Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


soʻzdagi undoshlarning jaranglashiga qarab



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə20/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

soʻzdagi undoshlarning jaranglashiga qarab: sich [r]ecken und [str]ecken, [F]euer und [Fl]amme.

  • unlining choʻziqligiga qarab: g[a]nz und g[a:]r, k[u]rz und g[u:]t, über B[e]rg und T[a:]l, s[a]tt und s[e:]lig, kein W[e]nn und [a:]ber.

  • ritmga muvofiq: hegen und pflegen, holtern und poltern.

  • boʻgʻinlarning bir xil miqdordaligi: ohne Ziel und Zweck, mit Ruck und Zuck, Lug und Trug, vor Tau und Tag.

    Yuqorida koʻplab nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlar yasalashiga doir strukturaviy aspektlar juda muhimligi koʻrib chiqildi. Ayniqsa, nemis tilshunoslari tomonidan ularni ham fonologik, ham morfologik, ham tartibiy jihatdan tahlil qilingani kelajakdagi ilmiy ishlarga asosiy zamin yaratgan. Shuni aytish kerakki, agarda ushbu juft soʻzlar strukturasini nemis tilida yoki oʻzbek tilida yaxshi bilmay turib, ayniqsa bevosita qilingan tarjimalarda ularni oddiy jumladek yoki birikmadek tarjima qilib qoʻyish ehtimoli juda kattadir. Chunki keltirilgan misollardan ham anglashiladiki, ikki tilda ham qoidalar va ularga boʻysunmas mustasno holatlar mavjud. Ularni, albatta, yaxshi bilgandagina, nemis tilidagi yoki oʻzbek tilidagi juft soʻzlarni strukturasiga koʻra farqlay olish mumkin ekan. Shuning uchun juft soʻzlarni avvalo ikki tilda ham yaxshi tanish va ularning struktural tuzilishini, qaysi morfologik turkumda ekanligini aniqlash maqsadga muvofiqdir.


    2.2. Nemis tilida juft soʻzlar ketma-ketligiga taʻsir qiluvchi omillar
    Juft soʻzlar termini bilan biz bir xil nutq qismiga mansub va birlashma yoki predlog bilan bogʻlangan ikki xil soʻzning formulali aloqasini nazarda tutamiz va frazeologik birlik hosil qilamiz.64 Nemis tilshunos olimlari 80-yillarning oxirlarida frazeologik tadqiqotlar bilan birga juft soʻzlarning tarkibiy qismlarining ketma-ketligiga ahamiyat berishdi. Ularga koʻra nemis tilida juft soʻzlarning tarkibiy qismlarining lineal ketma-ketligiga taʻsir qiluvchi toʻrtta omil mavjuddir. Bular quyidagilardir:
    1. Juft soʻzning individual tarkibiy qismlarining rasmiy xususiyatlari bilan bogʻliq qoidalar va tendensiyalar.65 Bularga unli kontrasti, boʻgʻinning kattaligi, undoshlarning sonorlik xususiyati, boʻgʻinlar soni va maksimal ritmik almashinish kabi omillar kiradi;66
    2. Yangi juft soʻzlarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq qoidalar va tendensiyalar.67
    3. Juft soʻzning individual tarkibiy qismlarining semantik yoki pragmatik xususiyatlari bilan bogʻliq qoidalar va tendensiyalar. Aynan shu nuqtai nazardan nemis mutaxassislari juft soʻzlar tarkibiy qismlarining lineal ketma-ketligini belgilaydigan semantik va pragmatik ierarxiyalar mavjudligiga ishora qiladi;
    4. Juft soʻzlar tarkibiy qismlarining paydo boʻlish chastotasidan kelib chiqadigan qoidalar va tendensiyalar. Tilshunos olimlar V.Cooper va J.Ross68 tomonidan taklif qilingan semantik qoidalarning aksariyati biz yuqorida qayd etgan qoidalar bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini taʻkidlaydilar. M.Szpyra-Kozlovska69 fikriga koʻra, juft soʻzlardagi ketma-ketlik munosabatlari nafaqat prototipik xususiyatlarini, balki u oʻzi yashab turgan jamiyatga xos boʻlgan qadriyatlar ierarxiyasini ham aks ettiradi. X.Myuller70 xuddi M.Szpyra Kozlovska kabi juft soʻzlar tarkibiy qismlarining tartibini belgilaydigan semantik ierarxiyalar ijtimoiy qadriyatlar bilan bogʻliq deya hisoblaydilar.
    Bundan tashqari, J.Ross tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ham tahlilning asosiy yoʻnalishi juft soʻzlar tarkibiy qismlarining lineal joylashuvi uchun individual semantik va fonologik cheklovlarni qay darajada kengroq, umumiyroq tamoyillardan kelib chiqishi mumkinligi masalasiga qaratilgan. Tilshunos olim Gʻarbiy german tillaridagi juft soʻzlarning shakli va maʻnosi oʻrtasidagi munosabatlarni tavsiflash uchun miqdoriy belgining dolzarbligini tahlil qiladi. Gʻarbiy german tillaridagi koʻplab juft soʻzlar uchun quyidagi shakllarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan komplementarlik xarakterli degan xulosaga keladi. Shu bilan birga, aytib oʻtilgan guruhlarning juft soʻzlari oʻzlarining semantik xususiyatlarida oʻxshashliklarni koʻrsatadi, chunki ularning tarkibiy qismlarining umumiy maʻnosi odatda toʻliqlikni ifodalaydi. Bundan tashqari, nemis tilidagi juft soʻzlarda toʻliqlikni ifodalash uchun turli xil strategiyalar qoʻllaniladi:

    ·

    p + -p = das Gesamte (umumiylik): (Antonymie, z. B. Himmel und Hölle (jannat va doʻzax));

    ·

    p + ∆p = das Gesamte (butunlik): (Synonymie, z. B. verriegelt und verschlossen (qulflab-berkitilgan));

    ·

    p + q = das Gesamte (umumiylik):(Merismus71, Teil-Ganzes-Beziehung, z. B. Kind und Kegel (bola-chaqalar).

    Shuningdek, B.Andersen72 aniqlagan semantik omillar, lingvistik birliklarning lineal ketma-ketligi bilan juft soʻzlardagi ketma-ketlik munosabatlarini belgilab qoʻyishiga ishora qiladi. F.Plank va H.Myuller esa tarkibiy qismlari bu holatga bogʻliq boʻlgan juft soʻzlarni tavsiflash uchun idrok etishning muhimligini taʻkidlaydi.73 Buni biz H.Burgerning frazeologiya va juft soʻzlarga doir ilk nazariyalarida ham uchratamiz.
    Juft soʻzlardagi ketma-ketlik munosabatlari boʻyicha nemis tilshunos olimlari tomonidan olib borilgan natijalar shuni koʻrsatadiki, juft soʻzlardagi ketma-ketlik aniqligini, hodisalarning vaqtinchalik ketma-ketligi va sabab-taʻsir munosabatlari tasvirlanishidan tashqari, soʻz juftligidagi ketma-ketlik munosabatlari ustunlik bergan holatlarni ham oʻz ichiga oladi. Quyida ularga bogʻliq boʻlgan uchta til hodisasini koʻrib chiqamiz:

    • juft soʻzlardagi til birliklarining ketma-ketligi tildan tashqari voqelikdagi hodisalarning xronologik ketma-ketligini aks ettiradi;

    • juft soʻzlardagi til birliklarining tartibi idrok etishning timsoliy tasviridir. Juft soʻzning birinchi termini odatda ikkinchi termin bilan belgilangan munosabatlardan oldinroq qabul qilinadigan munosabatlarga ishora qiladi;

    • birinchi juft soʻz uchun ikkinchi juft soʻz ramka hisoblanadi.

    Juft soʻzlar soʻz juftliklari boʻyicha avvalgi tadqiqotlarning yuqoridagi tavsifi shuni koʻrsatadiki, ularning tarkibiy qismlarining lineal joylashishini tahlil qilish juft soʻzlar boʻyicha tegishli adabiyotlarda markaziy tadqiqot mavzusi boʻlsa-da, juft soʻzlardagi ketma-ketlik aloqalari nemis tilida batafsil oʻrganilmagan. Tahlil qilingan nemis tilidagi korpus maʻlumotlariga asoslanib, juft soʻzlar tarkibiy qismlarining lineal ketma-ketligi koʻp miqdordagi semantik va pragmatik omillar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Ammo ular bugungi kunga qadar juft soʻzlarning strukturaviy holatidan kelib chiqib tadqiq etilmoqda.
    Shuningdek, nemis tilida strukturaviy ketma-ketlikka juft soʻzlarning umumiy maʻno mezonlari ham taʻsir oʻtkazadi.
    Masalan: Zeitliche Abfolge (xronologik ketma-ketlik) – bunda muayyan vaqt oraligʻida sodir boʻladigan voqealar yoki vaqtga bogʻliq boʻlgan mezonlar muhim rol oʻynaydi: damals wie heute (oʻsha vaqtda xuddi bugungidek), einst und jetzt (erta-endi, ilgari-hozir), früher oder später (ertami-kechmi), leben und sterben (hayot-mamot).

    Yüklə 1,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə