Zamonaviy axborot texnologiyalari


Bir foydalanuvchili, bitta masalali



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Bir foydalanuvchili, bitta masalali 
operatsion tizimlar. Ular yordamida bitta 
foydalanuvchi klaviaturadan foydalanib muayyan vaqt oralig'ida faqat bitta masalani 
yechish imkoniga ega bo‘ladi; 

Bir foydalanuvchili fon rejimida chop etishga mo‟ljallangan 
operatsion tizim. 
Ushbu tizim yordamida foydalanuvchi bir masala yechishi davomida fon rejimida 
boshqa ma‘lumotini chop etishi mumkin; 

Bir foydalanuvchili ko‟p masalali operatsion tizim. 
Bunday tizimda bitta 
foydalanuvchi parallel ravishda kompyuterda bir necha masalani kayta ishlashi 
mumkin; 

Ko‟p foydalanuvchili, ko‟p masalali operatsion tizim. 
Bir vaqtning o‘zida bir necha 
foydalanuvchi o‘z masalalarini parallel ravishda qayta ishlashlari mumkin. Bunday 
operatsion tizim uchun ko‘plab kompyuter resurslari talab etiladi. 
Operatsion tizim foydalanuvchiga ko‘rinmaydigan holda apparatura qurilmalarini 


26 
boshqarish, ularga axborotni uzatish yoki ulardan qabul qilish jarayonlarini boshqarishni 
amalga oshirib, foydalanuvchiga qulayliklar yaratadi. 
Operatsion tizim insonga kompyuterda o‘z ishini samarali tashkil etish imkonini 
beradi. Bugungi kunda dasturiy ta‘minotning quyidagi guruhlari shakllanib, 
rivojlanmoqda: 

operatsion tizimlar va kobiklar; 

dasturlash tizimlari (translyatorlar, qism dasturlar kutubxonasi, sozlovchilar va shu 
kabilar); 

uskunaviv tizimlar; 

integrallashgan (iamlangan) dasturlar paketi; 

dinamik elektron iadvallar; 

mashinaviv grafika tizimlari; 

ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); 

amaliy dasturiy ta‘minot. 
Dasturiy ta‘minot strukturasi rasmda keltirilgan. 
Tizimli dasturlar sirasiga shuningdek turli xizmatchi dasturlar - utilitalar (lotincha 
utilitas
 
— foyda) kiradilar. Ular operatsion tizim imkoniyatlarini kengaytiradilar yoki 
to‘ldiradilar yoki ayrim muhim vazifalami mustaqil bajaradilar. Bunday xizmatchi 
dasturlarga: 

Kompyuter qurilmalari ishini nazorat, testlash, diagnostika qilish dasturlari; 

Drayver-dasturlar; 

Arxivator dasturlari; 

Antivirus dasturlari; 

Disk sohasini optimal boshqarish dasturlari; 

Tashqi xotirada saqlanayotgan ma‘lumotlarni tiklash, himoyalash va disklarni formatlash 
dasturlari; 

Kompyuterlar o‘rtasida axborotlarni ayirboshlash imkonini beruvchi kommunikatsiya 
dasturlari; 

Operativ xotiradan samarali foydalanish imkonini beruvchi xotirani boshqarish dasturlari; 

CD-ROM, CD-R va boshqa shu kabi tashki xotira vositalariga axborotni yozish dasturlari 
va boshqa shu kabi dasturlar kiradilar. 
Utilitalarning bir qismi operatsion tizim tarkibiga kiritilgan, boshqalari esa mustaqil 
ravishda foydalanuvchi tomonidan yuklanib, bajariladilar. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə