Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Gefahr und unter den peinlichsten Umständen mutig und höflich



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə42/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Gefahr und unter den peinlichsten Umständen mutig und höflich ushbu jumlalarni juft soʻzning uchlik shakliga kiritishimiz ham mukin. Und bogʻlovchisi orqali bir nechta komponentlardan juft soʻz hosil qilmoqda va oʻzbek tiliga ham xavf-xatarda va murakkab vaziyatlarda deya chiziqcha hamda va bogʻlovchisi orqali juft soʻz boʻlib kelmoqda. Har bir komponent mustaqil maʻnoga ega boʻlib ot soʻz turkumiga tegishli hisoblanadi. Ushbu jumlalarda auf die volle Achtung soʻzi auf predlogi bilan kelmoqda va oʻzbek tiliga diqqat, eʻtibor deya tarjimasi berilgan, bu yerda esa izzat-hurmat tarzida chiziqcha bilan juft soʻz hosil qilmoqda.
Zadirs Lage war in diesem Augenblick gewiß alles andere als beneidenswert, aber der Gedanke an das alte Sprichwort: “Grobheit und Trotz sind kein Beweis von Mut, sondern ein Beweis von Schwäche”, half ihm. (Fritz Würthle „Babur der Tiger“, eine begebnisreiche Erzählung. Mit 16 Textillustrationen von Flora. S –21.)
Shu lahzalarda Zahiriddin M uhammadning ahvoli, shubhasiz, nochor edi, lekin ,,Qoʻpollik va qaysarlik matonat belgisi emas, balki zaiflik belgisi“, degan qadimgi maqolni eslash unga madad berdi. (Yanglish Egamova “Andijon shaxzodasi”, Sarguzasht-qissa. –T.: Oʻqituvchi, 2012. –23 B.)
Grobheit und Trotz nemis tilidagi ushbu jumla und bogʻlovchisi yordamida juft soʻz hosil qilmoqda va ikkala komponenti ham sifat soʻz turkumiga mansub va mustaqil qoʻllanila oladi. Oʻzbek tiliga esa Qoʻpollik va qaysarlik deb tarjima qilingan hamda va bogʻlovchisi orqali juft soʻzni hosil qilmoqda. Nemis tilidagidek oʻzbek tilida ham sifat soʻz turkumiga mansub va mutloq mos variant berilgan.
Tanlangan misollarni ularning tarjima ekvivalentlari bilan taqqoslash tarjimada asl birliklarni nemis tilidan oʻzbek tiliga oʻgirishning keng koʻlamli usullaridan foydalanilganligini aniqlashga imkon beradi. Ularning barchasi bir xil boʻlmagan guruhni ifodalaydi. Ularning qoʻllanilishi natijasida juft soʻzlarning tuzilishi oʻzgarmagan holda uzatiladi yoki oʻzgarishlarga uchraydi. Bu usullar tarjima ekvivalentlarining sintaktik xususiyatlarini belgilab beradi.
Shuni taʻkidlash joizki, quyida keltirilgan tarjima usullari juda kamdan kam hollarda alohida, ajratib qoʻllaniladi (bunga, xususan, I.Alekseeva94 ham urgʻu bergan koʻpincha, juft soʻzlarni oʻzbek tiliga oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida bir nechta tarjima usullari qoʻllaniladi. Shunday qilib, biz bitta tarjima ekvivalenti doirasida turli xil tarjima usullarining kombinatsiyasi haqida gapirishimiz mumkin.




    1. Yüklə 1,37 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə