10
2-MA‟RUZA: KOMPYUTER APPARAT VA DASTURIY TA‟MINOTI.
REJA:
1.
Kompyuter turlari. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va strukturasi, kiritish
va chiqarish qurilmalari.
2.
Axborotlarga ishlov berish qurilmalari va ulaming tasnifi
3.
Operatsion tizim.
Tayanch so‟zlar va tushunchalar:
kompyuterlar arxitekturasi,
tizimli dasturlar,
uskunaviy dasturiy ta‘minot, amaliy dasturlar; utilita - xizmatchi dastur; operatsion
tizimlar; dasturiy qobiq; translyator; kompilyator; interpretator; dasturlash tillari.
EHMning
tarkibidagi arifmetik-mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va
chiqarish kabi qurilmalar uning
arxitekturasi
ni tashkil etadilar.
Universal EHMlar arxitekturasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
Birinchi avlod EHMlari
– bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor bo‘lgan
―bazaviy EHM‖dir.
Birinchi avlod
(1946-1955-yillarni o`z ichiga oladi va Mustaqil
Davlatlar Hamdo`stligi (MDH) olimlari tomonidan yaratilgan) EHMlarida elektron
sxemalarning barcha elementlari alohida qismlar ko`rinishida tayyorlanar edi. Ularning ichida
eng muhimlari hozirgi paytda eski radio va televizorlarda uchratish mumkin bo`lgan vakumli
elektron lampalar edi. Bunday lampalarning bir nechtasi metall panel shassi ustiga o`rnatilar,
o`z navbatida shassi esa EHM korpusi ichiga joylashtirilar edi. Shu shassining o`ziga
sxemaning boshqa elementlari ham mustahkamlab qo`yilar edi. EHMning o`zi esa elektron
lampali shassilar bilan to`ldirilib tashlangan ko`p sondagi metall shkaflardan iborat
ko`rinishga ega edi. Birinchi avlod mashinalari katta zallarni egallagan holda, yuzlab tonna
og`irlikka ega bo`lib, yuzlab kVt elektr energiyasi hisobiga ishlagan va ularning tezligi
sekundiga 10-20 ming arifmetik amalgacha bo`lgan. Bunday EHMlar jumlasiga MESM,
BESM, Strela, Ural, Minsk-1 kabi EHMlar kiradi. Misol uchun, 1953-yilda yaratilgan
BESM-1 kompyuterida 4000 dona lampa ishlatilgan, 3x5 metr hajmdagi maydonda
joylashgan, tezligi sekundiga 7000 - 8000 amal bo`lib, xotirasi 4096 bayt ma`lumotni qabul
qilgan.
Dostları ilə paylaş: