Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə28/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

S+für+S, S+um+S.
Bu ikki model koʻproq sinonim boʻladi. Chunki baʻzi komponentlar strukturasi um, für predlogi bilan qoʻllanadi: Tag für Tag = Tag um Tag,
Schritt für Schritt = Schritt um Schritt.
S+ in +S, S+auf+S. Toʻgʻridan-toʻgʻri yaqin maʻnoga ega boʻlib, asosan jonsiz narsalarni ifodalash uchun qoʻllanadi: Ellbogen an Ellbogen, Wand an Wand.
S+auf+S Bir turdagi predmet yoki shaxslarning bir xil harakatini bajarishni bildiradi. Redner auf Redner, Schlag auf Schlag.
S+gegen+S Bir obyektning ikkinchi obyektga qarama-qarshi ekanligini bildiradi: Mann gegen Mat.
S+über+S Bu konstruksiya ish-harakatning izchilligini taʻminlaydi. Otlar birlikda qoʻllanadi: Vyerdacht über Vyerdacht.
Tavtologik juft soʻzlarning predlog olgan komponenti tub shakliga nisbatan maʻnoni kuchaytiradi.
Tavtologik juft soʻzlar oʻzbek tiliga tarjima qilinganda, -ma affiksi otdan soʻng qoʻshilib tarjima qilinadi. Masalan: Wort für Wort oʻzbek tiliga soʻzma-soʻz, Seite an Seite betma-bet, Hand in Hand qoʻlma-qoʻl deb beriladi. Ammo bir qarashda bu soʻzlar takroriy soʻzlarga oʻxshab ketadi. Takroriy soʻzlar ham juft soʻzlar kabi ikki komponentdan tashkil topadi. Lekin takroriy soʻzlar oʻzlariga xos xususiyatlari bilan juft soʻzlardan farq qiladi. Takroriy soʻzlar asosan koʻplik maʻnosini ifodalaydi. Oʻzbek tiliga tarjima qilinishida ular koʻplik maʻnosini bersa ham, nemis tilida ular juft soʻzlar yasalishi qonun-qoidalariga asosan ikki bir xil soʻz yoki maʻnosi bir-biriga yaqin boʻlgan soʻzlarning juftlashishidan hosil boʻladi. Tarjima qilishda esa eng yaqin muqobil tanlab olinadi. Masalan, Schlag auf Schlag juft soʻzi gapda qoʻllanishiga koʻra maʻnoni aniqlashtirishda muqobil ekvivalent bilan ifodalansa maqsadga muvofiq boʻladi. Masalan: „dies was das erste Ungluck, das mich traf. Von jetzt an den kam es Schlag auf Schlag“. Demak, baxtsizlikning ogʻir, ketma-ket kelishi. Shu noxushlikni birma-bir aytib keltirsa ham boʻlardi. Lekin „zarbama-zarba“, „ketma-ket“, yaʻni Schlag auf Schlag juft soʻzi bilan gapning maʻnosini taʻsirchanligi oshirilmoqda. Yoki ikkinchi misolda: „Sie überlegte eifrig seine Worte, verarbeitete sie Punkt für Punkt“. „U gapirgan gaplarini nuqtama-nuqta obdon, chuqur oʻylab, muhokama qilib chiqdi“. Bu yyerda ham maʻnoni boʻrttirish hodisasi kuzatilmoqda.
Bundan tashqari nemis tilida ayrim juft soʻzlarning maʻnosi bitta mos keladigan feʻl bilan ham ochib beriladi. auf Herz und Nieren juft soʻzi oʻzbek tiliga „asosli tekshirib koʻrmoq“, „ipidan-ignasigacha“ deb tarjima qilinadi. Bu juft soʻz „prüfen“ feʻli oʻrnida ham kela oladi. Kopf und Kragen juft soʻzi oʻzbek tiliga „oʻylamay-netmay“, „tavakkal qilmoq“ deb tarjima qilinadi. Bu juft soʻzga „riskieren“ feʻli mos keladi. Schulter an Schulter, Kopf an Kopf juft soʻzlariga „stehen“ feʻli toʻgʻri keladi. Xar ikkalasi ham bir-birining oʻrnini toʻldirib keladi.
Shunday qilib, nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlarning tilshunoslikda shakllanishi va takomillashuvi va shu bilan birga struktura va semantik jihatdan bir-biridan farqi va boshqa jihatlarini tilda nutqning jozibadorligi va soʻzlovchi nutqini aniq tushunarli va shu bilan birga emotsionalligini taʻminlash uchun xizmat qiladi.
Soʻzni grammatik jihatdan tasnif qilganda, eng avvalo uning tarkibiy qismi, qaysi soʻz turkumiga xos soʻz yasovchi va shakl oʻzgartiruvchi qoʻshimchalarni hamda predloglarni qabul qila olishi, shuningdek gapdagi vazifasi muhimligini taʻkidlash lozim. Nemis tilida ot, sifat, feʻl, ravish va olmosh soʻz turkumlaridan juft soʻzlar hosil boʻladi. Juft soʻzlar maʻlum bir soʻz turkumiga oid boʻlishi bilan birga, shu turkumga xos grammatik normalarga ega boʻlib, gapning biror boʻlagi vazifasida keladi.
Otlardan iborat boʻlgan juft soʻzlarni umumiy holda -Substantiv (S), sifatlardan hosil boʻlgan juft soʻzlarni Adjektiv (A), ikki ravishdan hosil boʻlgan juft soʻzlarni -Adverb (Adv), feʻllardan hosil boʻlgan juft soʻzlarni -Verb (V) deb belgilab olamiz. Bulardan esa juft soʻzlarning quyidagi formulasi kelib chiqadi.

Nemis tilida juft soʻzlarni grammatik jihatdan klassifikatsiya qilinishida soʻz turkumlari muhim rol oʻynaydi. Juft soʻzlar ot soʻz turkumiga oid boʻlgan soʻzlar bilan oʻzaro munosabatda boʻladi.
Nemis tilida juft soʻzlar grammatik jihatdan barcha turkumlardan juft soʻz yasasa, bu jihat aynan oʻzbek tilida ham bir xildir. Ammo hozirda butun dunyoda fan-texnika rivojlanib borar ekan, tillar taraqqiyoti ham bundan mustasno emas. Hatto ayrim tillar kompyuter tili asosida ixchamlashtirilmoqda. Bu jarayonda til ham, lugʻat tarkibi ham, uning qismiga kiruvchi juft soʻzlar ham boyib, kengayib bormoqda.
Hozirgi nemis tilida juft soʻzlar ekspressiv til birliklari sanalganligi uchun ham, ularning barchasi aniq maʻnoga ega boʻladi va maʻlum stilistik funksiyani bajaradi. Ular maʻnoni kuchaytirish uchun xizmat kiladi. Masalan: zittern und zagenqalt-qalt titramoq juda qoʻrqinchli holatda yoki vaziyatda boʻlmok, fix und fertig mast-alast boʻlib tappa-tayyor boʻlmoq. Bu juft soʻz ichib mast boʻlgan odamning holatini ifoda etadi. null und nichtigbekordan bekorga, huda-behuda, biror ishni uddasidan chiqishga harakat qilish ammo, natija boʻlmaslik, besamar oʻrinish kabi maʻnolarni anglatadi. Bu juft soʻzlar stilistik jihatdan ekspressiv boʻlganligi uchun ham gapda maʻlum stilistik funksiyani bajaradi.
Bundan tashqari juft soʻzlar gapning ichida oʻz maʻnosida kelib, koʻchma maʻno kasb etmasligi ham mumkin. Ammo barcha juft soʻzlar koʻchma maʻnoga ega emas. Masalan: Leben und Tod hayot-mamot juft soʻzida kuchaytirilgan va boʻrttirilgan maʻnoni koʻrmaymiz, sababi ushbu juft soʻz ortida frazeologik maʻno yashirinmagan. arm und reich–boy–kambagʻal juft soʻzida ham shu hodisani koʻrish mumkin. Himmel und Erde, Haus und Hof, einzig und allein, frisch und munter, gut und böse kabi juft soʻzlar shular jumlasiga kiradi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə