Zamonaviy axborot texnologiyalari


Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Muhammad ibn Musa al-Xorazmiy
(783-850) Xorazm o‘lkasida tug ilib, o‘sdi. Bu davrda Markaziy Osiyo arab xalifaligi 
tarkibiga kirar edi. Rivojlanib kelayotgan mavjud tuzum taqozo qilgan ijtimoiy-iqtisodiy 
talablar bu davrdagi taraqqiyot jarayonining asosiy omillaridan biri bo‘ldi. 
Ma‘lumki, al-Ma‘mun 809 yildan Marvda dastlab xalifa Xorun ar-Rashidning noibi, so‘ng 
813 yildan boshlab xalifa bo‘ladi va 819 yili Bag'dodga ko‘chadi. Al-Ma‘mun Marvda 
bo‘lganida Xorazmiyni, movarounnahrlik va xurosonlik boshqa olimlarni o‘z saroyiga jalb 
qilgan. 
Bag'dodda al-Ma‘mun otasi tomonidan asos solingan ilmiy markaz — «Bayt ul-hikma» 
faoliyatini har tomonlama takomillashtirib, unga yirik davlat muassasasi tusini berib, avvaliga 
tarjimonlik faoliyatini keng ko‘lamda rivojlantirdi. Vizantiya, Hindistondan ko‘plab kitoblar 
keltirilib, «Bayt ul-hikma»ning faoliyat doirasi birmuncha kengaytiriladi, uning qoshida ikkita 
yirik rasadxona - birinchisi 828 yilda Bag'dodning ash-Shammosiya mahallasida, ikkinchisi 
Damashq yaqinidagi Kasiyun tog'ida 831 yilda barpo etiladi. Ikkala rasadxonaning ham 
faoliyatini Markaziy Osiyo va Xurosondan kelgan olimlar boshqaradi. Xorazmiy bu ilmiy 
markazning mudiri sifatida uning faoliyatini kuzatib turadi. 
Xorazmiy bilan Bag'dodda, keyinchalik «Ma‘mun akademiyasi» deb tanilgan «Bayt ul- 
hikma»da ijod etgan olimlar orasida Markaziy osiyoliklar salmoqli o‘rinni egallagan. 
Xorazmiy ana shunday ilmiy muhitda yashab ijod qildi. 
Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan ortiq asarlarning faqat 10 tasi bizgacha yetib kelgan. 
Bular «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob»— algebraik asar, «Hind hisobi 
haqida kitob» yoki «qo‘shish va ayirish haqida kitob»— arifmetik asar, «Kitob surat-ul-
arz»— geografiyaga oid asar. «Zij», «Asturlob bilan ishlash haqida kitob», «Asturlob yasash 
haqida kitob», «Asturlob yordamida azimutni aniqlash haqida», «Kitob ar-ruhoma», «Kitob 
at-ta‘rix», «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola». 
Xorazmiyning arifmetik risolasi qachon yozilgani noma‘lum. Biroq unda olim algebraik 
risolasini eslaydi. Demak, bundan Xorazmiy arifmetik risolani algebraik risoladan keyin 
yozgani ma‘lum bo‘ladi. Bu risola XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima kilingan. 
Tarjimaning XIV asrda ko‘chirilgan yagona qo‘lyozmasi AQSHda Kembrij universiteti 
kutubxonasida saqlanadi. 
Risola 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə