Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


III BOB. NEMIS VA OʻZBEK TILLARIDA JUFT SOʻZLARNING SEMANTIK TAHLILI



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə30/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

III BOB. NEMIS VA OʻZBEK TILLARIDA JUFT SOʻZLARNING SEMANTIK TAHLILI
3.1. Zamonaviy nemis tilida juft soʻzlar va ularning universal xarakteri
Juft soʻzlarning tarkibiy - maʻnoviy oʻziga xosliklarini tadqiq qilish, leksikologiya rivojiga qoʻshilgan muhim hissa sifatida qaralishi mumkin.
I.Chernisheva, M.Stepanova oʻzlarining „Zamonaviy nemis tili leksikologiyasi“asarida juft soʻzlarni quyidagicha taʻriflaydilar: „Juft soʻzlarning asosiy muhim tarkibiy xususiyati ikki soʻz birikmasidan tashkil topishidir, yaʻni bu soʻz birikmalari ikki bir xil soʻz turkumidan iborat boʻlgan leksemalardan tashkil topadi“. Nemis tilida juft soʻzlar toʻgʻridan-toʻgʻri isteʻmolda boʻlishiga qaramasdan, ular kundalik ishlatiladigan leksikaning uchdan bir qismini tashkil etishi mumkin. Lekin ularning tilda jarangdorligi boshqa til birliklaridan ajralib turadi. Shunga qaramasdan tilda oʻz vazifasini bajarib, lugʻat tarkibini yanada boyishini taʻminlaydi.
Juft soʻzlarni sintaktik jihatdan tavsiflashda ikkita jihatga eʻtibor qaratish lozim:

  1. Bogʻlanishning tarkibiy qismlarini almashtirish imkoniyati;

  2. Juftlashgan frazeologizmlar elementlaridan birini tushirib qoldirish.

Bularning har ikkisi ham asl frazeologizmlar tuzilishining buzilishiga olib keladi, chunki oʻzgarmas soʻz ketma–ketligi umuman frazeologik birliklarning, xususan juft soʻzlarning eng muhim tashqi belgilaridan biridir. Soʻz tarkibidagi oʻzgarishlar frazeologizmlarning buzilishi bilan bogʻliq.
Z.Gergieva juft soʻzlarda keng tarqalgan [i] va [a] tovushlarining almashinishini, shuningdek, ortib borayotgan soʻz turkumlari qonuni taʻsirida urgʻuning ikkinchi komponentga oʻtishini qayd etadi. V.Levitskiy81 oʻzining statistik tahliliga asoslanib, nemis tilida juft soʻzlar tarkibiga kiruvchi soʻzlarning semantik oʻxshashligi qanchalik katta boʻlsa, ularning fonetik oʻxshashligi ham shunchalik katta boʻladi va aksincha, deb taʻkidlaydi. Shundan kelib chiqadiki, antonimlar sinonimlarga qaraganda kamroq fonetik oʻxshashlik bilan ajralib turadi.
Shunday qilib, juft soʻzlar ajralmas semantik, sintaktik, morfologik va fonetik xususiyatlarga ega boʻlgan juft soʻzlardir. Bu turdagi birliklarning tilda paydo boʻlishi bir qator sabablarga bogʻliq. I.Olshanskiy tilning umumlashtirish va mustahkamlash vositalariga boʻlgan ehtiyojini, shuningdek til birliklarining kommunikativ aniqligiga moyilligini (Deutlichkeitstrieb) sabab sifatida keltiradi. Binobarin, bu yyerda semantikaga katta ahamiyat beriladi. Juft soʻzlar tilda maʻlum bir maʻno turini ifodalash uchun paydo boʻlib, nihoyatda aniq semantikaga egadir, chunki tarkibiy qismlarning kombinatsiyasi ularning maʻnosini oʻzgartiradi va noaniqlikni neytrallaydi. I.Chernisheva juft soʻzlar faoliyatining asosiy sohalari deb adabiy va adabiy-soʻzlashuv sohalarini ataydi. U miqdoriy tahlil natijalariga ishora qiladi, zero, unga koʻra juft soʻzlar foydalanish chastotasi boʻyicha ogʻzaki frazeologik birliklardan keyin badiiy matnlarda ikkinchi oʻrinni egallashini taʻkidlaydi.
Nemis va oʻzbek tillarida juft soʻzlarning komponentlari oʻz xarakteriga koʻra har xil boʻlishi tadqiqot davomida kuzatildi. Bunda juft soʻzlar quyidagi elementlardan tashkil topishi mumkin ekan:

  1. Har ikki element ham yakka holda ayrim maʻno bera oladigan mustaqil soʻz boʻladi, masalan, soch-soqol, osh-suv, yer-suv, yer-koʻk, qoʻl-oyoq, bosh-oyoq.

2. Bir element (odatda keyingisi) bugungi tilda aynan qoʻllanmaydi, yakka holda esa maʻno bermaydi, masalan, kiyim-kechak, koʻcha-koʻy, bozor-oʻchar va boshqalar. Bularning keyingi elementi ham aslida mustaqil soʻz boʻlgan va u yoki eskirib, isteʻmoldan chiqqan, yoki boshqa tildan olingan soʻz boʻladi.
3. Har ikki element ham yakka holda qoʻllanmaydi, faqat juftlashib keladi: ikir-chikir, gʻidi-bidi, chirtin-pirtin kabi. Bular asli etimologik tahlil orqaligina aniqlanadi.

  • maʻno kengayadi va juft soʻzning maʻnosi komponentlarning semantik jamligidan keng boʻladi. Masalan: qozon-tovoq (shularning atrofidagi, shular bilan bogʻlangan predmetlarni ham oʻz ichiga oladi, yaʻni lagan, kosa, qoshiq, choʻmich, kapkir va boshqalar.

  • maʻno kengaymaydi, lekin umumlashish, jamlik ifodalanadi. Bunda har ikki qismdan anglashilgan predmetlarning umumiy nomi kelib chiqadi. Masalan: ota-ona, aka-uka, tun-kun. Bular - kengayish, umumlashish - juft soʻzlarning umumiy semantik xususiyatidir. Umumlashtirish xususiyati birinchi holatda (maʻno kengayganda) ham saqlanadi. Bu maʻno turli ayrimliklarga, ottenkalarga ega boʻladi. Masalan, predmetlarning umumlashgan nomi (jins oti), harakatlarning umumlashgan nomi (borish-kelish, olish-berish, urish-soʻkish kabilar). Sonlar juftlashganda esa, oʻzagi umumiylik, chama, taxmin, noaniqlik mazmunlari bilan bogʻlanadi: uch-toʻrt, oʻn-oʻn besh, yigirma-oʻttiz kabi.

Shuningdek, asta-sekin, kuch-quvvat, keksa-qari tipidagi juftlik (sinonimik juftlik) komponentlarining semantik jihatdan bir-birini izohlashi, kuchaytirish xarakterida boʻladi, stilistik vazifani bajaradi, antonimik juftlashish (yaxshi-yomon, katta-kichik, yosh-qari), bu ham odatda, umumlashtirish xususiyatiga ega boʻladi.
Juft soʻzlar quyidagi xususiyatlarga ega:

  • ular ikki, baʻzi hollarda uchta bir xil soʻz turkumidagi soʻzlardan tashkil topadi va bu soʻzlar bir-biri bilan bogʻlovchi orqali bogʻlangan boʻladi (koʻp holatlarda und, weder...noch, oder). bogʻlovchi qism sifatida koʻpincha in predlogi yoki chogʻishtirish uchun qoʻllaniladigan yuklamalar wie, als keladi;

  • komponentlar orasidagi munosabat semantik jihatdan sinonim, antonim va oʻzaro toʻldiruvchi boʻlishi mumkin;

  • tuzilishiga koʻra ular koʻpincha alliteratsiya (bir xil yoki ohangdosh undoshlarning ketma-ket kelishi) bilan tavsiflanadi.

Bu til birligi yo ikkala komponentning kombinatsiyasi bilan bogʻliq metaforani (durch dick und drum - barcha qiyinchiliklarni orqaga qaramasdan yengib oʻtish) yoki tarkibiy qismlardan birining maʻnosiga yangicha tus berish, uni kuchaytirish, yoki boshqacha ifodalashni anglatadi.
Hozirgi vaqtda juft soʻzlar boʻyicha tadqiqotlar deyarli shiddat bilan koʻpaymoqda. Baʻzi zamonaviy tadqiqotchilar nemischa juft soʻzlarni keng koʻlamli juft soʻzlar toʻplamiga asoslanib, ayniqsa, aniq mezonlarga koʻra tasniflashni taklif qilishadi.
Shunga koʻra:

  • qofiya turiga koʻra; schicki micki (olifta-satang),

  • bogʻlanish turiga koʻra; fix und fertig (tappa-tayyor, ichib mast-alast boʻlmoq)

  • tavtologik bogʻlanishiga koʻra; Hand in Hand (qoʻlma-qoʻl), nach und nach (asta-sekin, oz-ozdan);

  • shuningdek, gap strukturasini yasash imkoniyatiga koʻra hin ist hin (u yyerda-bu yyerda, keldi-ketdi).

Tadqiqotimiz va mulohazalarimiz natijasi sifatida juft soʻzlarning yana bir nechta maxsus guruhlarini ajratish mumkin. Bizning fikrimizcha, bu kichik guruhlarning ikkitasi shakl jihatidan juft soʻzlarga yaqin, lekin mazmuniga kelsak, ular hali toʻliq idiomalar emas. Bular:

  • taqlidiy (onomatopoetik) ifodalar, masalan, glück-glück (baxt-omad);

  • oʻxshashliklarni ifodalovchi (auf Gedeih und Verderb) auf Gedeih und Ungedeih (yaxshi-yomon) yoki qisman juda yengil yoki umuman idiomaga aylanmagan soʻzlardir. Gauner und Diebe (qallob-oʻgʻri), Geburt und Grab (tugʻilish-oʻlish).

Juft soʻzlardagi ketma-ketlik munosabatlari boʻyicha nemis olimlari tomonidan olib borilgan natijalar shuni koʻrsatadiki, juft soʻzlardagi ketma-ketlik aniqligini, hodisalarning vaqtinchalik ketma-ketligi va sabab-taʻsir munosabatlari tasvirlanishidan tashqari, soʻz juftligidagi ketma-ketlik munosabatlari ustunlik bergan holatlarni ham oʻz ichiga oladi. Quyida ularga bogʻliq boʻlgan uchta til hodisasini koʻrib chiqamiz:

  • juft soʻzlardagi til birliklarining ketma-ketligi tildan tashqari voqelikdagi hodisalarning xronologik ketma-ketligini aks ettiradi;

  • juft soʻzlardagi til birliklarining tartibi idrok etishning timsoliy tasviridir. Juft soʻzning birinchi termini odatda ikkinchi termin bilan belgilangan munosabatlardan oldinroq qabul qilinadigan munosabatlarga ishora qiladi;

birinchi juft soʻz uchun ikkinchi juft soʻz ramka hisoblanadi.
Juft soʻzlardagi ketma-ketlik munosabatlariga fonologik cheklovlarning taʻsirini tekshirishda alohida fonologik qoidalarni aniqlash mumkin boʻlgan umumiy tamoyillarni izlash ham muhim rol oʻynaydi. V.Cooper hamda J.Ross tuzgan fonologik cheklovlarni juft soʻzning birinchi tarkibini qisqartirish tendensiyasi bilan bogʻlashga harakat qilgan. Biroq, uning taʻkidlashicha, faqat baʻzi fonologik cheklovlar aytib oʻtilgan tendensiyaning ifodasi sifatida qaralishi mumkin.
Faqatgina semantik yoki fonologik omillarga taalluqli prinsiplardan tashqari, J.Ross juft soʻzlar tarkibiy qismlarining joylashuvi boʻyicha ham semantik, ham fonologik cheklovlarni oʻz ichiga olgan umumiy tendensiyalar mavjudligini taʻkidlab oʻtganlar. J.Ross juft soʻzlarda semantik jihatdan aniq boʻlmagan, fonetik jihatdan esa mos keladi degan fikrni olgʻa surdi. Juft soʻzning prototipik birinchi qismining fonologik xususiyatlari, natijada uning semantik xususiyatlarining aniq tasviri sifatida qaralishi mumkin. Tilshunos olimlar esa juft soʻzlar tarkibiy qismlarining ketma-ketligini belgilovchi individual qoidalarni faqat semantik-fonologik prinsipda izlash mumkin degan fikrni bildiradi.
Maʻlumki, sinonimlar bir asosiy tushunchani ifodalovchi so´zlar bo´lsada, lekin ular ifodalagan maʻno bir-biriga baʻzida absolyut teng bulishi yoki teng bo´lmaganligini ko´rishimiz mumkin. Ular o´zlariga xos maʻno nozikliklari bilan bir- biridan farqlanadi. Sinonim so´zlarni juft xolda qo´llash va bu orqali qandaydir maʻno ifodalashda sinonimlarni maʻno va qo´llanish jihatdan, qisman bo´lsada, bir-biridan farqlanishi muxim rol o´ynaydi.
Antonim so´zlardan tashkil topgan juft so´zlar jamlik, umumlashtirish maʻnolarini ifodalab keladi.

Mann und Weib- erkak-ayol - er-xotin.

Jungen und Mädchen-oʻgʻil-qiz - yoshlar.

Männer und Weiber-erkak-ayol -odamlar.


O´zbek tilida ham sinonim va antonim so´zlardan juft so´z hosil boʻladi. Bu ikki jihat, yaʻni juft so´zlarning sinonimik va antonimik juftlashuvi masalasi juft so´zlarning semantik tasnifini belgilaydi. Masalan Ost und West - g´arb va sharq, Mann und Weib - er-xotin juft so´zini antonim, qarama-qarshi ifodaga tenglashtiramiz. O´zbek tilida esa „er-xotin” juft so´zi jamlik, umumiylik maʻnolarini anglatib keladi. Hamda juft so´z bo´lgan bu soʻzni maqollarda ham uchratamiz.

Er-xotinning urishi

Doka ro´molning qurishi.


Shu o´rinda bu maqol birgina oila aʻzolari bo´lgan ayol va erkak uchun ishlatilmagan, balki barcha ayol va erlar uchun xos bo´lgan xalq maqolidir. Demak sinonimlar juftlashganda maʻno bir tomondan umumlashsa, ikkinchi tomondan kuchaytiriladi. Masalan: kayf-safo, shon- shuhrat, husni-jamoli, sabr-qanoat. Keyingi sahifalarda semantik tasnifni kengroq yoritamiz.
Morfologik tuzilishga koʻra ikkita muhim xususiyatni koʻrish mumkin:
1. Juft soʻz oldida predlog artiklsiz qoʻllaniladi:
1. mit Ach und Krach - zoʻr-bazoʻr;

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə