Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/273
tarix22.09.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#122817
növüСборник
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

4-mezon. Jismoniy sog‘lomlik:
• 
har bir mahallada sog‘lomlashtirish punktlarining tashkil etilganligi;
• 
tibbiy bilimdonligi, savodxonligining shakllanganligi;
• 
reproduktiv salomatlik haqida tasavvurlarning shakllanganligi;
• 
sog‘lom turmush tarziga rioya qilinganligi;
• 
oilaning sanitariya-gigiyena holatining yaxshiligi;
• 
muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi.
Demak, oiladagi sog‘lom va barqaror, osoyishta psixologik muhit; yuksak ma’naviy-axloqiy tarbiya; 
еtarli darajadagi iqtisodiy va maishiy sharoitlar; oila a’zolarining ta’lim yo‘nalishida oliy ma’lumotlilik 
darajasi; sihat-salomatlikka alohida e’tibor qaratish zamonaviy namunali oilaning asosiy mezonlari qatoriga 
kiradi.
Zamonaviy oilalarni tarkib toptirish orqali jamiyatni barqarorlashtirish, yuksaltirishga erishiladi.
Ammo keyingi paytlarda xalqimizga xos bo‘lmagan ayrim illatlar – oilaviy ajrashishlar, turli nizoli 
vaziyatlar, ishsizlik, oiladagi nosog‘lom muhit, ma’naviy tushkunlik, ehtiyojmandlik, jinoyatga qo‘l urish 
holatlari kabi omillar notinch, noqobil, kemtik oilalar va qator ijtimoiy-ma’naviy muammolarni kuzatamiz. 
Ayniqsa, ajrashishlar sonining kamaymayotgani kishida jiddiy tashvish uyg‘otadi. Oilalar barbod bo‘lishiga 
quyidagi omillar asosiy sabab bo‘lmoqda: 
1. Psixologik omil
– oiladagi og‘ir psixologik muhit, o‘zaro tushunishning yo‘qligi, oiladagi doimiy 
nizolar, ota-onalarning yosh er-xotin hayotiga aralashishlari, yosh er-xotinlarni begonalashtirib qo‘yish, 
bir-biriga befarqlik; 
2. Ijtimoiy omil
– ichkilikbozlik, farzandsizlik, er yoki xotin salomatligining yaxshi emasligi
3. Ma’naviy-axloqiy omil
– er-xotindan birining uzoq vaqt davomidagi nikohdan tashqari aloqalari; 
4. Iqtisodiy omil
– turar joy sharoitlarining qoniqarli emasligi, moddiy yеtishmovchilik, ishsizlik, erning 
oilani ta’minlamasligi, mehnat migranti sifatida chet elga ketgan er-xotindan birining oilasi bilan aloqasi 
uzilgani, qarzlarni uzolmaslik.
Bunday noxush holatlarni bartaraf etishda oilalar bilan ishlash, farovon oilani jamiyat taraqqiyotining 
asosi sifatida ko‘rish uchun “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tizimi qoshida tashkil qilingan kadrlar 
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlarini yanada optimallashtirish ishlarini olib borish muhim, 
albatta.
Respublikada 2019-2020-yillarda oilalar bilan ishlaydigan mutaxassislar oila ilmiga maxsus o‘rgatildi. 
Oilaning ijtimoiy-psixologik muammolarini bartaraf etish orqali oilalarni zamonaviy namunali mezonlar 
asosida tavsiflash maqsadida kuzatish, so‘rov ishlari olib borildi. Olib borgan tadqiqotlarimiz asosida 
ma’lum darajada xulosaga kelindi: o‘zbek oilalari o‘z oilalarini zamonaviy, namunali oilalar safida bo‘lishini 
xohlaydilar. Ammo ayrim shart-sharoitlar, turli omillar bunday xohish amalga oshishining kamayishiga ta’sir 
etishidan xavotirlanadilar. 
Shu bois tadqiqotimizda ba’zi usul va vositalar yordamida zamonaviy oilalar safini kengaytirish bo‘yicha 
takliflarni o‘rgandik. So‘rov natijalariga ko‘ra, ushbu tavsiyalar olindi:
1. Buyuk allomalar: Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy va 
boshqalar; ma’rifatparvarlar: Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy va boshqalarning asarlarida oila tarbiyasiga 
oid berilgan g‘oyalardan foydalanish (odob-axloqi go‘zal, jismonan va ma’nan еtuk avlodni tarbiyalashning 
yagona yo‘li barqaror oila qurish ekanini, oilani mustahkamlamasdan davlat va jamiyat taraqqiyotiga erishib 
bo‘lmasligini ta’kidlashgan).



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə