Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə35/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Zeitliche Abfolge: bunda muayyan vaqt oraligʻida sodir boʻladigan voqealar yoki vaqtga bogʻliq boʻlgan mezonlar muhim roʻl oʻynaydi, asosan ushbu guruhga kiruvchi juft soʻzlar ikkala tilda ham koʻproq isteʻmolda boʻladi.
damals wie heute

  • Letztendlich Architektur zu studieren, erschien mir damals wie heute nur konsequent.

  • Oʻsha paytda hozirgi kabi

  • Oʻsha vaqtda huddi bugungidek

  • Nol ekvivalentlik

damals wie heute“ damals adv. boʻlib biror voqeani oʻtmish sifatida belgilashini ifodalaydi, "oʻsha paytda" maʻnosini beradi, keyinchalik unga taqqoslash sifatida wie heute soʻzi biriktirilib, frazeologizmga aylangan. XVI asr boshlaridan beri ishlatilinib kelinadi. Qadimgi parallel shakllanishlar oʻsha paytda (XV asr oʻrtalarida) va undan keyin (XV asr oxiri, ikkalasi ham 19-asrgacha boʻlgan) damals oʻrnida ↗dazumal soʻzi ishlatilingan. Yaʻni dazumal wie heute tarzida boʻlgan.
früher oder später

  • Aber das ist noch nicht das Ende: Früher oder später wird China die USA als größte Volkswirtschaft der Welt ablösen.

  • Erta va kech

  • Ertami- kechmi

  • Qisman ekvivalentlik

früher oder später” nemis tilida koʻp uchraydigan va koʻp isteʻmoldagi birliklardir. Ushbu juft soʻzlarning nemis tilida aynan qaysi koʻrinishda paydo boʻlgani aniqlanmagan, ammo ular etimologik lugʻatlarda kelitirilishicha, davriy jihatdan oʻrta asrlarga borib taqaladi. (Mittelhochdeutsch vrüe(je) oder spete). Oʻzbek tilida ertami- kechmi juft soʻzlari mavjud, ammo ular nemis tilidagi kabi und bogʻlovchisi bilan bogʻlanmayapti, shunga koʻra biz ularni qisman ekvivalent sifatida qabul qilamiz.
leben und sterben

  • Diese zahlreichen Kreaturen, die auf einem alten Planeten leben und sterben, lassen unglaubliche Mengen an Fossilien zurück - jedes Fossil ein kleines Wunder und doch als Gesamtheit unausweichlich.

  • Yashamoq va oʻlmoq

  • Hayot-mamot

  • Qisman mos keladi

leben und sterben“ ushbu juft soʻzlar dastavval ikkala mustaqil feʻldan tashkil topgan boʻlib, bulardan streben (sterban) feʻlining 9-asrlardan tilda mavjud ekani tasdiqlangan boʻlsa, leben feʻlining (lebēn) 8-asrlardan tilda mavjudligi aniqlangan. Ammo ikkala soʻzning juft soʻzlar sifatida paydo boʻlishi 19-asr ohirlariga toʻgʻri keladi deb tahmin qilish mumkin va bugungi kunda uning semantikasi va strukturasi Yevropa tillariga hamda ingliz tiliga mutloq mos keladi. Oʻzbek tilidagi hayot- mamot juft soʻziga maʻnosi jihatdan mos tushadi, ammo sruktura jihatidan moslik yoʻq, yaʻni nemis tilida ular feʻl soʻz turkumida kelgan boʻlsa, oʻzbek tilida esa ular ot soʻz turkumida ifodalanadi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə