|
Zamonaviy axborot texnologiyalariibooks bot-tibbiyotda axborot t Ketma-ket portlar
(
2
dona) RS 232S (S2 birikish joyi) tipidagi adapterlar orqali
ketma-ket ishlaydigan (ma`lumotni ketma-ket 1 bitdan qabul qiladigan) printerlarni ulash
uchun xizmat qiladi. Ko`pchilik tez ishlovchi printerlar parallel portlarni ishlatadi.
Tezkor printerlar shaxsiy
buferli xotiraga e
ga bo`ladi, ular SHK bilan ma`lumotlarni
almashishda ham, yuklanadigan shriftlarni saqlash uchun ham ishlatiladi. Matritsali
printerlarning xotirasi katta emas - bir necha yuzlab kilobaytlargacha, purkagichli printerlarda
bir necha megabaytlargacha va lazerli printerlarda bir necha o`nlab megabaytlargacha bo`ladi.
Xulosa qilib shuni ta`kidlash kerakki, SHKlarning eng ommaviy printerlarini Seiko Epson
(Yaponiya) firmasi (ularning ulushi kamida 30% ni tashkil etadi) ishlab chiqaradi. Hattoki
IBM PC printerlarining standarti - Epson standarti mavjud. Star, Mannesmann, Sitizen,
Panasonic, Canon, Hp, LazerJet va boshqa turlari ham keng ishlatiladi.
Printerni tanlashda quyidagi omillarni hisobga olish kerak deb o`ylamiz:
funksional imkoniyatlar to`plami, ular bo`yicha printerni aniq masalani yechish uchun
qo`llanishligini baholash mumkin (bosilgan hujjatlar o`lchamlari, bajariladigan ishlar hajmi,
ruslashtirilganligi, kerakli shriftlarning borligi va boshqalar.);
rangli tasvirni shakllantirish imkoniyati;
tasvir sifati (o`tkazish qobiliyati);
ishlash ishonchliligi va qulayligi, servis;
tashuvchi, sarflanadigan materiallar, qurilmaga xizmat ko`rsatish, elektroenergiyani iste`mol
qilish narxlarini o`z ichiga olgan eksplatasiya xarajatlari;
printer narxi.
Kompyuterning imkoniyatlari kundan kunga o`sib borayotgani sir emas. Disk -
axborotlarni ko`chirish, saqlash, tarqatish va tashish uchun ishlatiladigan qurilma; Disklarning
ikki turi keng tarqalgan.
- Egiluvchan magnitli disklar (yumshoq disk - Floppy Disk Drive)
- qattiq magnitli disk (Hard Disk Drive)
Yumshoq disklar (Floppy Disk Drive) birinchi variant SHKlar uchun ishlatilgan va
hozirgi kunda ularni deyarli uchratish qiyin. Yumshoq disklar disketa deb ham yuritiladi. U
asosan 5,25 va 3,5 dyumli disketalarga bo`linadi.
5,25 dyumli
2
disketalarning hajmiga ko`ra 180, 360 Kbayt va 1.2, 2 Mbaytli hamda
ishlatilish turiga DS/DD (Double Side/Double Density) kabi bo`ladi. Bu disketani qo`l
yordamida bemalol egsa bo`ladi. Unda 133 mm aylanasimon disk bo`lib, to`rtburchak
ko`rinishdagi palstmas himoyalagich bilan qoplangan. Bu himoyalagichning uch tirqishi
bo`lib, aylana shaklidagi tirqish disk yurituvchiga moslashadi, yoy burchakli tirqishda esa
ma`lumot o`quvchi pero joylashadi, kichkina to`rtburchakli tirqish ma`lumotni yozish va
o`qish uchun ruxsat berish vazifasini bajaradi. Agar kichik tirqish qora rangli qog`oz bilan
berkitilsa, diskdan faqat ma`lumotlarni o`qish mumkin.
Bu disketalarning hajmiga qarab har birining o`qish qurilmasi alohida bo`ladi. 3,5
dyumli disketalar hajmiga ko`ra 0.72, 1.44, 2, 2.88 Mbaytli. Bu disketalar qattiq plastmas
qobiq ichida joylashgan. Uni diskining diametri 89 mm.
Dostları ilə paylaş: |
|
|