Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Nemis va oʻzbek tillaridagi badiiy matnlarda juft soʻzlar va ularning semantik tahlili



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə34/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Nemis va oʻzbek tillaridagi badiiy matnlarda juft soʻzlar va ularning semantik tahlili

Juft soʻzlar yaxlit maʻno-mazmunlarning ketma-ket qoʻllanishi natijasida sinonim, yaʻni semantik jihatdan bir-biriga yaqin juft soʻzlar juftlashib, semantik jihatdan uygʻunlashuvi namoyon boʻladi.
Komponentlarining mustaqil maʻnoga ega yoki ega emasligiga koʻra, juft soʻzlar uch turga boʻlinadi: 1) ikkala komponenti mustaqil maʻnoga ega boʻlgan juft soʻzlar; 2) bir komponenti mustaqil maʻnoga ega boʻlmagan juft soʻzlar; 3) ikkala komponenti mustaqil maʻnoga ega boʻlmagan juft soʻzlar.90
Juft soʻzlar ifodalaydigan maʻnolarni ikkala komponenti mustaqil maʻnoga ega boʻlgan juft soʻzlar misolida tekshirish mumkin. A.Hojiev91 oʻzbek tilida juft soʻzlarni quyidagi turlarga ajratgan.

  1. Ikkala komponenti mustaqil maʻnoga ega boʻlgan juft soʻzlar;

  2. Bir komponenti mustaqil maʻnoga ega boʻlmagan juft soʻzlar;

  3. Ikkala komponenti mustaqil maʻnoga ega boʻlmagan juft soʻzlar.

Sinonimlardan tashkil topgan juft soʻzlar, asosan, ot, sifat, feʻl va ravish turkumlarida uchraydi. Maʻlumki, sinonimlar bir asosiy tushunchani ifodalovchi soʻzlar boʻlsa-da, lekin ular ifodalagan maʻno bir-biriga absolyut teng boʻlmaydi. Ular oʻzlariga xos maʻno nozikliklari bilan bir-biridan farqlanadi.92 Agar sinonimlar maʻno jihatidan bir-biriga mutlaqo teng boʻlganda, bizningcha, sinonimlardan juft soʻzlar hosil boʻlmas edi. Chunki maʻno jihatidan tamomila teng boʻlgan ikki soʻzni juft holda qoʻllash bilan shu soʻzlarning maʻnosiga qoʻshimcha maʻno ifodalab boʻlmaydi.
Shuning uchun, biz ekvivalentlik turini aniqlashda Gleshir klassifikatsiyasiga tayanilgan holda quyidagi tasnifni yaratdik. Unga muvofiq agar ikkinchi tilda berilgan muqobil variantning barcha komponentlari nol ekvivalentlik hisoblanadi va shunga koʻra semantikaning darajalanish holatlarini koʻzdan kechirib chiqamiz. Demak, nemis va oʻzbek tillaridagi juft soʻzlarni ekvivalentligi nuqtai nazaridan quyidagicha tasnif qilish mumkin:

  • Birinchi navbatda frazeologizmning gapda qoʻllanilishi misol qilib beriladi.

  • Keyin oʻzbek tilidagi mos taʻrifi yoki soʻzma-soʻz tarjimasi beriladi.

  • Uchinchi qatorda oʻzbek tilidagi mos ekvivalenti beriladi.

  • Tahlilning oxirgi bosqichi ekvivalentlik turini aniqlashdan iborat.


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə