Z nishanova, G. Alimova


Ta’lim metodlarini tanlashda o‘qituvchi, birinchidan, o‘quv materiali mazmuniga, ikkinchidan, ta’lim oluvchilaming psixik rivojlanishi darajasiga e’tibor berishi kerak



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə70/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

Ta’lim metodlarini tanlashda o‘qituvchi, birinchidan, o‘quv materiali mazmuniga, ikkinchidan, ta’lim oluvchilaming psixik rivojlanishi darajasiga e’tibor berishi kerak.


19.3. Psixologiyani o‘qitishning faol metodlari


Ta’limnig faol metodlari sifatida uch gumh metodlar ajratiladi: dasturlashtirilgan ta’lim metodlari, muammoli ta’lim metodlari, interaktiv ta’lim metodlari. Mazkur metodlar ta’lim berishning an’anaviy metodlaridagi kamchiliklami bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan.
Dasturlashtirilgan ta’limda o‘quv materiali kichik, oson o‘zlashtiriladigan qismlarga ajratilib beriladi. 0 ‘quvchilar o‘quv materialini qadam-baqadam o‘zlashtirib boradi. Har bir qadam bir necha qator o‘quv materialidan tortib bir necha betli materialgacha bo‘lgan kattalikka ega bo’lishi mumkin. Programmalashtirilgan ta’limning asosiy xususiyatlari: 1. Tanlangan o‘quv materialini alohida-alohida kichik qismlaiga ajratish. 2 . Har bir qismni o‘zlashtirishga qaratilgan muayyan ishlami izchil bajarishga doir ko‘rsatmalar tizimini kiritish. 3. Har bir qismning o‘zlashtirilishini tekshirish bo‘yicha topshiriqlar berish. 4. 0 ‘quvchining bilimlari qanchalik to‘g‘riligini ko‘rsatuvchi javoblami qayd etish. Demak, dasturlashtirilgan ta’lim o‘zining shakliga ko‘ra, o‘quvchilaming ta’limiy materialni maxsus qayta ishlash bo‘yicha mustaqil faoliyatning alohida turidir.


Muammoli ta’lim metodlari o‘quvchi oldida muammoli vaziyat yaratishga asoslangan metodlardir. Muammoli vaziyat —o‘quvchi

www.ziyouz.com kutubxonasi





tanish bo‘lgan ma’lumotlar va yangi ma’lumotlar (qaysiki ulami tushunish va tushuntirish uchun awalgi bilimlar kamlik qiladi) o‘rtasidagi ziddiyat tufayli paydo boiuvchi vaziyat. Muammoli vaziyat belgilari: o‘quvchiga notanish maiumotlaming mavjud boiishi; vazifalarni bajarish uchun talaba-o‘quvchilarga beriladigan ko‘rsatmalar; yuzaga kelgan bilim mashaqqatini hal qilishda ulaming shaxsiy manfaatdorligi. Muammoli o‘qitishda qoilanadigan metodlar jumlasiga quyidagilar kiradi: ijodiy, qisman ijodiy yoki evristik, axborotni muammoli bayon qilish, axborotni muammoli boshlash orqali bayon qilish. Mazkur metodlar orqali o‘quvchi oldiga muammoli vaziyatlar, hal etilishi кегак boigan vaziyatlar qo‘yiladi. 0 ‘quvchi masalalaming yechimini bilmaydi, ammo o‘zidagi awal egallangan bilim va ko‘nikmalaiga asoslanib yechimni topishga tushadi.


Ta’limning interaktiv metodlari jumlasiga insonni faol fikrlashga undaydigan metodlar kiradi. Mazkur metodlar taiim jarayonida o‘quvchilami ta’limning faol ishtirokchisiga aylantirishga xizmat qiladi. Ular yordamida tashkil etilgan ta’lim jarayonida o‘quvchi ta’limning boshqa ishtirokchilari bilan faol o‘zaro munosabatga kirishadi. Natijada ta’lim tom ma’noda ijtimoiy hodisaga aylanadi. Amaliyotda keng qoilanayotgan interaktiv metodlar quyidagilardan iborat: “fikrlar hujumi” metodi, “tarmoqlar” metodi, “bumerang” metodi, “loyiha” metodi, “3x4” metodi va boshqalar. Shuningdek, o‘quvchilaming ta’lim jarayonidagi bilish faoliyatini faollashtirish maqsadida pedagogik o‘yinlardan keng foydalaniladi. Pedagogik o‘yinlar intellektual o‘yinlar, ishchan o‘yinlar, innovatsion o ‘yinlar, trening o ‘yinlari, sahnalashtirilgan o‘yinlami o‘z ichiga oladi. Bu o‘yinlar o‘quvchilar bilimini kengaytiradi, ularda mustaqillik, muloqotchilik, irodaviy xususiyatlami tarbiyalaydi, ulaming nutqi, xotirasi, tafakkuri, qobiliyatlarini rivojlantiradi. Pedagogik o‘yinlar asosida o‘quvchilami o‘quv faoliyatiga yo‘llovchi usullar va vaziyatlami vujudga keltirish yotadi.


Shunday qiUb, pedagogik jarayon pedagog tomonidan tashkil etilib, amalga oshirilsa ham, o‘quvchi va talabalar uning faol ishtirokchisiga aylangandagina mazkur jarayon samarador boiishi mumkin. Bunday natijaga erishish esa ko‘p jihatdan qanday metodlaming qo‘Uanishiga bog‘Uq boiadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi






Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə