Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/83
tarix28.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#133670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
ibooks bot-tibbiyotda axborot t

Axborot xossalari 
Axborot quyidagi xossalarga ega: 

ishonchlilik; 

to‘liqlilik; 

qimmatlilik; 

dolzarblilik; 

tushunarlilik; 

qulaylilik; 

qisqa va lo‘ndalilik; 
va boshqalar. 
Axborot ishonchli deyiladi, agar u ob‘ekt haqidagi ma‘lumotlarni yoki voqelikni real 
akslantirsa. Ko‘pincha axborot ishonligi axborotning muvofiqligi bilan xarakterlanadi. 
Axborotning muvofiqligi - ob‘ekt, hodisa yoki jarayon haqidagi olingan ma‘lumotning 
ma‘lum ma‘noda real haqiqatga mosligidir. Ishonchli bo‘lmagan axborot uning noto‘g'ri 
talqin qilinishiga yoki noto‘g'ri qarorlar qabul qilinishiga olib keladi. 
Ishonchli axborot vaqt o‘tishi bilan ishonchli bo‘lmagan axborotga aylanishi mumkin, 
ya‘ni vaqt o‘tishi bilan u eskirib, voqelikni to‘g'ri, ro‘yi-rost akslantirmasligi ham mumkin. 
Axborot to‘liq deyiladi, agar u tushunish yoki uning asosida to‘g'ri qaror qabul qilish 
uchun yetarli darajada bo‘lsa. To‘liq bo‘lmagan va haddan ziyod ortiqcha axborot qaror qabul 
qilish jarayonini sekinlashtirishi yoki xatoliklar keltirib chiqarishi mumkin. 
Semantik (ma`noli) adekvatlik
– ob`ektning uning obraziga (qiyofasiga) muvofiqlik 
darajasini aniqlaydi. Semantik nuqtai nazar axborotning ma`noli mazmunini hisoblashni 
ko‘zlaydi. Bunda axborot aks ettirgan ma`lumotlar tahlil qilinadi, ma`nolar bog‘liqligi 
ko‘riladi.. Masalan, axborotni kodlar orqali ifodalashni ko‘rsatish mumkin. 
Sintaktik adekvatlik
– axborotning mazmuniga tegmagan holda, uning rasmiy-strukturaviy 
xarakteristikalarini ifodalaydi. Sintaktik darajadagi axborotni ifodalash usulida axborot 
elituvchi turi, uzatish va qayta ishlash tezligi, ifodalash kodining o‘lchamlari, bu kodlarni 
o‘zgartirish aniqliligi va ishonchliligi hisobga olinadi. Axborotning mazmuniga ahamiyat 



berilmaganligi sabali, bunday axborot ma`lumot deb ataladi. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə