Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги Тошкент ахборот технологиялари университети


Qishlok xo’jaligini rivojlantirish xalqaro Fondi (IFAD)



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix28.11.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#135737
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qishlok xo’jaligini rivojlantirish xalqaro Fondi (IFAD)
1976 yilda
tashkil etilgan, qarorgohi Rim shahrida. Fondning asosiy maqsadi
rivojlanayotgan davlatlar qishloq xo’jaligining rivojlanishiga ko’mak berish
va buning uchun qo‘shimcha mablaglar berishdan iborat.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO)
1944 yilda tashkil etilgan. 
Uning qarorgoxi Monreal shaxrida. IKAO xalqaro aeronavigatsiyaning
tamoyillari va usullarini rivojlantirish, xalqaro havo yo‘llarida xavfsizlikni
ta’minlash, havo transportini rejalashtirish va rivojlantirshpni qo‘llab-
kuvvatlash kabi maqsadlarni ko‘zlab tashkil etilgan.
Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO)
1948 yilda tashkil etilgan, qarorgoxi
Londonda. Ushbu tashkilotning madsadi dengizda yuklarni tashish va
dengiz savdosi sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va dengizda
xavfsizlikni ta’minlashdan iborat
.


Jahon pochta ittifoqi
1874 yilda tashkil etilgan, qarorgoxi Bernda. 
Xalqaro pochta ittifoqining madsadi pochta aloqasini yo‘lga qo‘yish va uni
yaxshilashdan iborat. Xalqaro pochta ittifoqiga a’zo barcha davlatlar
yagona pochta hududi tashkil etadilar va bu hududda ushbu hududning
yagonaligi, tranzitning erkinligi va yagona tarifni o‘rnatish tamoyiliga amal
qiladi.
Xalqaro elektr aloqasi ittifoqi
1965 yilda tashkil etilgan, qarorgoxi
Jenevada. Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining maqsadi elektron aloqaning
barcha turlaridan samarali foydalanish va uni mukammallashtira borishga
yunaltirilgan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, radio tulkinlarini
taqsimlash, rivojlanayotgan davlatlarga texnik yordam ko‘rsatishdan iborat.
Jahon metereologiya tashkiloti
1947 yilda tashkil etilgan, qarorgoxi
Jenevada. Xalqaro metereologiya tashkilotining asosiy maqsadi
metereologiya bo‘yicha xalqaro hamkorlikni tashkil etish, metereologiya
xizmatining mukammallashib borishini ta’minlash va uning yutuklaridan
aviatsiya, kishlok xujaligi, kemalar katnovida va boshqa sohalarda
foydalanishdir. Uning tezkor dasturi asosini bugun dunyo ob-havo xizmati
tashkil etadi.


Xalqaro sud
- BMTning asosiy sudlov organi. 
1945 yilda tashkil topgan. Davlatlar oʻrtasidagi
yuridik nizolarni ularning roziligi bilan hal qiladi
va huquqiy masalalar boʻyicha tavsiyaviy
xulosalar beradi. 15 nafar sudyalardan iborat, ular
BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi
tomonidan 9 yilga saylanadi. BMT Ustavining
ajralmas qismi hisoblanadigan Statut asosida ish
olib boradi. Xalqaro sudi Gaaga shahrida
joylashgan



Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə