Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Ikkinchi avlod EHMlari
– bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashqi xotira 
qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi.
Ikkinchi avlod
(1955-1965-yillar o`rtalarini o`z 
ichiga oladi) EHMlari tranzistorlarning ixtiro qilinishi tufayli paydo bo`ldi. Tranzistorlar 
o`lchamlarining radiolampalarga nisbatan ancha kichikligi EHM bloklarini bosma platalar deb 
ataluvchi ko`rinishda tayyorlash imkonini beradi. Bunday plata bir tomondan tranzistorlar va 
boshqa elementlar joylashtirilib, kleylangan ikkinchi tomondan sirtida sxema elementlarini 
bog`lovchi yupqa ko`rinishdagi metall o`tkazgichlar joylashgan plastmassa plastinkadan 
iborat bo`lgan. 
Tranzistor va platalardan foydalanish radiolampalarga nisbatan kamroq joy egallab, 
kamroq energiya sarflar va ishonchliroq ishlar edi. Bu hol EHMni ixchamroq, arzonroq va 
tejamliroq qilishga imkon beradi.
Ularning tezligi sekundiga 10 mingdan 100ming arifmetik amalgacha bo`lib, bunday 
EHMlarga hozir ishlab chiqarilmayotgan, lekin foydalanib kelinayotgan SA-501 modeli 
(AQSH,1959), Stretch (Angliya), "Minsk-2", BESM-6, POP-8, POP-11, SM-3, SM-4, SM-
1420, Ural-1, Ural-16 kabilar kiradi.
Uchinchi avlod EHMlari
– bu ikkinchi avlod mashinasidan tarkibida axborot 
almashuv qurilmasi (kanal) ham borligi bilan farq qiladi. Kanal tezkor xotira bilan EHMning
tashqi qurilmalari orasida axborot almashuviga imkon beradi. 
Uchinchi avlod (
1960-
yillarning o`rtasi va 1970- yillar) EHMlarining asosini integral sxemalar tashkil qiladi 
(bunday sxemalar birinchi marta AQSHdagi Kaliforniya shtatidagi Santa-Klara shahrida 
yaratilgan). Fizika va kimyo sohasidagi tadqiqotlar sxemalarni kremniyning sof kristalidan 
yasalgan plastinkaning kichik qismida, bu qismga turli moddalarning kerakli 


11 
aralashmasining yupqa qatlamini surtib qo`ygan holda tuzish mumkinligini ko`rsatdi. 
Elementlarni birdagina plastinkaning ko`pgina qismlarida ham tashkil qilish mumkin. 
Kremniy kristallari ustiga surtilgan ko`p qatlamli moddalar ko`rinishidagi bunday sxema
integral sxema nomini olgan. Bitta kristallda joylashgan dastlabki integral sxemelarda yuzga 
yaqin elementlar joylashgan edi. Integral sxemalarning ixtiro qilinishi EHMning elementlar 
bazasining keyingi rivoji uchun keng istiqbollar ochib berdi, bu imkoniyatlardan hozircha 
to`la foydalanib bo`lingani yo`q. Elektron sxemalarning ishonchlilik darajasi, ular 
baholarining arzonlashishi, o`lchamlarning ixchamligi ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga 
keng imkoniyat yaratdi. Bu avlod EHMlaridagi bir kristallda mingdan ortiq elementlarni 
saqlovchi integral sxemalar qo`llanilgan. Ularning tezligi 100 mingdan 1 mln. arifmetik 
amalgacha bo`lib, bunday EHMlarga "IBM-360" (AQSH,1965) va ES (Ediniya sistema) 
oilasiga mansub bo`lgan ES-1022, ES-1035, ES-1055, ES-1060 kabilar kiradi. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə