Z. T. M s h m o V a


Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko‘rsatiladi



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/106
tarix17.02.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#100994
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106
Psixologik xizmat. Nishanova Z.T

Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib ko‘rsatiladi.
Birinchi bosqich
dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bos- 
qichda psixolog sog‘lom bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi 
barcha o ‘quvchilarni qamrab oladi. Ko‘pchilik mualliflaming 
ta’kidlashicha, maktab ruhiy sog‘liq profilaktikasi uchun qulay 
hisoblanadi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani 
o ‘tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar.
Ikkin ch i bosqich
profilaktika m uam m olari mavjud 
bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi — bolaning o ‘qishi va 
xulq-atvoridagi qiyinchiliklami iloji boric ha ertaroq aniqlab, 
ulami yo‘qotishdan iboratdir. Ikkinchi bosqich ota-onalar va 
o‘qituvchilarga maslahat berishni ham o‘z ichiga oladi (bolaning 
o ‘qishi o‘zgarishi uchun ta’lim uslubini o‘zgartirish).
14


Uchinchi bosqich.
Psixolog o‘qishdagi va xulq-atvordagi 
yaqqol ko‘rinib turadigan muammolari bor bolalarga o ‘z diq- 
qatini qaratadi. Profilaktikaning dastlabki maqsadi — jiddiy 
psixologik qiyinchiliklami va muammolami yo‘qotish va tu- 
zatishdan iborat. Psixolog bola bilan alohida ishlaydi. Maktab 
psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga, ya’ni «tarbiyasi 
qiyin» bolalarga qaratiladi va o‘quvchilaming asosiy qismi psi­
xolog e’tiboridan chetda qolib ketadi.
Hozirgi Amerika psixologlari maktablardagi psixologik 
xizmatni ruhiy sog‘liq xizmati sifatida faoliyat ko‘rsatishning 
tarafdori bo‘lib chiqmoqdalar.
Psixoprofilaktika amaliyotchi psixolog faoliyatining maxsus 
turi bo‘lib, maktabdagi barcha o‘quvchilar uchun shart-sha- 
roitlami yaratishdan iborat.
Shunday qilib, 
psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari
quyidagilar.
1. Har bir yosh bosqichida insonning shaxs sifatida shakl- 
lanishi, aqlan barkamollikni ta’minlashning oqilona shart- 
sharoitlarini yaratish;
2. Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo‘sag‘asida 
vujudga kelishi m um kin b o ‘lgan psixologik nuqson va 
muammolami o‘z vaqtida oldini olish hisoblanadi.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə