Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə29/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Ikkinchi bob boʻyicha xulosalar
Nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlarning strukturaviy farqli va oʻxshash tomonlari yuqoridagi boblarda batafsil koʻrib chiqildi. Asosan nemis tilida morfologik komponentlardan juft soʻzlarning turlarga boʻlinishi, oʻzgarishi mumkin. Nemis tilida juftlashgan frazeologizmlarning strukturasi morfologiya nuqtayi nazaridan nemis tilshunos olimlari tomonidan turli davrlarda har xil tadqiq etilgani maʻlum boʻldi.
Ishda tadqiqot manbai bo‘lgan V.Hofmaysterning „Sammlung der gebräuchlichen Zwillingsformeln in der deutschen Gegenwartssprache“ (Zamonaviy nemis tilida juft so‘z formalari) va Ruska Simeonova va Sanna Dimitrovaning „Deutsch-Bulgarisches Lexikon der Zwillingsformeln“ (nemis-bolgar tillarida juft so‘zlar) lug‘atlaridan to‘plangan juft so‘zlar qariyb 1000 tani tashkil etgan edi va uning statistik natijasiga koʻra bir xil soʻz turkumiga oid juft soʻzlar ot+ot 34,5 %, sifat+sifat 26,1 %, ravish+ravish 16,4 %, feʻl+feʻl 10,8 % larni tashkil etdi. Nemis tilida ko‘makchi, predlog va bog‘lovchilar yordamida so‘z turkumlaridan yasalgan juft so‘zlarda esa bogʻlovchilar 87,6%, koʻmakchilar 1,84 %, predloglar 10,6 % ni ko‘rsatdi.
Nemis tilidagi juft soʻzlarni taqqoslash natijasida oʻzbek tilida soʻz yasovchi qoʻshimchalar muhim rol oʻynashini kuzatdik. Yaʻni soʻz yasovchi qoʻshimchalar juft soʻzning ikkala komponenti uchun bir xil boʻlgan hollarda uning juft soʻzga qoʻshilishi kuzatildi:
1) agar juft soʻz, soʻz yasovchi qoʻshimchani olmagan holda juft soʻz sifatida qoʻllanmaydigan boʻlsa, soʻz yasovchi affiks juft soʻzning ikkala komponentiga qoʻshiladi;
2) agar ikkala komponenti uchun umumiy boʻlgan soʻz yasovchi affiksga ega boʻlgan juft soʻz shu affiksni olmagan holda ham juft soʻz sifatida qoʻllanadigan boʻlsa, bunday hollarda soʻz yasovchi affiks juft soʻzning keyingi komponentiga qoʻshiladi.
Juft soʻzlar boʻyicha tadqiqotlarning shuni koʻrsatadiki, ularning tarkibiy qismlari toʻgʻri joylashishini tahlil qilish juft soʻzlar boʻyicha tegishli adabiyotlarda tadqiqot mavzusi boʻlsa-da, juft soʻzlardagi ketma-ketlik aloqalari hali ham nemis tilida batafsil oʻrganilmagan. Tahlil qilingan nemis tilidagi korpus maʻlumotlariga asoslanib, juft soʻzlar tarkibiy qismlarining ketma-ketligi koʻp miqdordagi semantik va pragmatik omillar bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini aniqlash mumkin. Ammo ular bugungi kunga qadar juft soʻzlarning strukturaviy holatidan kelib chiqib tadqiq etilmoqda.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə