Zamonaviy protsessorlar, turlari va xususiyatlari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə2/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#135228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
ZDIFT 0903 (1)

12


`
ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq, ya’ni protses sor «yadrosi» o‘zgarishi bilan. Texnologiya - protsessorni eng kichik elemen tlarini qalinligi bilan aniqlanadi, texnologiya qanchalik «yupqala sh ib» borsa, kristallga shuncha ko‘p tranzistorlar joylashtirish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari , yangi texnologiyaga o‘tish energiya iste’moli va issiqlik ajratishni pasaytirishga yordam beradi, bu esa uni stabil ishlashi uchun juda muximdir. Yangi texnologiyaga o‘tish odatda protsessor «yadrosi» xam o‘zgarishiga olib keladi. Lekin masalan, 2002 yil baxorida Pentium 4 nomi bilan baravariga ikki xil protsessor mavjud bo‘lgan , Tualatin yadrosi asosida yaratilgan eski model va Northwood yadrosidagi yangi model (bunisi Pentium 4 A markasi bilan sotilgan).
Tizimli shina chastotasi. Bu chastota qanchalik katta bo‘lsa, bir vaqt birligida protsessorga shunchalik ko‘p berilganlar tushadi. Tizimli shina chastotasi protsessor chastotasi bilan
«ko‘paytiruv koeffitsiyenti» orqali to‘g‘ri bog‘liq. Masalan , 2,4 GGs li protsessor chastotasi 6 koef fitsiyentga ko‘paytirilgan 400 MGs li tizimli shina chastotasiga teng . Zamonaviy Intel protsessorlarning ko‘pchiligi 400 i 533 MGs li t izimli shina chastotasida ishlaydi (aniqrog‘i, tizimli shina chastotasi bu xollarda 200 va 266 MGs ga teng, lekin protsessorlar, axborotni ona platadan «bir necha oqimda olish» xisobiga, uni oshira oladilar.
Qo‘shimcha imkoniyatlar. Zamonaviy protsessorlar qator eksklyuziv imkoniyatlarga ega bo‘lib
, ular axborotni qayta ishlash tezligiga ta’sir ko‘rsatadi. Ularni qatorida grafika, video va tovush bilan ishlashni optimallashtiruvchi maxsus «multime dia buyruqlarini», ko‘rsatish mumkin . Masalan, Intel protsessorlari SSE va SSE 2 buyruq tizimlari bilan ta’minlangan, AMD protsessorlari esa — shunga o‘xshash 3 DNow buyruq to‘plamlari bilan. Intel ni Pentium 4 dan boshlab yangi protsesso rlaridagi eng qiziq yangiliklardan biri - HyperThreading funksiyasidir, u protsessorga baravariga ikkita berilganlar oqimi bilan ishlashga imkoniyat yaratadi, natijada tezlik 10—20 foizga oshishi mumkin. Protsessorlar soni. Kompyuter samaradorligini faqat katta takt chastotali protsessor tanlash bilan emas, balki tizimga ikkinchi protsessor o‘rnatish orqali keskin oshirish mumkin. To‘g‘ri, bu xolda xam, 64-bitli protsessorlar kabi, bu rejimni ( SMP ) amalga oshirish uchun maxsus dastur ta’minoti kerak. Xozirgi kunda Windows ning
«professional» versiyalari (masalan, Windows XP Professional ) va shuningdek grafika va videoni qayta ishlovchi qator dasturlar ( Adobe Premier , 3D Max va boshqalar) ko‘pprotsessorli rejimdan foydalanishi mumkin . Bundan tashqari ikkita protsessorni o‘rnatish uchun, oddiy tizimli plataga qaraganda bir necha bor qimmatroq turuvchi, maxsus plata zarur . Pentium protsessorlarining qiyosiy tahlili. Pentium protsessorlar ishlab chiqarishning so’nggi davlaridan biri bu PENTIUM davridir. O’zining suzuvchi vergullar bilan ishlashdagi xatoligi bo’lgan bloki bilan mashxur bo’lgan Pentium - Pentium-60 protssesoridir. Superskalyar arxitekturasiga ko’ra ( ikkita konveyerli ) u ikkita mashina instruktsiyasini bir taktda bajara olar edi. Ichki buyruqlar keshiga ichki 8 kilobaytli ma’lumotlar keshi qo’shilgan. O’tishlarni odindan aytish texnologiyasi (branch prediction) qo’shilgan. Ma’lumotlarni qayta ishlashda o’tkazish tezligini oshirish uchun Pentium protsessori ichki kengligi 128 va 256 bitli yo’llardan foydalanadi. Tashqi shina 64 bitga qadar kengaytirilgan. Ko’p protsessorli tizimlarni yaratish uchun vositalar qo’shilgan., jumladan kengaytirilgan dasturlanuvchi uzilishlarning nazoratchisi qo’shilgan. (Advanced Programmable Interrupt Controller, APIC), qo’shimcha chiqishlar va ikki protsessorli tizimlarni yaratish uchun dual qayta ishlovchi maxsus rejim (dual processing).

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə