23
texnologiyalarning asosi bo‘lmish komp‘yuter tushinadigan tilda kerakli ko‘rsatmalar
(dasturlar) tuzib, uning xotirasiga kiritish kerak. SHunday dasturlarning majmui
komp‘yuter
texnologiyalarining dasturiy ta‘minotini
tashkil qiladi va ularning imkoniyatlarini,
quvvatlarini aks ettiruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Ma‟lumotlar va dasturlar.
Sonli, matnli, tasvirli (grafik) va tovushli axborotlarni
kompyuter yordamida qayta ishlash uchun ularni kompyuter xotirasida ma‘lumotlar shaklida
saqlash zarur. Ma‘lumotlar kompyuterda ikkilik sanoq sistemasida saqlanadilar. Ularni qayta
ishlovchi dasturlar ham ikkilik sanoq sistemasida saqlanadilar.
Kompyuterning protsessor qurilmasi ma‘lumotlar ustida qanday amal bajarilishi
kerakligini «bilishi» uchun u ma‘lum buyruqni (ko‘rsatmani) olib bajarishi kerak. Bunday
buyruq, masalan, «ikki sonni qo‘sh!» yoki «bir belgini boshqa bir belgi bilan almashtir!» kabi
ko‘rsatmalarning bajarilishi haqida bo‘lishi mumkin.
Odatda qandaydir masalani yechishda protsessorga bir emas, bir necha buyruqlar
ketma- ketligi zarur bo‘ladi. Bunday ketma-ketlik dastur deb aytiladi.
Shunday qilib:
•
Kompyuterda raqamli shaklda saqlanadigan va qayta ishlanadigan axborot
ma’lumotlar
deyiladi.
•
Qayta ishlash jarayonida kompyuter tomonidan bajariladigan buyruqlar ketma-
ketligi
Dostları ilə paylaş: