinining mazmuniga ham ta’sir etadi.
Bolalar uchun chiqarilgan turli ertaklarning tarbiyaviy ahamiyatini nazarda tutib, pedagog-tarbiyachilar bolalarga ertak aytib berish va o‘qib berishga alohida e’tibor bilan qarashlari lozim.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə