‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/184
tarix30.05.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#114285
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   184
‘zbekist0n respubukasi oliy óà ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

siyosiy iqtisod 
tushunchasi ham kirib keldi. 
Bu tushuncha fransiyalik 
Antuan Monkreten Ser de Vattevil 
tomonidan 
kiritildi (1565-1621). U 1615 yilda 
«Siyosiy iqtisod traktati» 
kitobini 
yozdi. Bundagi asosiy g'oya - 
«ko‘p sotish, kam sotib olish».
Olim o‘z 
g‘oyalari bo'yicha faol merkantilist edi.
«Siyosiy iqtisod» tushunchasi va shu nomli fan XX asming 90-yil- 
larigacha yashab keldi, ayniqsa, sobiq sotsialistik deb atalgan mamla- 
katlarda bu nom mashhur edi, chunki davlatning iqtisodiyotga faol 
aralashuvini qonuniyat darajasiga ko‘targan edi. G‘aibda XIX asr oxirida 
(A.Marshall) bu ibora «ekonomiks» shaklida qo‘llanila boshlangan (bu 
haqida quyida gap boradi).
Angliyada qishloq xo'jaligi va sanoatda kapitalistik o‘zgarishlar erta 
amalga oshgan va bunga merkantilizm ham yordam bergan bo'lsa, 
Fransiyada ahvol o‘zgacha edi. Fransiyada yangi merkantilizm siyosati 
(Ludovik XIV) hukumat a’zosi (moliya nazoratchisi va dengiz ishlari 
vaziri) Jan Batist Kolber (1619-1683) tomonidan keng olib borildi 
(bu siyosat kolbertizm deb ataladi). Bu davlatda feodal munosabatlar 
(ayniqsa, mayda dehqonchilik) keng tarqalgani uchun Kolber asosiy 
e’tibomi sanoatga qaratdi va agrar sohani deyarli e’tiborga olmadi. 
Masalan, chetdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari keltirish qo'llangan, 
chiqarish esa cheklangan, don, narxi davlat tomonidan past ushlab 
turilgan.
Bu siyosat va sanoat birinchi o‘ringa qo‘yiladi, ayniqsa, qishloq 
xo‘jaligining pasayishiga olib keldi, bu esa noroziliklarga sabab bo‘ldi. 
Shunday haqiqatga yaqin rivoyat borki, unga ko‘ra ishbilarmonlar 
Kolbeiga shikoyat qilishgan, shunda u «nima istaysizlar» deb so'raganda 
fransuzcha «laisser faier» (qilishga ruxsat bering, ya’ni o‘z-o‘zidan davom 
etaversin) degan ekanlar.
Bu ibora hozirgi davrda ham sof erkin iqtisodiyot prinsiplarini, 
birinchi navbatda, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligini talab etadi 
(liberalizatsiya, lesse-ferr).


Merkantilizmning yana bir shakli kameralistika (lotinchada-hazina) 
bo‘lib, ayniqsa, Germaniyada keng tarqalgan. Bu g‘oya tarafdorlari 
yirik feodallar xo‘jaliklarini boshqarish masalasini yuqori qo'yadilar 
va buni idora doirasida hal qiladilar.
Demak, yangi ta’Iimot bo'yicha iqtisodiyotda davlatning roli birinchi 
o‘ringa qo‘yiladi. Amalda esa turli-tuman farmon, farmoyish, qonunlar 
yuzaga erkin raqobatga yo‘l berilmas edi. Hunarmandchilik bo‘yicha sex 
tizimi, feodallarning imtiyozlarini himoya qiluvchi qoidalar saqlab 
qolindi (tenglik yo‘q). Bu tizim Fransiyada XVIII asr oxirigacha, 
Angliyada XIX asr boshlarigacha saqlab kelindi.
Merkantilizm bozor iqtisodiyotining birinchi ta’limoti edi. Bu 
ta’Iimot barcha mamlakatlarda tarixan progressiv xarakterga ega.

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə