Z. Shamsiyeva Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i


Sizga omad! Siz albatta muvaffaqiyatga erishasiz



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/38
tarix28.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#113678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
4-texnologiya

Sizga omad! Siz albatta muvaffaqiyatga erishasiz.
QADRLI O‘QUVCHI!


4
Ajdodlarimiz dastlab o‘z mushaklarining kuchi evaziga
ish ni o‘zlari bajarganlar. Keyinchalik suv va shamol energi-
yasidan foydalanib, oddiy shamol va suv tegirmonini yaratib,
o‘z ehtiyoj lari uchun ishlata boshlaganlar.
Birinchi tegirmonni aylantirishda hayvonlardan foydalan-
ganlar. Keyin tegirmon suv yordamida aylantirilgan. 
Vaqt o‘tishi bilan inson-
lar temirni eritib, unga ishlov
be rishni o‘rgana boshla gan-
lar. Temirdan uchli omochlar,
temir bolg‘alar va boshqa 
mehnat qurollarini 
yasay 
boshlaganlar. Bu esa texni-
kaning rivoj lanishiga turtki 
bo‘lgan.
Texnologiya haqida nimalarni bilasiz?
Qadimgi zamonlardanoq insonlar o‘z hayoti va ish sharoitini o‘zgarti-
rish, takomillashtirish borasida muntazam 
kashfiyotlar qilib kelganlar. Dastlab 
mehnat qurollarini toshdan yasa-
ganlar. Ular toshni yerdan olib, 
undan to‘g‘ridan to‘g‘ri mehnat 
qu roli sifatida foydalanmaganlar.
Albatta, unga o‘zlariga qulay bo‘l-
gan holatga kelguncha ishlov ber-
ganlar va bu ishni muntazam ra-
vishda takomillashtirib borganlar. 


5
Elektr energiyasini ishlab chiqa-
rish uchun birinchi shamol turbi- 
na si Amerikada 1888- yilda Charlz 
Brash tomonidan qurilgan. O‘tgan 
yuz yil mobaynida u takomillash- 
tirilgan.
XX asrning boshlarida paydo bo‘l-
gan maishiy texnika bugungi kunda 
ishlatiladigan zamonaviy asboblar-
ga o‘xshamaydi. Masalan, birinchi 
kir yuvish mashinasi yog‘och vanna
ko‘rinishida bo‘lib, uning ichiga kiyim - 
larni solib, so‘ngra dastasini aylantir-
ganlar.
XXI asrga qadar tosh va gisht-
dan tayyorlangan pechkalar, keyin 
ko‘mir yoki o‘tin qalanadigan quyma 
temir pechkalar paydo bo‘ldi. Birinchi 
gaz pechkasi XIX asr oxiri — XX asr 
boshlarida paydo bo‘lgan.
Miloddan avvalgi X asrda sha - 
mol tegirmoni paydo bo‘lgan. U 
inson qo‘li bilan yasalgan birinchi 
mexanik dvigatel hisoblangan. Yil-
lar davomida u takomillashtirib bo-
rilgan.


6
XX asrda odamlar ma’lumot-
larni saqlashning yangi usullari-
ni ishlab chiqdilar. Maxsus texnik 
vositalarni — televizorlar, mobil te-
lefonlar, foto va video kameralar, 
kompyuterlarni yaratdilar.
Kompyuter, telefon va maxsus moslama (mo-
dem) yordamida Internet tarmog‘iga kirish orqali 
texnolo giyaga oid yangiliklarni olish imkoniyati paydo
bo‘ldi. 
1. „Texnologiya“ so‘zini qanday tushunasiz? 
2. Nima deb o‘ylaysiz, ustalar o‘zlari yaratgan mahsulot - 
larini takomillashtirishda nimaga e’tibor beradilar? 
3. O‘zingizga tanish maishiy texnika vositalari tarixiga 
oid qanday qiziqarli ma’lumotlarni bilasiz? Sinfdoshlarin giz
bilan muhokama qiling. 
Izlanish olib boring.
XX yoki XXI asrga oid ixtirolardan 
biri ni yoki biror-bir boshqa ixtironi tanlang. Ularning pay - 
do bo‘lishi, maqsadi, o‘zgarishi haqida ma’lumot to‘plang. 
Savol va topshiriqlar:
Radio 1895- yilda ixtiro qilin-
di va undan keyin, XX asrning
20- yillarida radio ommaviy ravish-
da ishlab chiqarila boshlandi. 
Ular ning ovozi juda past edi, shu-
ning uchun eshitish moslamasi- 
dan foydalanish kerak bo‘lgan.


7

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə