Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə26/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Stilistik elementlarga koʻra bogʻlanish yoki birikish hodisasida esa yuqorida taʻkidlanganidek, nemis tilida oʻz alohida holatlari uchrab turadi, jumladan, alliteratsiya hamda aniqsizlik ularning farqli tomonlaridir.

  • Alliteratsiya (tovushlar qatori birxilligi): ab und an (vaqti bilan, baʻzi-baʻzida);

  • Tugallanishning bir xilligi: dann und wann (onda-sonda);

  • Alliteratsiya (tovushlar qatori bir xilligi): gechniegelt und gestriegelt (silliq va tozalangan);

  • Assonans/ ohangdoshlik, moslik: angst und bange (es-xushi uchdi);

  • Hech qanday aniqliksiz: ab und zu (goh-gohida, baʻzida-baʻzida) va shu kabilar.

Yana shuni qayd etish lozimki, nemis tilida oʻzbek tilidan farqli ravishda juft soʻzlar modelining yasalishiga doir koʻplab ishlar qilingan:

  • Model: von X bis/auf/zu/nach Y von Kopf bis Fuß;

  • Model: X wie/als Y wie damals wie heute, hüben wie drüben;

  • Model: X ist/bleibt/sind X geschenkt ist geschenkt, doof bleibt doof;

  • Model: X ist/sind Y Leiden sind Lehren, Sport ist Mord;

  • Model: X Präp X („an“, „auf“, „für“, „in“, „mit“, „um“, „wieder“) Arm in Arm, Fragen über Fragen, Stein auf Stein.79

Model yasalish juft soʻzlar kabi frazeologizmlar tarkibiga kiruvchi maxsus sifatlardan sanaladi, ular bitta sxema tuzilishiga koʻra oʻzgarmaydigan doimiy mazmunga ega boʻlgan, uning avtosemantik qismlari boʻlgan leksikaning erkin qoʻllanishidir. Nemis tilshunos olimlaridan Harald Burger bunday juft soʻzlar modeli yasalishning maxsus holatlarini ularning sifati tarzida kuzatgan. Bundan tashqari, nemis tilidagi juft soʻzlarning yana bir xususiyati bu ularning tartiblanish holatidir.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə