Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Juft soʻzlarning tartiblanish, joylashishi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə27/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Juft soʻzlarning tartiblanish, joylashishi kollokatsiya deb nomlanib, tilda uchraydigan juft iboralar, ularning paydo boʻlishi asosan semantikligiga asoslanadi. H.Burger hamda F.Zaylerning gʻoyalariga koʻra bu yyerda barqaror idiomatik boʻlmagan juft soʻzlar toʻgʻrisida soʻz boradi. Tilshunos olimlar oʻzlarining asosiy tasnifida kollokatsiyalar qisman idioma va idiomalardan tashqari nominativ, qisman frazeologik terminlarga tegishli deb aytib oʻtadi.
Juft soʻzlar semantik-ekspressiv imkoniyatga ega boʻlib, bu orqali juft soʻzlar otlashgan qismiga tegishli boʻladi. Masalan: das Alte und das Neue eski va yangi juft soʻzida ,,a1t” va ,,peie" soʻzlari sifat soʻz turkumiga oid boʻlib, ularning oldidan artikl kelishi sifatlarning otlashishiga olib keladi. Otlashgan sifatlar esa juft soʻz hosil kiladi.
Nemis tilida har qanday antonim soʻz, yaʻni qarama-qarshi maʻnoga ega boʻlgan soʻz, juft soʻz hosil qilavermaydi. Masalan: “lachen” va “weinen” soʻzlari bir-biriga antonim. Yoki “langsam” va „schnell” soʻzlari ham qarama-qarshi soʻzlar. Tür und Tor eshik -teshik, blass und bleich chor-nochor, blink und blank top-toza, pok-pokiza, frank und frei ochiq-oydin, klipp und klar qisqa va loʻnda, wetten und wagen jazm-u jurʻat qilmoq, zittern und zagen qalt-qalt titramoq, shular jumlasidandir.
Nemis tilida bu kabi juft soʻzlar juda koʻp uchraydi. Bundan tashqari juft soʻzlar tugallangan qofiya tarzida ham ifodalanadi. Bunda soʻzning oxirgi tovushlari, baʻzan beshtagacha boʻlgan oʻxshash tovushlar ikkala komponentda ham qoʻllanilib keladi. Nemis tilida bu Endreim deyiladi.
Masalan: Griffe und Kniffe hiyla-nayrang, Habchen und Babchen pora-pora, tor-mor, Handel und Wandel bozor-uchar, oldi-sotdi, Jubel und Trubel shodlik va ovoragarchilik, mit Sack und Pack lash-lush, koʻch-koʻron, in Saus und Braus tinch-totuv, moʻl-koʻlchilik, auf Schritt und Tritt har qadamda, har yyerda, har joyda, zu Schutz und Trutz himoya va xujum, heil und deil tamom-batamom, butunlay, stumm und dumm kar-soqov, wanken und schwanken beqaror boʻlmoq, schalten und walten dagʻ dagʻlamoq. Bu yerda nafaqat tugallangan qofiya, balki boʻgʻinlar sonining ham tengligi mavjud. Bu kabi juft soʻzlar nemis tili sheʻriyatida koʻplab uchraydi.
Tavtologik juft soʻzlarni koʻp tilshunos olimlar I.Chernisheva, X.Burger, L.Royzenzon, F.Zeller, A.Bushuy frazeologik birlik va tilning frazeologik fondini toʻldiradi deb hisoblaydilar. Agar juft soʻz aynan ikki bir xil soʻzning takrorlanishidan hosil boʻlsa, bu tavtologik juft soʻz deyiladi. Nemis tilida tavtologik juft soʻzlar koʻp uchraydi. Schritt für Schritt, bosqichma-bosqich, damma-dam, Stunde für Stunde soatma-soat.
Tavtologik juft soʻzlarda boshqa juft soʻzlarga qaraganda koʻproq kuchaytiruvchi maʻno berishi bilan farqlanib turadi. Masalan: Schlag auf Schlag, Stunde für Stunde.80 Odatdagi juft soʻzlar koʻp tillarda tuzilishi jihatdan bir xil hisoblanadi. Misol tariqasida turli tillarda juft soʻzlarni keltirib oʻtamiz: Tag und Nacht (nemis), day and night (ingliz), denb i niz (ukrain), день и рощ (bolgar). Nemis tilida odatdagi juft soʻzlarni barcha soʻz turkumlaridan hosil qilish mumkin, ammo tavtologik juft soʻzlar bilan ot+ot, ravish+ravish koʻrinishidagi antologik juft soʻz konstruksiyasi qarama-qarshi, tobe yoki erkin maʻnoga ega boʻlishi mumkin. Ot komponentlar koʻpincha birlik shaklida boʻlib, artiklsiz ifodalanadi. Juft soʻzlarni klassifikatsiya qilish uchun ot komponentni S, ravish komponentni esa Adv deb belgilab olamiz.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə