Zamonaviy menejer va uning kreativ ta’limi


Kreativ ta’limning asosiy jihati



Yüklə 176,97 Kb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü176,97 Kb.
#135572
1   2   3   4   5
Zamonaviy menejer va uning kreativ ta

Kreativ ta’limning asosiy jihati:
a) tasviriy va golografik fikrlash, b) rivojlangan tasavvurlar, v) sog‘lom umidsizlik (skeptitsizm), g) fundamental bilim, d) uslubiy madaniyat (mantiqiy fikrlashni bilish, isbotli, aniq va h.k), e) tizimli bilim (muvozanat, kombinatsiya, integratsiya va boshqalar), j) o‘rganishni va o‘rgatishni bilish, z) ta’limning uzluksizligi, i) innovatsion salohiyat, (k) kasbiy mas’uliyat.
6. Bilimga bo‘lgan ehtiyoj bilan ta’limga bo‘lgan ehtiyoj bir xil emas.
Ta’limga bo‘lgan ehtiyoj juda muhim va eng muhimi bu yerda ta’limning maqsadidir. Buni hamma ham tushunavermaydi. Ta’lim – bu bilimlarni iste’mol qilish emas, balki, ijodkorlik energiyasini to‘plash uchun uni kuchlantirishdir.
Menejer faoliyatining asosiy pog‘onalarida u qanday vazifalarini amalga oshirishini ko‘rib chiqamiz. Ular qanday qilib har xil bo‘lishi mumkin? Qanday qilib aqlbovar qilmaydigan kombinatsiyalarni tuzishi mumkin? Qanday murakkab ziddiyatlar bo‘lishi mumkin? Ishlab chiqarish qo‘mondoni, tashkilotchi, ijrochi, arbitr, momaqaldiroq, rahbar. Menejer –tadqiqotchi ham , innovator ham, maslahatchi ham, yetakchi ham, yo‘lboshchi ham, yordamchi va vakil ham, murabbiy ham bo‘lishi kerak.
Amalda, bularning barchasi bir-biri bilan chambarchas bog‘lanmagan. Ammo ularning muayyan rollari uchun doimo ustuvorliklar mavjud. Ular qanday shakllanadi? Bu yerda ta’lim qanday rol o‘ynaydi? Ta’lim qanday bo‘lishi kerak? Bu nafaqat faoliyatning vazifalariga, balki zamonaviy menejerning roliga qarab ham yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bular umuman hech qanday rolda emas, balki rollarda aniqdir.
Shu bilan bog‘liq holda kreativ ta’limga zarurat va ehtiyoj tug‘iladiki, chunki faqat ugina tadqiqotchi, innovator, yo‘lboshchining vazifasini bajarish rolini ijro ettirishga yo‘naltirish uchun qodirdir. Avvallari ta’limning asosiy vazifasi kasbiy faoliyat uchun zaruriy bilim va ko‘nikmalarni yetkazish edi. Qanday qilib bilim va ko‘nikmalarning zarurati aniqlandi? Tarmoq va idoralarga doir bo‘lgan me’yoriy hujjatlar asosida aniqlanadi. Ularni bilish kerak edi, shundagina ishda muvaffaqiyat qozonilardi. Ammo, axir bu hayolga ham kelmagan ishlarga yo‘naltirib, odat tusiga kirib, keyinchalik butun boshqaruvni tashkil qilishning va ish uslubining asosini tashkil etadiku! Mutaxassislar va kreativ ta’lim targ‘ibotchilari tavsiyalarining asosiy jihatlarini ko‘rib chiqib quyidagi xulosalarni qilish mumkin1:

  1. Zamonaviy menejerning innovatsion va tadqiqot salohiyati nafaqat uning tadqiqotlar asosida qurilishi bilan, balki ta’limning tabiati, bilim tuzilishi, ijodiy faoliyat ko‘nikmalari, professional fikrlash turi bilan belgilanadi. Tadqiqot qobiliyati ham menejerning muhim xususiyatlarini xarakterlab, xuddi san’atni boshqarish kabi, boshqaruv qarorlarini yaratishni hal qilish yo‘li bilan, chuqurlashtirilgan tadqiqotlarsiz, ijodkorliksiz ma’noga ega bo‘lmaydi.

  2. Zamonaviy menejerning faoliyati, qachonki, doimiy va uzluksiz rivojlanishda bo‘lsa, qachonki, u tashkilotning hayotiyligini ta’minlovchi

o‘zgarishlarga qaratilgan bo‘lsa, uning innovatsion salohiyati maqsadli yo‘naltirilgan bo‘lsa, u doimo va uzluksiz muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Zamonaviy menejmentda kreativ yondashuvning qo‘llanilishi boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.

  1. Menejer shaxs faoliyatining shart-sharoitlarini, qiziqish va g‘oyalarini, uning qadriyatlaridagi o‘zgarishlarni ko‘rishi va baholashi kerak.

Bu tajriba va shaxsiy fazilatlarga asoslanib, faqat nisbatan kichik ko‘lamdagi boshqaruv sharoitida va tashkilotlar faoliyatining istisnoviy barqarorligi sharoitida bo‘lishi mumkin. Ammo iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy dinamik o‘sish sharoitida raqobat va ijtimoiy-psixologik asoslar sanalgan ijodiyotlilikning, nostandartlikning, kreativ yondashuvning qo‘llanilishi bu muvaffaqiyatning garovidir.

  1. Yangi uslubiyatni va texnik vositalarni qo‘llash orqali kreativ ta’limni rivojlantirish butun ta’lim tizimini isloh qilishni talab qiladi. Ammo, o‘zlarining qobiliyatlarining rivojlanishini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishni istamaydigan millionlab odamlarning ong va tafakkurini isloh qilish eng muhim hisoblanadi.

  2. Zamonaviy menejer mukammal bo‘lishi uchun tashkilot faoliyatining

natijador va samarador bo‘lishi sari intilishi, ya’ni ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, infratuzilmani rivojlantirish, inson kapitaliga investitsiyalar kiritish masalalariga alohida e’tibor qaratishi kerak.


1 M.X.Mескон, M.Aльберт, Ф.Хедоури Основы менеджмента: Пер.с.англ.-М., «Дело»

Yüklə 176,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə