Zamonaviy axborot texnologiyalari


 - rasm. Protsеssor va microprosessor  SHKning asosiy qurilmalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

 
2 - rasm. Protsеssor va microprosessor 
SHKning asosiy qurilmalari
Shaxsiy kompyuter quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi: Protsessor, monitor, 
klaviatura va sichqoncha. 
Protsessor (mother board) - qurilmalarni va hisoblashlarni boshqaruvchi, asosiy 
qurilma bo`lib, unga mikroprotsessor, tezkor va kesh xotira, mikrosxemalari, kontroller va 
turli adabter, elektrosxemalar o`rnatiladi.
Protsessor asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi.
Mikroprotsessor - kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlari, buyruqlarni 
bajarilishini ta`minlaydi. Mikroprotsessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning
tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq bo`lishi mumkin. Uning tezligi 
Megagerslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi. Masalan, Pentium 700. 
Tezkor xotira - protsessor uchun zarur bo`lgan dasturlar va ma`lumotlarni saqlaydi. 
Kompyuter o`chirilishi bilan tezkor xotiradagi ma`lumotlar o`chiriladi. 
Qattiq disk (doimiy xotira - Hard Disk Drive) - dastur va ma`lumotlarni doimo 
saqlaydi. U ba`zan "vinchester" deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi qattiq disk nomidan 
kelib chiqqan (1973-yilda IBM firmasi tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi "30/30" bo`lgan 
va bu mashhur Winchester miltig`ining kalibrga o`xshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi 
bilan farqlanadi. Qattiq diskdagi dastur va ma`lumotlar esa o`chirilmaydi. 
Kesh xotira - kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko`p ishlatilgan 
ma`lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o`rtasida 
joylashadi. 
3 - rasm. Tezkor xotira 4 - rasm. Qattiq disk 5 - rasm. Kesh xotira 
Kontroller (adapterlar) - ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta`minlaydi. Ishlash 
holatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmoq platasi va ...). 
Disk yurituvchilari - bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma`lumotlarni o`qish va yozish 
ishlarni bajaradigan qurilma. 
Kiritish-chiqarish porti orqali mikroprotsessor bilan ma`lumot almashadi. Ichki 
qurilmalar bilan ma`lumot almashuvi uchun maxsus portlar, hamda umumiy portlar mavjud. 
Umumiy portlar 2 xil bo`ladi: parallel - (LPT1, ..., LPT4) va ketma-ket (COM1, ...,COM3) 
bilan belgilanadi. Parallel portlar kirish-chiqishni, ketma-ket portga nisbatan tezroq bajaradi. 
Har bir port o`zining shaxsiy manziliga va raqamiga ega bo`lib, ularning umumiy soni 65536 
taga yetadi. 
BIOS (Basic input output system) - o`z tarkibidagi bir marta yozib qoldirilgan 


15 
ma`lumotlar majmuasini saqlab turuvchi va alohida mikrosxema hisoblangan xotira turi 
hisoblanadi. Odatda bu xotiradagi ma`lumotlarni, uni ishlab chiquvchi korxona (firma) yozib 
qoldiradi. Bu ma`lumotlar kompyuter elektr manbadan o`chirilgan holda ham saqlanadi va 
alohida mikroakkumlyatorli batareyalardan oziqlanadi. Bu xotira turi faqat ma`lumotlarni 
o`qish rejimida ishlaydi. Shuning uchun bunday xotirada kompyuterning qurilmalarini 
tekshiruvchi test dasturlar, operatsion sistemalarning yuklovchi dastur modullari saqlanadi. 
Mikroprotsessor. Mikroprotsessor dasturlarning ishlashini ta`minlaydi va kompyuter 
qurilmalari 
ishini 
bajaradi. 

kompyuterning 
tezligini 
ta`minlaydi. 
Zamonaviy 
mikroprotsessorlar uch guruhga bo`linadi: 
-to`la buyruqlar bilan ishlaydigan CISC (Complex Instructtion Set Computing) 
mikroprotsessorlari; 
-qisqartirilgan buyruqlar bilan ishlaydigan RISC (Reduced Instruction Set Computing) 
guruhiga mansub mikroprotsessorlar; 
-minimal buyruqlar bilan ishlaydigan o`ta tezkor MISC (Minimum Instrution Set Computing) 
guruhiga mansub mikroprosessorlar. 
IBM PC kompyuterlarida odatda Intel firmasi va unga muvofiq boshqa firmalarning 
mikroprotsessorlari o`rnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan ham farqlanadi. 
Mikroprotsessorlar Intel - 8088, Intel -80386, Intel -80286, Intel -80386 Sx, Intel -80486, 
Intel Pentium kabi turlari mavjud. 
Dastlabki kompyuterlar Intel - 8088 asosida qurilgan bo`lib, ularning ishlash tezligi 
juda sekin edi. Intel - 80286, Intel - 80386 mikroprotsessorlari ham keyingi turlarga nisbatan 
tezligi sustligi sababli hozirgi kunda ishlab chiqarilmayapti. 
1991-yildan boshlab IBM, Motorola, Fire, Power va boshqa firmalar birgalikda Power 
PC mikroprotsessorini ishlab chiqishga kirishdi va bu borada muvaffaqiyatga erishdi.
1993-yildan boshlab Intel firmasining Pentium asosidagi Pentium Pro mikroprotsessori 
o`rnatilgan kompyuterlari ham sotila boshlandi. Pentium Pro ning amallarni bajarish 
chastotasi 150 MGs bo`lib, u Pentium ga nisbatan ishlash tezligi 40 martaga ko`proqdir. 
Shunday bo`lsada, Pentium narxining arzonligi va imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni 
o`ziga ko`proq jalb qilmoqda. Notebook kompyuterlar 120 MGli Pentium mikroprotsessorlari 
asosida ishlaydi. Pentium mikroprotsessorlaridan murakkab hisoblar va tasvirlar uchun 
foydalanish maqsadga muvofiq.
6 - rasm. Mikroprotsessorlar 
Tezkor xotira (operativ xotira). Tezkor xotira o`zida kompyuterda ishlayotgan dastur 
va ma`lumotlarni saqlaydi. Ma`lumotlar doimiy xotiradan tezkor xotiraga ko`chiriladi, 
olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Odatda Intel - 8088 protsessorli shaxsiy
kompyuter 1 Mbayt hajmdagi tezkor xotiraga ega. Hozirgi SHKlarining tezkor xotirasi 1-2 
Gegabaytdan ko`proq hajmga ega bo`lib, bu xotira ikki qismdan iboratdir: 
1) 640 Mbaytli qismiga amallar tizimi hamda amaliy dasturlar majmuasi joylashtiriladi
2) qolgan qismiga xizmatchi maqsadlar uchun ishlatiladigan dasturlar joylashtiriladi
(test dasturlari, dastavval kompyuterni ishga tayyorlash dasturi va boshqalar).
Monitor (displey, ekran) - foydalanuvchiga matnli va grafikli ma`lumotlarni chiqarish 
uchun xizmat qiladi. Kompyuter bilan bo`ladigan bevosita muloqotni ekranda ko`rish uchun 
monitor xizmat qiladi. Monitorning ikki: monoxrom va rangli turlari mavjud bo`lib, ular 
video adapter qurilmasi boshqaruvida ikki xil rejimda, matn yoki grafika holatlaridan birida 
ishlaydilar. 
Monitorlar televizorlarga o`xshash, u ham tasvirlarni kineskop (elektron-nur trubkasi) 
yordamida hosil qiladi. Monitorlar har qanday televizorlardan farqli o`laroq yaqqol va aniq 
tasvirlarni ko`rsatadi. Ular bir-biridan o`lchamlari (14 dyumdan 24 dyumgacha) bilan 
farqlanadi. 


16 
Matnli rejimda monitor ekranni shartli ravishda 80 ta ustun, 25 satrga bo`linadi. Shu 
maydonning ixtiyoriy joyida belgilar tasvirlanadi. Bu belgilar katta va kichik lotin harflari, 
sonlar va yordamchi belgilar bo`lishi mumkin. 
Grafik rejimda ekranga matnli ma`lumotlardan tashqari rasm va grafik tasvirlar ham 
chiqariladi. Bunda belgi ixtiyoriy shrift va o`lchamga ega bo`ladi. Bu rejimda ekran nuqtalar 
(piksel) to`plamidan iborat. Masalan, 640 x 400 imkoniyatli monitor ekranda gorizontaliga 
640 va vertikaliga 400 nuqtani tasvirlaydi. Nuqtalar soni oshishi bilan tasvir sifati oshadi. 
Quyida monitorlarning ba`zi bir turlari keltirilgan. 
2.1 – jadval. Monitorlar haqida ma`lumot 
Adapter 
Rangi 
Matnli 
Grafikli 
MDA 
Oq-qora 
80x20, 2 ta rang 
640x200, 2 ta rang 
CGA 
Rangli 
80x25, 16 ta rang 
320x200, 4 ta rang 
640x200, 2 ta rang 
Hercules 
Oq-qora 
80x25, 2 ta rang 
720x348, 2 ta rang 
EGA 
Rangli 
80x25, 16 ta rang 
80x43, 16 ta rang 
640x350, 16 ta rang 
VGA 
Rangli 
80x25, 16 ta rang 
640x480, 16 ta rang 
SVGA 
Rangli 
80x25, 16 ta rang 
800x600, 256 ta rang 
Kompyuterga monitor ulash uchun maxsus videoadapter zarur. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə