Zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə39/52
tarix29.09.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#124828
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
04.09.2023 Dissertatsiya

Bomben und Granaten

  • Sie ist Expertin für Bomben und Granaten.

  • Bomba va granatalar

  • Bomba va granatalar maʻnosida

  • Qisman moslik

Bomben und Granaten“ juft soʻzi nemis tilida birinchi Jahon urushi vaqtlaridan isteʻmolda qolgan deya hisoblanadi. Ushbu juft soʻzlar nemis tilining juft soʻzlar tarkibiga kiradi, ammo oʻzbek tilida esa bu mustaqil ikki soʻz hisoblanadi. Ularning maʻno va struktura jihatidan mutloq mos kelishini koʻrish mumkin boʻlsa-da, ammo eng muhimi boʻlmish, ular ikki taqqoslanayotgan tillarda birdek ham juft soʻzlarga hos birikma emas. Faqatgina nemis tilida juft soʻzlar tarkibiga kiritilgan.
Klein und Groß

  • Dieses Wortfeld ist für Klein und Groß.

  • Katta va kichik

  • Katta- kichik

  • Mutloq moslik

Klein und Groß“- nemis tilidagi ushbu juft soʻzlarning kelib chiqish tarixi aka-uka Grimm ertaklariga borib taqaladi. Dastavval, oddiy zid maʻnoga ega soʻzlarning bogʻlanishi tarzida qaralgan boʻlsa-da, bugungi kunda ushbu juft soʻzlar nemis tilidagi juft soʻzlar uchun lugʻatlar tarkibiga kiritilgan. Oʻzbek tiliga ham mutlaq mos keladi. Faqatgina oʻzbek tilida juft soʻzlar shaklida und bogʻlovchisiz qoʻllaniladi va uning oʻrniga chiziqcha qoʻyiladi.
Shuningdek, nemis tilida juft soʻzlarni semantik jihatdan tahlil qilish uchun Fritz Würthlening „Babur der Tiger“ qissasi va X.Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib” romoni hamda Y.Grimm va V.Grimmlarning „Märchen“ (ertaklar) nomli toʻplamidan 30 dan ortiq ertaklar tanlab olindi va X.Raximov va G.Raximovalarning nemis tilidan oʻzbek tiliga tarjimasi bilan chogʻishtirgan holda semantik jixatlari yoritildi. Nemis tilidan oʻzbek tiliga juft soʻzlarni tarjima qilish jarayonida ularning tuzilishi va mazmunini solishtirish orqali funksional va semantik mustaqil birliklar tanlab olindi. Bu prinsiplar til elementlarining oʻxshashlik va mos kelishi orqali ifoda qilinadi. Ushbu juft soʻzlarning tuzilishi va maʻnosi mos kelishi mumkin yoki moslashishda ayrim kamchiliklar orqali amalga oshiriladi.
Nemis va oʻzbek tillarida ikki sinonim soʻzdan tashkil topgan juft soʻzlar koʻp uchraydi, Masalan: mit Ach und Krach - zoʻr-bazoʻr. „Das Ach” soʻzi oʻzbek tilida: 1. quvonchli nido, xursandchilik nidosi. 2. norozilik, shikoyat kabi ikki maʻnoni beradi. „der Krach” soʻzining esa toʻrtta maʻnosi lugʻat tarkibiga kiritilgan. 1. shovqin, guldirash. 2. mojaro, janjal, baxs. 3. qichqiriq. 4. yemirilish, koʻchki.93

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə