Zamonaviy menejer va uning kreativ ta’limi


Zamonaviy menejerning kreativ ta'lim muammolari



Yüklə 176,97 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü176,97 Kb.
#135572
1   2   3   4   5
Zamonaviy menejer va uning kreativ ta

Zamonaviy menejerning kreativ ta'lim muammolari

1.6.-chizma. Kreativ ta’lim muammolari chizmasi.
Kasb-kor – bu madaniyatning alomati, fikrlash faoliyati va maxsus bilim va ko‘nikmalar. Bu bilan bahslashish mumkin emas. Lekin qanday qilib, biz doimiy bu madaniyat ko‘rinishiga erishamiz ? Zamonaviy ta’lim jarayonida ushbu sikllar birbiriga qarama-qarshilikda bo‘lgan holatlarda ularda yakkalanish holatlari kam uchraydi.
Kasbiy tafakkur samaradorligi bilimlarning uyg‘unligi, ya’ni ularning muvofiqlashuvi, tutashishi, tuzilishi bilan belgilanadi. Lekin muammo faqat fanlarning tuzilishida emas, balki ularni taqdim etish uslubiyatidadir. Bilimni yaxshi tashkil etilgan darslar, umumiy qabul qilingan qoidalar, tasdiqlangan tavsiyalar, bahssiz talqinlar va h.k. muzlatilgan haqiqatlar shaklida mumkin (va bu ko‘proq kreativ ta’lim vazifalariga mos keladi), lekin bilimlarni rivojlantirishning uzluksiz jarayoni bo‘lib bu yerda asosiy rolni muammoning yechimi va uni hal qilish usullari egallaydi.
Kreativ ta'lim usullari

1.7–chizma. Kreativ ta’limnmng usullari chizmasi
Bu bilimlar genezisining kelib chiqishi, ularning muammoni hal qilish usuli, har doim bilimning paydo bo‘lishi va tuzilishi manbai bo‘lgan va ularni ta’lim jarayonida samarali va ijodiy o‘zlashtirilishidir.
Zamonaviy kreativ ta’lim - uni maqsadga muvofiq tashkil qilishsiz tasavvur qilishning iloji yo‘q. Kreativ ta’limni tashkil etishning asosiy jihati - fanlarni tanlash imkoniyati, ta’lim guruhlarini shakllantirish, tinglovchilar yoki talabalarning o‘quv yuklamasi, shakllar, nazorat turlarining taqsimlanishi va miqdori hisoblanadi. Keling, har bir omilni alohida ko‘rib chiqaylik.
Kreativ ta’limda fanlarni tanlash, ta’lim dasturini mustaqil shakllantirish uchun imkoniyat beradi yoki uning shakllanishida ishtirok etish esa katta ahamiyatga egadir. Bugungi kunda talaba yoki tinglovchilar o‘z tashabbusi bilan fanni tanlash imkoniyatidan mahrum. Bu esa o‘z navbatida, ularning qobiliyatlarini, ta’lim ehtiyojlarini va biznesdagi faoliyatini yanada chuqurroq anglash imkoniyatini cheklab qo‘yadi.
Kreativ ta’lim - bu faqatgina tashkiliy qayta qurish yo‘li bilangina erishib bo‘lmaydigan ta’limning yangi ta’lim turi. U moliyaviy mablag‘larni, o‘qituvchilarning mahoratini oshirishni, o‘z ishlarida ijodkorlikka moyillikni va innovatsion faoliyatlarida shart-sharoitlar yaratishni talab qiladi. Bundan tashqari, o‘quv to‘lovlari taqdim etilayotgan o‘quv kurslarining soni va sifatiga, shuningdek, o‘qituvchining haqiqiy malakasiga qarab baholanadigan tegishli sinovlar yordamida amalga oshirish mumkin.

Yüklə 176,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə