Z. Shamsiyeva Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/38
tarix28.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#113678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
4-texnologiya

Zavod 
— 
ma’lum mahsulot turini ishlab chiqarish bilan 
shug‘ullanadigan yoki uni ishlab chiqarish uchun texnologik 
jarayonning bir qismini bajaradigan va iqtisodiy maqsadlar-
ga mo‘ljallangan sanoat korxonasi. Masalan: Jizzax akku-
mulator, Muborak gazni qayta ishlash, Ohangaron sement,
Qo‘yliq asfalt, Toshkent quvur va Samarqand avtomobil
zavodlari.
Yillar davomida insonlar hayot uchun zarur 
bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni 
o‘rganishdi. Materiallarni qayta ishlash uchun 
ko‘plab texnologiyalarni ishlab chiqdilar va ixtiro 
qilishni davom ettirmoqdalar.
Mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan 
materiallardan foydalanishda kesish, buklash, 
quyish, to‘qish va boshqa texnologik jarayonlar- 
dan foydalandilar. Insonlar uchun zarur bo‘lgan 
narsa lar, 
buyumlar, 
meh-
nat qurollari, mexa nizmlar, 
mashina, transport, alo qa vosita larini ish-
lab chiqa rish ustalar qo‘l meh nati va 
ba’zi birlari esa zamonaviy ishlab chi-
qarish korxonalari tomonidan amalga 
oshi riladi.
Tabiiy xomashyo va energiyani qay-
ta ishlash natijasida odamlarga zarur 
bo‘lgan barcha narsalar, asboblar, me-
xanizmlar, mashinalar, transport vosita - 
lari, aloqa va axborot, sanoat tovarlarini 
ishlab chiqarish obyektlari — ishlab chiqa-
rish kor xonalari deb ataladi.


8
Fabrika
— xomashyoni mashi-
na yordamida qayta ishlaydigan sa-
-
ya, ip yigiruv, to‘qimachilik, poyabzal 
fabrikalari.
1. Nima uchun bugungi kunda odamlarga kerak bo‘la digan 
mahsulotlarning aksariyati hunarmandlarning ustaxonalarida 
emas, balki murakkab avtomatik ma shinalar bilan jihozlangan 
yirik sanoat korxonalarida tay yorlanadi?
2. Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulotlar qanday ishlab 
chiqariladi?
3. Qanday ishlab chiqarish korxonalarini bilasiz?
4. Zavod bilan fabrikaning farqini ayting.
5. Kombinat deganda nimani tushunasiz?
6. O‘zbekistondagi qanday ishlab chiqarish korxonalarini 
bilasiz?
Savol va topshiriqlar:
Umumiy hududiy-ishlab chiqa rish 
kompleksi va yagona ta’minot zan - 
jiri bilan birlashtirilgan yagona tu-
zilishga ega bo‘lgan zavodlar va 
fabrikalar guruhlariga kombinatlar 
deyiladi. Masalan: Navoiy, Olmaliq
kon-metallur giya, GM Uzbekistan av - 
to mobil ishlab chiqarish, Artel ki-
chik maishiy texnikalar ishlab chi qa -
rish korxonalari.


9
Maishiy xizmat qaychilari bilan bir-
galikda sanoatda ishlatiladigan qaychi-
lar ham bor. Ular gidravlik qaychilar deb 
ataladi. Bunday qaychilar turli qalinlik-
dagi har qanday metal mahsulotlarni 
qirqishda ishlatiladi.
Materialning shakli, hajmi va turini o‘zgartiradigan asbob-
larga ishlov berish vositalari deyiladi. Suratda berilgan qay - 
chi larning vazifalarini ayting.
Suratda ko‘rsatilgan ignalar qayerda ishlatiladi?

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə