Z. T. M s h m o V a



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/106
tarix17.02.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#100994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

aniqlash,
tanlov komissiyasida maslahatchi sifatida ishtirok 
etish.
Mazkur ishlar o ‘quvchilami maktab, kollej va litseylarda 
« ‘qitish davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq 
o ‘rganishga y o ‘n altirilg an b o ‘lib, u larn in g individual 
xususiyatlarini, ta’lim-tarbiyadagi nuqsonlarning sabablarini
9


aniqlashga moijallangandir. Tashxis ishlari guruhiy yoki 
individual tarzda o ‘tkaziladi. Bu asnoda amaliy psixolog qu- 
yidagi vazifalarni bajaradi.
Yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash 
maqsadida psixolog bolalar, o‘quvchilar, maxsus maktab 
o ‘quvchilarini, akdemik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy 
o ‘quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o ‘tkazadi, 
ularning bilim saviyalarini belgilaydi. 0 ‘quvchilarning kasbiy 
yaroqliligini tashxis qiladi, ularning shaxs xislatlari, irodaviy 
sifatlari, his-tuyg‘ulari, o ‘zini-o‘zi boshqarish imkoniyati
intellektual darajasini tekshiradi.
Maslahat berish ishlari-amaliyotchi psixologning asosiy 
faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari o‘qituvchilar, 
o‘quvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish 
ishlari individual va guruhiy bo‘lishi mumkin. Amaliyotchi 
psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, 
o‘qituvchilar ko‘pincha psixologga quyidagi muammolar: turli 
fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar, 
bolalarning o ‘qiy olmasligi va o ‘qishni istamasligi, guruhda 
nizoli vaziyatlar, shaxsiy pedagogik ta’sirning natija bermasligi, 
har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari orasida oila muloqoti 
va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini 
oshirish yo‘llari, o ‘quvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, 
qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish yo‘llari, o ‘quvchilar 
bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish bo‘yicha murojaat 
qiladilar.
Amaliyotchi psixologga o ‘qituvchilar ham murojaat qi­
ladilar:
— 
kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatni 
yaxshilash masalalari, o ‘z-o‘zini tarbiyalash, kasbiy va shax­
siy o ‘z-o‘zini bilish, aqliy mehnat va xulq-atvor madaniyati 
va boshqa muammolar bo‘vie ha maslahat so‘raydilar.
Psixolog o ‘quvchilar bilan bevosita aloqada ularda 
vujudga kelgan muammolarni hal qiladilar. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri 
maslahat berish deb ataladi. Ba’zan o ‘quvchilarga va ota- 
onalarga o ‘qituvchilarning u yoki bu muammolari bo‘yicha
10


maslahat beradi, bu bavosita maslahat berishdir, bunda 
ma'lum qoidalariga amal qilishga to‘g‘ri keladi. Maslahat berish 
markazida har doim psixolog va maslahat berilayotgan 
shaxsning o‘zaro ta’sir jarayoni, ular orasida ishonchli o‘zaro 
munosabatni o ‘rnatish yotadi. Bunda psixolog — maslahat 
bemvchi, o ‘qituvchi, ota-ona — maslahat beriluvchi, o ‘quvchi 
mijoz rolida bo‘ladi.
Maslahat berish — psixologik xizmatning asosiy yo‘na- 
lishlaridan biridir. Lekin psixologik maslahat o‘zi nimaligi 
liaqida yagona tushuncha yo‘q. Kollejlardagi yoki akademik 
lilseylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Psixolog aniq o ‘quv muassasadagi o ‘qituvchilar va o ‘quv- 
chilar orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlarining, 
rivojlanadigan ijtimoiy muhitning ichida bo‘ladi. U har bir 
o4|uvchi yoki o ‘qituvchining o ‘zinigina emas, shaxslararo mu- 
nosabatning murakkab tizimini ham ko‘radi, boshqa ish turlari 
bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi.
Maslahat berish ishini chizmada quyidagicha tasvirlash 
mumkin.
Psixolog 
maslahat 
0 ‘qituvchi
Yuqoridagi usulda ish olib borganda psixolog va o ‘qi- 
tuvehi o ‘z sohasini yaxshi biluvchi mutaxassislar sifatida 
namoyon bo‘ladi.
1. 0 ‘quvchi muammolari bo‘yicha ularning hamkorligi 
bilimlarining birikuviga imkon beradi va muammolarni hal 
qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar yaratadi. Maslahat 
berishning asosiy ahamiyati ana shunda.
2. Psixolog o‘quvchilar va talabalarning psixologik xusu- 
siyatlari, ularning qiziqishi, mayli, ilk iqtidori kabilarni o ‘r- 
ganadi, mutaxassis va yetuk shaxs sifatida shakllanishiga 
vordam ko‘rsatadi.
Sababl;
aniqlash
m uam mo 1
0 ‘quvchi
bola bilan 
ishlash


3. Maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, hunar bi- 
lim yurti tinglovchilari yangi tipdagi maktab, oliy o ‘quv yurti 
talabalarida uchraydigan o ‘quv malakalari va ko‘nikmalarini 
egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvordagi kamchiliklar, intel- 
lektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi muammolarni tashxis 
qiladi.
4. Boshqa sohaning mutaxassislari bilan birgalikda psixik 
rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda 
differensial tashxisni amalga oshiradi. Nuqsonlaming tibbiy 
va defektologik tabiatini aniqlaydi. Assotsial xulq-atvor sa- 
bablarini va shakllarini belgilaydi. Giyohvandlik va taksiko- 
manlik, alkogolizm, o‘g‘irlik, daydilikning ijtimoiy psixologik 
ildizlarini tekshiradi, omillarni tahlil qiladi.
5. Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislarni tanlashda 
ishtirok qilish, ilmiy psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va 
unga asoslanib, ularga nafaqalar belgilashda ishtirok etadi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə