Z nishanova, G. Alimova


Maktabgacha yoshdagj bolalarda oliy hislarning rivojlanishi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə47/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

13.3. Maktabgacha yoshdagj bolalarda oliy hislarning rivojlanishi


Maktabgacha yoshdagi bola faoliyatining vaqt stkrukturasida emotsiyalaming tutgan o‘mi asta-sekin o‘zgarib boradi: dastlabki bosqichlarda kechinmalar erishilgan natijaning emotsional bahosi sifatida yuzaga kelsa, keyingi bosqichlarda harakatlami bajarguncha oldindan emotsional sezish shaklida vujudga keladi.


L.Z. Neverovich o‘tkazgan tajribada 4-6 yoshli bolalar ma’lum ketma-ketlikda 19 ta aylanachani terib chiqib piramidalar yasashi kerak edi. Bolalar vazifani nafaqat ishning ahamiyati ularga tushuntirilganda (piramida o‘yin o‘ynash uchun kerakligi tushuntirilganda), shu bilan birga vaziyatni oldindan emotsional sezish hosil qilinganda yaxshi bajarishgan. Vaziyatni oldindan emotsional sezishni hosil qilish uchun eksperimentator bolalaiga rasmlar ko‘rsatadi. Birinchi rasmda yoyilib yotgan aylanachalar oldida yig‘lab o‘tirgan bolalar tasvirlanganj ikkinchisida esa yasab bo‘lingan piramidalami xursandchilik bilan o‘ynayotgan bolalar aks ettirilgan. Bolalar bilan rasmlami muhokama qilish ularda berilgan vazifani bajarish yoki bajarmaslik oqibatlari haqida emotsional bo‘yoqdor tasawurlami vujudga keltiradi. Bu esa bolalami berilgan vazifani oxirigacha bajarishga undaydi. A.V.Zaporojes yozganidek, bola rivojlanib borar ekan, affektiv va bilish jarayonlari o‘zaro aloqaga kirishadi hamda odamlaiga xos hissiyotlaming bir butun funktsional tizimini hosil qiladi. Bu tizim sube’ktga o‘z xatti-harakatlarining oqibatlarini nafaqat oldindan ko’ra bilish, balki ayni vaqtda his eta olish va shu tariqa faoliyatning murakkab shakllarini adekvat emotsional boshqarish imkonini beradi.


Р.М. Yakobson ko‘rsatib o‘tganidek, maktabgacha yosh davrida hissiyotning bola harakatlarini motivi sifatidagi roli o‘zgarib boradi. 3 yoshgacha bolaning harakatlari nima yoqimsiz-u, nima yoqimli ekanini

www.ziyouz.com kutubxonasi





anglashga asoslanadi. 3-4 yoshda boladagi jahl, qo‘rquv, qayg‘urish darhol uni harakatga undaydi. U boshqa bola bilan urishadi, o‘yinchoqni tortib oladi yoki kimgadir rahmi kelayotganini ko‘rsatadi. 4-5 yoshli bola o‘z xarakatlarida hissiyotlarini bevosita namoyon etishdan o‘zini tuta olishi yoki oliy hissiyotlariga asoslanib harakat qilishi mumkin. Emotsiya va hissiyotlar boshqaruv funktsiyasini bajarib, bolaning xulq-atvorini qayta qurishga yordam beradi. Emotsional kechinmalar, xatti-harakatlami qo‘llab-quwatlaydi, yo‘naltiradi yoki tormozlaydi. Bolaning xulq-atvorini o‘zgartirishga qaratilgan kattalaming ta’sirlari va talablari bola tomonidan emotsinal qabul qilinsa, bola harakatlarining undovchisi bo‘lib xizmat qiladi va emotsional javobni uyg‘otadi. Bolada oliy (ahloqiy hissiyotlar, bilish xissiyotlari) shakllanishi uchun unda yaxshilik va yomonlik go‘zallik va xunuklik haqida tushuncha hamda bilish ehtiyoji shakllangan bo‘lishi lozim. Hissiyotlar asta-sekin shakllanib boradi. Dastlab bolalar hodisalaming to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosini, keyinchalik ulaming umumiy ma’nosini tushunadilar.


Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oliy hissiyotlaming qo‘shilib ketganligi xos. Bolalar estetik kechinmalami chaqiruvchi ob’ekt va hodisalarni ham, estetik kechinmalarni uyg‘otuvchi ob’ekt va vositalami ham, intellektual kechinmalami yuzaga keltiruvchi ob’ekt va hodisalami ham “yaxshi” degan umumiy baho bilan baholaydilar. Boshqacha aytganda, bu davrda bola uchun yaxshi narsa —bu chiroyli, bu mehribon, bu qiziqarli narsadir. Aynan bir ob’ekt o‘zida estetik, axloqiy hissiyotlami jamlagan kechinmalami uyg‘otadi.


Keyinchalik maxsus axloqiy va estetik mezonlar asosida analiz qilish va baholash ko‘nikmasi shakllangach, sinkretik (qo‘shilib, birlashib ketgan) hissiyotlar estetik, axloqiy intellektual hissiyotlaiga differentsiallashadi (ajraladi).



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə