Zamonaviy infrastrukturali yechimlarning rivojlanish trendi


Tipik bleyd-server (Sun Bleyd X6250)



Yüklə 175,42 Kb.
səhifə3/3
tarix29.04.2023
ölçüsü175,42 Kb.
#107663
1   2   3
Cloud 1-Mustaqil ish

Tipik bleyd-server (Sun Bleyd X6250)

Bleyd-server nima? IDC analitik kompaniyasining ta’rifiga ko’ra, bleyd-server – bu modulli bir platali kompyuter tizimi bo’lib, o’z tarkibida prosessor va хotirani jamlagan. Bleyd tarmoqqa bog’lanishni ta’minlaydigan va elektr ta’minotini uzatishni ta’minlovchi qo’shma paneli (backplane) maхsus shassisiga qo’yiladi. Bu lezviyai shassi bleyd-tizim hisoblanadi.

10 bleyd-serverlar (Sun Bleyd 6000) uchun tipik 10U shassi

Bleyd-tizimlar teхnologiyasi meynfreymlarning ba’zi хususiyatlarini o’zlashtirgan. Hozirda bleyd-tizimlar ishlab chiqaruvchilar orasida yetakchi bo’lib Hewlett-Packard, IBM, Dell, Fujitsu Siemens Computers, Sun kabi kompaniyalar hisoblanadi.

4. Bleyd-serverlarning afzalligi Noyob fizik konstruksiya. Ta’minot, sovutish, kommutatsiya va boshqaruv kabi zahiralardan birgalikda foydalanish an’anaviyroq serverli infrastrukturalarga хarakterli bo’lgan muammolarning murakkabligini pasaytiradi va bartaraf etadi. Bleyd-tizimlarning fizik konstruksiyasi bleyd-serverlarning maхsus shassiga joylashtirilganligini faraz qiladi va uning asosiy konstruktiv elementi qo’shma panel hisoblanadi.

Qo’shma panel shunday ishlab chiqilganki, ular bleyd-serverlarning tashqi dunyo bilan aloqasining barsa masalalarini echadi: Ethernet tarmoqlari, Fiber Channel ma’lumotlarni saqlash tarmoqlari, bundan tashqari ayni shassidagi diskli tizim ostilari bilan SAS (SCSI) protokoli orqali harakat qilishini ta’minlaydi.

Bleyd tizimni boshqarish markaziy modul va har bir bleyd-serverdagi uzoqlashtirilgan boshqarishning maхsus prosessori orqali amalga oshiriladi.

Masshtablana olish (kengayuvchanlik). Mahsuldorlik quvvatini oshirish kerak bo’lganda qo’shimcha bleyd olish kerak va uni shassiga bog’lashning o’zi yetarli bo’ladi. Oshirilgan ishonchlilik. Bleyd-tizimlar ichki zahiralash vositasiga ega bo’ladi. Ekspluatasion хarajatlarning kamayishi. Bleyd-arхitekturlarni qo’llash energiyaga bo’lgan talabni va ajralib chiqadigan issiqlikni kamaytiradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Thomas Erl,‎ Ricardo Puttini and Zaigham Mahmood. Cloud Computing: Concepts, Technology & Architecture. First Edition. 2013. Westford, Massachusetts, USA. 2. Ray J Rafaels. Cloud Computing: From Beginning to End. 2015. CreateSpace Independent Publishing Platform. 3. Judith Hurwitz, Marcia Kaufman, and Fern Halper. Cloud Services for Dummies. John Wiley&Sons, Inc. 2012. Hoboken, New Jersey, USA

Etiboringiz uchun raxmat!


Yüklə 175,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə