21
nuri bilan yoritilgan nuqtalardan baraban sirtiga oqib tushadi. Elektron tasvir tushgandan
keyin razryadlangan maydonlarga yopishib qolgan bo`yoq (toner) kukuni bilan bosish
bajariladi. Toner barabandan qog`ozga olib o`tiladi va tasvirni qog`ozda tonerni qizdirib, u
erib ketguncha qotiriladi.
Lazerli printerlar millimetrda 50 tagacha nuqtalarni va sekundiga 1000 tagacha
belgilarni bosuvchi tezlikni ta`minlaydigan o`tkazish qobililiyatli eng yuqori sifatli bosishni
ta`minlaydi. Rangli lazerli printerlar ko`p ishlatiladi. Masalan, tektonik (AQSH) firmasining
Phaser 550 lazerli printeri gorizontal bo`yicha ham, vertikal bo`yicha ham millimetrda 48
nuqtali o`tkazish qobiliyatiga ega. Rangli bosish tezligi minutiga A4 o`lchamli 5 bet,
monoxromli bosish tezligi - minutiga 14 bet.
Printerlarning 1000 taga yaqin turli xil modifikatsiyalari bor. Printerlar o`zaro
quyidagi tavsiflar bo`yicha farqlanadi:
rangliligi (oq-qora va rangli);
belgilarni shakllantirish usuli (belgilarni bosuvchi va belgilarni sintezlovchi);
ish tamoyili (matritsali, siyohli va purkagichli, lazerli);
bosish (zarbli va zarbsiz) va satrlarni shakllantirish (ketma-ket va parallel) usullari;
karetka kengligi (375 - 450 mmli keng va 250 mmli tor karetkali);
bosish satri uzunligi (80 ta va 132-136 ta belgi);
belgilarni terish (ASCII belgilarini to`liq terishgacha);
bosish tezligi;
o`tkazish qobiliyati.
Printerlarni bir nechta turlariga ajratish mumkin: SHKda keng ishlatiladigan belgilarni
sintezlovchi matritsali printerlar ish tamoyili bo`yicha zarbli, termografikli, elektrografikli,
elektrostatik, magnitografikli bo`lishi mumkin.
Zarbli printerlar orasida ignali (matritsali) lar eng ko`p tarqalgan, lekin hali ham literli,
shar ko`rinishli, gulbargli (moychechak) uchrab turadi. Printerlarda bosish belgi bo`yicha, satr
va sahifa bo`yicha bo`lishi mumkin. Bosish tezligi sekundiga 10-300 ta ishoradan (zarbli
printerlar) sekundiga 500-1000 tagacha va hattoki sekundiga bir necha o`nlab (20 tagacha)
sahifalargacha oraliqda; o`tkazish qobiliyati millimetrda 3-5 nuqtadan millimetrda 30-40
nuqtagacha bo`ladi. Matnli bosish uchun umumiy holda turlicha bosish sifati bilan
tavsiflanuvchi quyidagi rejimlar bor:
- xomaki bosish rejimi (Draft);
- bosmaxonanikiga yaqin bosish rejimi (NLQ - Near Letter Quality);
- bosmaxonaniki kabi bosish rejimi (LQ - Letter Quality);
- yuqori sifatli bosish rejimi (ALQ - Super Letter Quality).
Printerlar, odatda, ikki rejimda - matnli da grafikli rejimlarda ishlashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: