Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Moslanuvchanlik.
Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. 
Resurslar majmuasi OC effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida ko‘paytirilishi 
yoki kamaytirilishi mumkin. 
7.
Kengaytiruvchanlik.
Evolutsiya jarayonida OC ga fizik va dasturiy resurslar 
qo‘shilishi mumkin. 
8.
Aniqlik.
Foydalanuvchi sistema interfeys darajasidan pastda sodir bo‘ladigan 
jarayonlar bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi sistema haqida qancha 
bilgisi kesa shuncha bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bu holatda aniqlik interfeys 
sistemasida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va o‘zaro bog‘liqligining 
funksional harakteristikasi asosida amalga oshiriladi. 
Avval qayd etganimizdek, OC ning asosiy vazifasi bu –resurslar taqsimoti va boshqarishdan 
iborat.OC foydalanuvchini resurslar taqsimotidan ozod qilib kompyuterni uch xil rejimda 
ishlashini ta‘milashi mumkin: bir dasturlik; ko‘p dasturlik; ko‘p masalali. 
Bir dasturli rejim – kompyuterning barcha resurslari faqat bir dasturga xizmat qiladi. 
Ko‘p dasturli rejim (multidastur) – OC bir vaqtning o‘zida bir – biriga bog‘liq bo‘lmagan bir 
necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar o‘rtasida o‘zaro taqsimlanadi. 
―multidastur‖ rejimi markaziy protsessor ish vati bilan ―periferiya‖ qurilmalari ishini 
ta‘minlashdan iborat. Bu usulning bir dasturli rejimidan afzalligi resurslardan effektiv 
foydalanish va berilgan masala yechilishini tezlatishdir.
Ko‟p masalali rejim – 
―multimasala‖ rejimda bir vaqtning o‘zida bir necha 
masalaning parallel ishlashini ta‘minlash ko‘zda tutilgan. Bunda bir masalaning natijasi 
ikkinchi masala uchun berilganlar majmuasinin tashkil qilishi ham mumkin.OC yechilayotgan 
masalalarni bir – biri bilan bog‘liqligini rejalashtiradi va nazorat qilib boradi. ―ko‘p dasturli‖ 
rejimdan (dasturlar orasida vaqtni taqsimlash prinspi) farqli, bu yerda barcha masalalar 
bo‘yicha parallel ishlash ko‘zda tutilgan. Ko‘p masalali rejim faqat multisistemada (bir necha 
protsessor) tashkil qilinadi. 
OC kompyuter va foydalanuvchi o‘rtasida vosita hisoblanadi. OC foydalanuvchi 
so‘rovini analiz qiladi va uni bajarilishini ta‘minlaydi. So‘rov OC tilida qabul qilingan 
buyruqlar ketma – ketligi ko‘rinishda bo‘ladi. OC so‘rovlarni turli rejimlarda bajarishi 
mumkin, shu sababli OC ni quyidagi tiplarga bo‘lish mumkin: 
Paket rejimi sistemasi; 
Vaqtni taqsimlash sistemasi; 
Real vaqt sistemasi muloqot (dialog) sistemasi. 


Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə