Z nishanova, G. Alimova


Umumiy ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruza muayyan kurs yoki uning ma’lum qismi yuzasidan egallangan bilimlami umumlashtirish



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə64/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

Umumiy ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruza muayyan kurs yoki uning ma’lum qismi yuzasidan egallangan bilimlami umumlashtirish,

www.ziyouz.com kutubxonasi



ushbu sohada qilingan ishlami xulosalash maqsadida qo‘llanadi. Unda egallangan bilimlaming umumiy nuqtalari esga olinadi, o‘iganilgan masalalar va muammolar qisqacha bayon etiladi. Mazkur ma’ruzada alohida savollar va masalalar batafsil muhokama qilinmaydi.



  1. Muammoli ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruzada yangi bilimlar talabalarga muammoli savollar, masalalar va vaziyatlami hal etishni taklif qilish orqali shakllantiriladi. Bunda talaba va o’qituvchi hamkorlikda o‘ziga xos tadqiqot ishini amalga oshiradi —qo‘yilgan muammoli masalani echish orqali yangi bilimlami berish va egallashga erishiladi.




  1. Vizuallashtirilgan ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruzada o‘quv materiali o ‘qitishning texnik vositalari ( 0 ‘TV), ya’ni audio-videotexnika orqali vizual shaklda taqdim etiladi. Ma’ruza o‘qituvchining ko‘rsatilayotgan vizual materiallami izohlab, sharhlab borishi bilan amalga oshiriladi.




  1. . Binar ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruzada o‘quv materiali ikki o’qituvchining (yoki ikki xil ilmiy maktab olimining, yoki o‘qituvchi va talabaning) dialogi orqali etkaziladi.




  1. Awaldan rejalashtirilgan xatoli ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruzada talabalarga bayon etilayotgan axborotdan xatolar (mazmunidagi, orfografiya va orfoepiyadagi, ilmiy asoslaridagi xatolar) topish taklif etiladi. Bu yo‘l bilan talabalar axborotni doimiy ravishda nazorat qilib borishga o‘rgatiladi. Ma’ruza so‘ngida tinglovchilar aniqlagan va aniqlamagan xatolar tahlil qilinadi.

  1. . Konferentsiya ma’ruza. Bunday turdagi ma’ruza ilmiy-amaliy mashg‘ulot sifatida tashkil etiladi va awaldan belgilangan muammo yuzasidan 5-10 daqiqa ichida o‘qib beriladigan ma’ruzalardan tarkib topadi. Har bir ma’ruza qo‘yilgan muammoning muayyan tomonini yoritib beruvchi mantiqan tugallangan matndan iborat bo‘ladi. Konferentsiya ma’ruzaning so‘ngida o‘qituvchi qilingan ishga yakun yasaydi, talabalar ma’ruzalariga tegishli qo‘shimchalami kiritadi va umumiy xulosalami chiqaradi.




  1. Maslahat ma’ruza. Bunday ma’ruza turli ko‘rinishlarda o‘tkazilishi mumkin. Uning bir ko‘rinishida o‘qituvchi ma’mza vaqti davomida talabalaming butun kurs yoki uning ayrim bo‘limlari

www.ziyouz.com kutubxonasi



yuzasidan beridigan savollarga javob qaytarmaydi. Mazkur ma’ruzaning yana bir ko‘rinishida o‘qituvchi yangi o‘quv materialini bayon etadi so‘ngra talabalarga savollar beradi va javoblaming bahs-munozara orqali topilishini tashkil etadi.


Maktabda va oliy o‘quv yurtlarida qo‘llanadigan ta’limni tashkil etishning har bir shakli o‘ziga xos didaktik vazifalami hal etadi. Ta’limni tashkil etish shakllarining xilma-xilligi o‘qituvchilar ijodkorligi va mahoratidan darak beradi. To‘g‘ri tanlangan ta’lim shakli o‘qituvchi faoliyatining samaradorligini belgilab beruvchi omillardan biridir.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə