Z nishanova, G. Alimova


yo‘naltiriladi. Наг qanday suhbatning asosiy tarkibiy elementi o‘qituvchining savollaridir



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə69/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

yo‘naltiriladi. Наг qanday suhbatning asosiy tarkibiy elementi o‘qituvchining savollaridir. 0 ‘qituvchining savollari o‘rganilgan yoki o‘rganilayotgan materialdan kelib chiqadi va o‘quvchilarning e’tiborini asosiy masalalarga yo‘naltiriladi. Savollar asta-sekin murakkablashtirilib borishi va o‘quvchilami mavjud bilimlami qo‘llashga, ulardan foydalanishga undashi kerak.


Ma’ruza metodi asosan maktabning yuqori sinflarida, o‘rta-maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlari va oliy o’quv yurtlarida qo‘llanadi. Bu metod yordamida og‘zaki bayon etiladigan o‘quv materiali hikoyadagiga nisbatan hajman kattaligi, mantiqiy tuzilishi, obrazlari, isbot va umumlashtirishlarining anchagina murakkabligi bilan farqlanadi. Agar hikoya darsning yoki mashg‘ulotning bir qisminigina egallasa, ma’ruza odatda, ulami toiiq qamrab oladi. Ma’raza o‘tilayotgan mavzuning haqiqiy ilmiy mohiyatini ochib berish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va umumlashtirish yoii bilan bir soatlik mashg‘ulot davomida bilimlami izchillik bilan bayon etishdir.


Ko‘igazmalilik metodi o‘quvchilarga ko‘rgazmali vositalami yoki real ob’ektlami ko‘rsatishga asoslangan metoddir. Mazkur metod qoilanganda o‘qituvchi aslicha ko‘rsatilishi mumkin boigan buyum va narsalar hamda tasviriy- ko‘rgazmali materiallardan foydalanadi. Materiallaming barchasi illyustratsiya materiallari deb ataladi. Ko‘igazmalilik metodi qoilanib, o‘quvchilaiga illyustratsiya materiallari ko‘rsatilayotganda quyidagi qoidalarga rioya etish lozim: ko‘rsatilayotgan narsa iloji boricha turli retseptorlar bilan sezilishi kerak; ko‘rsatilayotgan narsa barcha o‘quvchilaiga ko‘rinishi kerak; ko‘rsatilayotgan narsaning eng muhim joylari o‘quvchilaiga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi kerak; narsalar asta-sekin darsning tegishli qismida ko‘rsatilishi kerak; zaruratsiz oldindan illyustrativ materiallami namoyish etmaslik, har eiga osib qo‘ymaslik, joylashtirmaslik lozim. Eng muhimi, illyustrativ materiallar yordamchi vosita ekanini, suhbat, hiokoya, tushuntirish, ma’ruza bilan uyg‘un qo‘llanishi lozimligini unutmaslik kerak.

0 ‘qitishning amaliy metodlari doirasi juda keng. Ular yozma mashqlar, tajriba metodlarini o‘z ichiga oladi. Amaliy metodlar orasida kuzatish va eksperiment kabi ilmiy-psixologik metodlar psixologiya darslarida keng qo‘llanadi. Kuzatish metodi narsa va hodisalami ulaiga



www.ziyouz.com kutubxonasi



ta’sir ko‘rsatmay bevosita idrok etish metodidir. Kuzatish metodini o‘quvchilar uyda, darsda, ko‘cha-kuyda o‘qituvchining rahbarligi ostida va berilgan topshiriqqa muvofiq mustaqil qo‘llashlari mumkin. Kuzatish qisqa muddat yoki uzoq muddat davomida amalga oshiriladi. Eksperiment metodi asosan laboratoriya mashg‘ulotlarida qo‘llanib, turli psixologik qonuniyatlaming ifodalanishini ko‘igazmali namoyish etish maqsadida qo‘llanadi. Mazkur metodlar o‘quvchilami ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishga o ‘rgatib boradi, o ‘quv materialining ongli tushunilishini ta’minlaydi.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə