Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Juft soʻz komponentli frazeologizmlar tarkibi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə32/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

3.1.1. Juft soʻz komponentli frazeologizmlar tarkibi
Juft soʻzlarning frazeologik birliklar qatoriga kirishi koʻplab olimlarning nazariyalari asosida asoslanadi. Idiomaviylikka ega bulmagan frazeologik birliklar ham mavjud. Koʻpincha ular ishlatilayotgan tilda doim ham tayyor birlik deb hisoblanmaydi88.
Shunday frazeologik birliklar (juft soʻzlar) borki, ular qisman idioma hisoblanadi.

kurz und gut qisqasini aytganda.


Agar kurz und gut, bir soʻz bilan aytganda, qisqasini aytganda (kurz und gut: ich habe nichts dagegen einzuwenden - qisqasini aytganda: bunga mening hech qanday qarshiligim yoʻq, kurz und gut (Er hat kurz und gut gesprochen - u qisqa va loʻnda gapirdi) kabi erkin soʻz birikmasi bilan solishtirsak, aniq koʻrishimiz mumkin, kurz und gutning semantik jihatdan qismlarga boʻlinmaydigan birlik ekanligi kuzatiladi. Bu bizga kurz und gut, der Artikel ist nicht gut ubersetzt; kurz und gut, der Artikel ist zu kurz geschrieben kabi soʻz oʻyini xarakteriga ega boʻlgan solishtirish holatlarini koʻrsatadi. Kurz und gut juft soʻzi butunlay idiomaviydir, chunki ushbu komponentlarning bir-biriga muvofik soʻzlar bilan birikishi shu frazeologik birliklarda yuqorida koʻrilganidek soʻz oʻyini (tajnis) solishtirish (qiyoslov) xolatlarining borligi kuzatilsada, ushbu komponentlar birliklari tarkibida aynan asliy ravishlar maʻno kasb etmaydi.
Xuddi shunday keyingi juft soʻz Gang und Gabe (masalan, es ist Gang und Gabe yoki der Ausdruck ist Gang und Gabe) va keinen Deut wert sein, keinen Deut um (für) etwas geben kabi iboralar arxaizm soʻzlardir. Yaʻni bular birikmalarining qismlarga boʻlinmasligini taʻminlaydi va ikkinchisiga maʻlum bogʻlanish darajasini beradi.
Tilshunos olimlar frazeologizmlarning semantik yaxlitligi ularning asosiy belgisi ekanligiga qoʻshiladilar. Juft soʻzlarning koʻp qismi bir tomondan, majoziy, koʻchma juft maʻnoga ega juft soʻzlarda mantiqning asosiyligidan, ikkinchi tomondan esa bir xil yoki yaqin terminga (sinonim yoki maʻno jihatdan oʻxshash komponentlarda) yoki antonimik komponentlarda bir turdagi terminga oʻtishdan iborat.
Juft soʻzlarning (frazeologik jihatdan) mos kelishlarining asosiy turlari quyidagilardir:

  • toʻliq moslashish;

  • qisman moslashish, ular obrazlilik jihatidan yaqin, lekin leksik tuzilishi, sintaktik kelishuvidan va soʻzlar tartibi jihatidan farqlanadi;

  • mos kelmaslik. Har xil tillarda koʻp frazeologik juft birliklarning frazeologik moslashuvi mavjud emas. Ular realiyadir. Realiyalar leksik birlik boʻlib, insonlar hayotidagi milliy urf-odatlar va ularga xos boʻlgan hodisalarni anglatadi. Bunday juft soʻzlarni soʻzma-soʻz, analogiya yoki tasviriy yoʻl bilan tarjima qilish yaxshiroqdir;

  • tahlil orqali tarjima.

Shunday qilib, juft soʻzlarni tarjima qilishning qiyin muammolaridan biri bu ularning vazifaviy va semantik tomondan ajralmas birliklar boʻlib hisoblanishidir. Ularning koʻchma maʻnosi mavjud va ular nutqda tayyor birlik sifatida namoyon boʻladi.
1. Art und Weise - yoʻl-yoʻsin;
2. bei Wind und Wetter - yogʻin-sochin.
Koʻrsatilgan ikki omil turli bogʻlanishlarning semantik jihatdan yaxlitligi komponentlarning mazmuniy obrazliligi va mazmuniy oʻzaro taʻsiri natijasida juft soʻzlarni ifodalilik nuqtayi nazaridan maʻlum darajada farqlaydi.
Komponentlarning alohida semantik taʻsiri natijasida sinonimlar ekspressiv salohiyatiga ega boʻlib, shu bois nominativ ekspressiv frazeologiyaga (idiomatikaga) kiradi. Qoidaga binoan nominativ juft soʻzlari yaxlit maʻnoga ega emasligini taʻkidlash lozim. Ular obyekt yoki tushunchani belgilovchi ikki komponentning semantik yaqinlashishi natijasida paydo boʻladi. Bu termin keyinchalik oʻxshashlik, yaxlitlik umumiylik yoki qarama-qarshilik uchun xarakterlidir, masalan:
1. das Alte und Neue - eski va yangi;

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə