Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги Тошкент ахборот технологиялари университети


Shavkat Mirziyoev Moskvaga tashrifini 2017 yil 4 aprel kuni boshladi



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə2/3
tarix21.06.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#118370
1   2   3
Muhammadiyeva Nargiza

Shavkat Mirziyoev Moskvaga tashrifini 2017 yil 4 aprel kuni boshladi


Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan "Vnukovo-2" aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarini Rossiya Federasiyasi
hukumati a'zolari kutib oldi.
Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy,
investisiyaviy, transport-kommunikasiya, ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasida mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasida 3 aprel kuni O'zbekiston va Rossiya o'rtasida hujjatlarni imzolash marosimi bo'lib o'tdi. Ikki davlat vakolatli vakillari savdo-iqtisodiy va investisiya sohalarida umumiy qiymati 3,5 milliard AQSh dollaridan ortiq bo'lgan 16 ta ikki tomonlama bitim, shartnoma va
boshqa hujjatlarni imzoladi.
6
7

Rossiya Prezidentining fikriga ko'ra, MDH mamlakatlariga


8
terrorchilikdan boshqa yana bir necha xavflar tahdid solmoqda. Ular orasida uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik, korrupsiya va davlatlar ichki siyosatiga tashqaridan aralashish kabi xatarlar bor.
Vladimir Putin bugungi kunda MDH mamlakatlari xavfsizlik xizmatlari o'rtasida juda yaxshi hamkorlik munosabatlari o'rnatilganini qayd etgan.
9

Mirziyoev Medvedev bilan uchrashuvda: terrorizm chegara bilmas xavf, unga qarshi birlashish lozim


10
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi.
Dmitriy Medvedev Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasiga
tashrifidan minnatdor ekanligini bildirdi. "O'zbekiston Rossiyaning eng
ishonchli hamkorlaridan biri. Ikki davlat turli hamkorlik qilib kelmoqda. Sizning tashrifingiz
sohalarda ishonchli davomida juda katta
loyihalar bo'yicha kelishuvlarga erishish ko'zda tutilgan. Men tashrifingiz samarali bo'ladi va ikki do'st davlatning hamkorligida yangi sahifa ochiladi, deb ishonaman", dedi Dmitriy Medvedev. "Sankt-Peterburgda ro'y bergan mash'um voqea munosabati bilan chuqur hamdardligimni qabul qilgaysiz. Terrorizm chegara bilmaydigan xavfdir, shu bois unga qarshi kuchlarni birlashtirgan holda kurashish lozim", – dedi Shavkat Mirziyoev.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə