Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти



Yüklə 296,5 Kb.
səhifə1/3
tarix12.05.2023
ölçüsü296,5 Kb.
#109936
  1   2   3
VOLEYBOL SPORT TURI VOSITASIDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH


VOLEYBOL SPORT TURI VOSITASIDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH


REJA



  1. Voleybol o’yinida jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari.

  2. Voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning o’rni.

  3. Voleybolchilarda to‘pni o‘yinga kiritishni o‘rgatish metodikasi.


1.Voleybol o’yinida jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari
Ko’p yillik bosqichma-bosqich reja asosida tayyorlash davomida, 12-13 yoshli sportchilar individual layoqatlarini rivojlantirish, hayotiy muhim qobiliyatlarini ko’p yillik tayyorgarlik keyingi davrlarida tanlashda muhim omil hisoblangan organizmning rezerv imkoniyatlarini maksimal namoyon etish uchun sharoit yaratish kerak.
Shunday qilib, tanlash va tayyorlashning o’zaro bog’liqligi shug’ullanuvchilarni bosqichma-bosqich tanlashni va ularning jismoniy sifatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, tanlagan sport turida texnik-taktik mahoratini egallash va takomillashtirishni ko’zda tutadi.
Qator mutaxassislarning fikricha, dastlabki tayyorlov davrida tayyorlash mazmuni bolalarning jismoniy rivojlanishlariga, tayanch harakatlanish apparati mustahkamlanishiga, jismoniy sifatlari tarbiyalanishiga (tezligi, koordinasion qobiliyatlari, epchilligi va boshqalar), shu jumladan, voleybol o’yinida texnika asoslarini egallashda zarur bo’lgan maxsus jismoniy sifatlari va qobiliyatlarini tarbiyalashga yordam beruvchi vositalardan foydalanishdan iborat bo’lishi kerak.
Bola organizmi xususiyatlarini, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligi darajasini hisobga olib ko’pchilik mualliflar. Jismoniy, ba’zida esa texnik tayyorgarlik vositasi sifatida ham tayyorlash boshlang’ich davrlarida harakatli o’yinlaridan foydalanishni tavsiya etadilar.
Qator mutaxassislar tayyorgarlik boshlang’ich masalalarini hal etish uchun jismoniy mashqlar bilan bir qatorda voleybolga tayyorlash sifatida, xalq harakatli o’yinlaridan foydalanish, zarur deb hisoblaydilar. Chunki boshlang’ich va umumiy tayanch tayyorgarlik davrida ular jismoniy rivojlanishi masalalarini hal qilishga va jismoniy, psixologik sifatlarini tarbiyalashga hamda bolalarning harakatlanish usullarini kengaytirishga yordam beradi, bular texnik-taktik harakatlarni egallab olish uchun juda muhimdir. Biroq 12-13 yoshli voleybolchilarni tanlash va tayyorlashda xalq harakatli o’yinlaridan foydalanish samaraliligini o’rganishga bag’ishlangan maxsus ishlarni adabiyotlardan topa olmadik.
Birinchi bosqichning mantiqiy davomi hisoblangan umumiy tayanch tayyorgarligida, nisbatan ancha murakkab masalalar hal etilishi kerak, mana shu sababli tayyorlash mazmuni muntazam murakkablashib boradi. Rivojlanayotgan organizm xususiyatlarini hisobga olib, shu jumladan, bola organizmi rivojlanishi senativ davrini hisobga olib tayyorgarlik vositalari kamaytirilib borilad.
12-13 yoshli voleybolchilarni tayyorlash mazmuniga tezligi, chaqqonligini hamda tezlik-kuchlilik sifatlarini rivojlantirish uchun soddalashtirilgan qoidalar bo’yicha mini-gandbol va mini basketbol mashqlari, o’yin texnikasini va texnik harakatlarni egallab olishni osonlashtiruvchi maxsus sifatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun tayyorgarlik va yo’naltiruvchi mashqlari, o’quv hamda nazorat o’yinlari kiritiladi.
Qator mutaxassislar mashg’ulotlarga mumkin bo’lgan gimnastik, akrobatik, yengil atletika mashqlarini, shug’ullanuvchilar 12-13 yoshlii va jismoniy qobiliyatlarini hisobga olish bilan suzish mashqini kiritishni tavsiya etadilar. Ushbu davrda jismoniy tayyorgarlik musobaqalariga o’yin texnikasi, mini-voleybolga (12 12-13 yoshlili bolalar), voleybolga (18-14 12-13 yoshlili bolalar) va albatta, voleybol maxsus mashg’ulotlari uchunt bolalarni tanlash masalalariga katta e’tibor berish kerak. Boshlang’ich tayyorlash davrida, o’quv-mashq ishlarini qurish xususiyatlari vosita va metodlarini tanlashda universallik tamoyilidan foydalanish, har bir shug’ullanuvining xususiyatlarini chuqur o’rganish hisoblanadi. Darslar dasturlari asosiy yo’nalishi- o’qitish, uni amalga oshirish jarayoni 12-13 yoshli voleybolchilarni texnik uslublar keng turlariga muvafaqqiyatli o’qitish uchun shart-sharoitlar yaratish va ko’p yillik mashqlar jarayoni keyingi davrlarida maxsus jismoniy tayyorgarligi yuksak darajasiga erishish uchun kerakli asoslar yaratish bilan bog’liq bo’ladi.
O’qitish har bir yildan so’ng 12-13 yoshli sportchilarni tayyorlashga kerakli tuzatishlar kiritiladi, shu jumladan, yillik davrida mashqlar komponentlarini hajmini taqsimlashga va mashg’ulotlar yo’nalganligiga tuzatishlar kiritiladi. Birinchi o’quv yiliga nisbatandigan ikkinchi o’quv yilida umumiy jismoniy tayyorgarligiga ajratiladigan vaqtni qisqartirish hisobiga taktik va integral tayyorgarligi soatlari soni oshirib boriladi. Tayyorlashning ikkinchi yili davomida o’rganilayotgan texnik uslublar hamda taktik harakatlar to’plamini kengaytirish masalasi ham hal etiladi.
O’quv-mashq bajarish guruhlarida talablar yanada oshadi, masalan, yil bo’yicha soatlar hajmi bu yerda 520 soatga yetadi, ya’ni boshlang’ich tayyorgarlik guruhlariga qaraganda 104 soatga ko’p bo’ladi (44,45). Tayyorgarlik turlari hajmlarini taqsimlashda, 25% foizi texnik,28% foizi taktik, 21% foizi integral tayyorgarlikka sarflanadi.
I.V.Bileyeva va I.M.Korotkovlar sport o’yinlari harakatli o’yinlar va sport o’yinlari farqlarini ko’rsatadilar. Mualliflar harakatli o’yinlar individual (bir kishilik) va jamoani (guruhli) bo’lishi mumkinligini, bir-biridan shakli, mazmuni va metodik xususiyatlari bo’yicha farq qilishini belgilab ko’rsatadilar. Mualliflar harakatli o’yinlar «jismoniy tarbiya va o’yin metodi vositasi sifatida, jismoniy sifatlarni tarbiyalashga va takomillashtirishga yordam beradi», deb hisoblaydilar. L.V.Bileyeva boshlab V.G.Yakovlev bilan, keyin esa I.M.Korotkov bilan ham mualliflikda, pedagogik turlarga ajratish davomida, ularning murakkablik darajasi, 12-13 yoshlii xususiyatlari, harakatlari asosiy turlari, o’yinda namoyon etiladigan jismoniy sifatlari va shu kabilar bilan farq qilishini taklif etadilar (27). Harakatli o’yinlarni turlarga ajratishga taaluqli turli konsepsiyalar bilan tanishishni yakunlab, ularni maqsadli vazifasi (o’quv, dam olish uchun, davolash maqsadi), 12-13 yoshlii xususiyatlari (maktab 12-13 yoshlii va kattalar uchun) bo’yicha jamoali, jamoasiz va jamoalilarga o’tish, sport, ommaviy o’yinlarga o’tish guruhlariga ajratish mumkinligini ko’rsatuvchi I.M.Korotkovning ishini aytib o’tish kerak. Yuqorida ko’rib o’tilgan ishlar so’zsiz xalq harakatli o’yinlarni turlarga ajratish tamoyillariniishlab chiqishga yordam beruvchi foydali tomonlariga ega.
Biroq tabiiyki, xalq jismoniy madaniyati ma’lum etno-milliylikka mansubligi hodisasi sifatida, o’ziga xos xususiyatlardan kelib chiquvchi ko’plab vaziyatlarni, hisobga olishimizga to’g’ri keladi. Mavjud ijobiy ilmiy tajribalar asosida, amaliy materiallar xususiyatlaridan kelib chiqib, ushbu satrlar mualliflari, ularni turlarga ajratishga yondashishni taklif etadi.

Yüklə 296,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə