Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Tizimli dasturlar 
Tizimli dasturlar
kompyuterning barcha qurilmalari bilan ishlashni ta‘minlaydilar. 
Odatda tizimli dasturlar kompyuterga biror yangi qurilma ulanib, o‘rnatilganida, drayver 
dasturi ko‘rinishida, operatsion tizim ishini sozlashda va u bilan ishlashlarida faol bo‘ladilar. 
Tizimli dasturlar amaliy dasturlar bilan birgalikda kompyuter resurslarini - 
protsessorni, xotirani, kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarishda ishlatiladilar. 
Ushbu dasturlar barcha foydalanuvchilarga mo‘ljallanib, umumiy foydalanish uchun 
ishlatiladilar. Tizimli dasturlar shunday yaratiladiki, kompyuterga kiritilgan amaliy dasturlar 
tez va oson bajarilishi ta‘minlanishi kerak. 
O‘n minglab tizimli dasturlar ichida alohida o‘rinni 
operatsion tizimlar
egallaydilar. 
Ular bevosita kompyuter resurslaridan unumli va sifatli foydalanishni ta‘minlaydilar. 
Kompyuter ishlab chiqaruvchilari foydalanuvchi tomonidan qaysi dasturlar 
ishlatilishini oldindan bilmaganliklari uchun yangi kompyuterlar odatda amaliy dasturlar bilan 
jihozlanmagan bo‘ladilar. Biroq har bir foydalanuvchi o‘z maksadi yo‘lida kerakli dasturlarni 
o‘rnatib ishlash imkoniyatlari mavjud. Asosan kompyuter doimiy xotira qurilmasida kiritish- 
chiqarish operatsiyalarini bajarish imkonini beruvchi bazaviy tizim mikrosxemaga «tikilgan» 
holda quyi pogona dasturlari o‘rnatiladi. Kerak bo‘lgan tizimli va xizmatchi dasturlar soni 
juda ham ko‘p (yuzlab va undan ortiq) miqdorda bo‘lgani uchunular umumiy paket holdida 
kompyuterga o‘rnatiladilar. Tizimli va qisman xizmatchi dasturlarni o‘z ichiga olgan bunday 
standart paket operatsion tizim deyiladi. 
Operatsion tizim
— kompyuter dasturiy ta‘minotining eng muhim qismidir. U 
dasturlarni ishga tushirilishini, kiritish-chiqarish operatsiyalarini, boshqa yordamchi 
operatsiyalarni, ma‘lumotlarni va resurslarni boshqarish, rejalashtirish, tashkil etish 
masalalarini avtomatlashtirish vazifasini bajaradi 
Operatsion tizim vazifalariga quyidagilar kiradi: 

Foydalanuvchi muloqotini ta‘minlash; 

Ma‘lumotlarni kiritish-chiqarish va ularni boshqarish; 

Qayta ishlash j arayonini rejalashtirish va tashkil etish; 

Resurslarni taqsimlash (operativ xotira, kesh xotira, protsessor, tashqi qurilmalarni); 

Dasturlarni bajarish uchun ularni ishga tushirish; 

Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarish; 

Turli xil ichki qurilmalararo ma‘lumotlarni uzatish; 

Periferiya qurilmalari ishini dasturiy qo‘llab-quvvatilash. 
Bir vaqtning o‘zida qayta ishlanadigan masalalar va foydalanuvchilar soniga qarab 
operatsion tizimlarning to‘rt asosiy sinfga ajratish mumkin:: 


Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə