Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə22/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

III. Ekotsid
Ekotsid (yunoncha oicos
uy hamda lotincha caedo

ldiraman so zlaridan kelib chiqqan) genotsidning bir turi.


Ekotsid o simlik yoki hayvonot dunyosi obyektlarini ommaviy
qirg in qilish, atmosfera havosi yoki suvni zaharlash, shuning-
dek ekologik falokatga sabab bo luvchi boshqa jinoiy harakat-
lar
1
. Ekotsid insoniyat yashash makoni sifatidagi atrof-tabiiy
muhitga, muayyan o simlik yoxud hayvonot dunyosi yoki bosh-
qa tabiiy obyektlarning mavjud bo lishiga tahdid soladi. Uning
tarkibiy qismi sifatida harbiy ekotsid, ya ni urushda dushmandan
harbiy ustunlikka erishish va g alabani ta minlash uchun tabiiy
muhit, shart-sharoitlaridan majburiy foydalanish hisoblanadi.

1
O zbekiston yuridik ensiklopediyasi/Nashr uchun mas ul R.A. Muhitdinov va


boshq. Mas ul muharrir N. Toychiyev. T. Adolat, 2010. 544-bet.




55
Insoniyat xavfsizligi va tinchlikka qarshi jinoyatlar Kodeksi


loyihasida ekotsid qasddan, oldindan o ylab va atrof-muhitga
jiddiy zarar yetkazuvchi jinoyat, deb ta riflanadi. Atrof-muhitni
himoya qilish insoniyat uchun katta ahamiyatga ega ekanligini
hisobga olib, Kodeksda ekotsidni sodir etganlik uchun xalqaro
jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilangan.
IV. Biotsid 
Biotsid hayotdan mahrum etish, insoniyatga qarshi qara-
tilgan xalqaro jinoyat. Biotsid ekotsiddan farqli ravishda, inso-
niyatga va boshqa tirik jonzotlarga qarshi qaratilgan harbiy ni-
zoda dushman ustidan g alaba qozonish maqsadida qasddan om-
maviy qirg in qurollarini ishlatishda namoyon bo ladi. Biotsid-
ning manbai agressiv urushlardir. Biotsidni amalga oshirish vo-
sita va qurollari quyidagilar:
- xalqaro huquq bilan hozircha taqiqlanmagan harbiy tex-
nika va qurol, moddiy boyliklarni saqlab, faqat insonni yo q
qilishga qaratilgan neytron qurol;
- 1972-yilgi Konvensiyaga
1
asosan taqiqlangan va o rnatil-
gan tartibda yo q qilingan bakteriologik (biologik) va toksinli
qurollar;
- 1925-yilgi Protokol bilan taqiqlangan, kishilarni yo q qilish-
ga mo ljallangan, bo uvchi, zaharli va shu kabi boshqa gazlar;
- kimyoviy gazlar, ya ni qurolli mojaroda dushmanning tirik
kuchini yo q qilishga qaratilgan o q-dori va kimyoviy qurilmalar.
Yuqoridagilar Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqish,
to plash hamda qo llashni taqiqlash va uni yo q qilish to risi-

1 Bakteriologik va toksik qurol yarog larni ishlab chiqish, tayyorlash va to plashni


man etish hamda ularni tugatish to risidagi Konvensiya (London, Vashington,
Moskva, 1972-yil 10-aprel), O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 22-de-
kabrdagi 185 I-sonli qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan, O zbekiston Res-
publikasi uchun 1996-yil 26-yanvarda kuchga kirgan, 1-modda.




56
dagi Konvensiya


1
bilan taqiqlangan. 1993-yili bu Konvensiyani
Parijda 154 ta davlat imzoladi.
Yuqorida ko rsatib o tilgan jinoyatlarga jazoning muqarrar-
ligini ta minlash uchun xalqaro jinoyat huquqi normalari qidiruv,
qamoq va jinoyatchilarni ushlab berish (ekstraditsiya) qoidalari
bilan tartibga solib turadi. 1946-yildayoq BMT Bosh Assam-
bleyasi o zining maxsus rezolyutsiyasida davlatlarga Harbiy
jinoyatchilarni qayerda jinoyat sodir etgan bo lsa, o sha dav-
latga ularni jo natib, o sha davlat qonunlari asosida javobgarlik-
ka tortish uchun barcha choralarni ko rish kerakligi haqida
Tavsiyalar bergan edi. Keyinchalik BMTning inson huquqlari
bo yicha Komissiyasi o zining 29-sessiyasida Insoniyatga qarshi
jinoyatlar va harbiy jinoyatlarda aybdor bo lgan shaxslarni aniq-
lash, qamash va ularni ushlab, jazoga tortish bo yicha xalqaro
hamkorlikning prinsiplari loyihasini ko rib chiqdi va ma qulladi.
zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida Tinchlik va
insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga qarshi kurashish va
uni oldini olish, ushbu jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nis-
batan jinoiy javobgarlik belgilangan.
zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining
ikkinchi Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar bo limining
VIII bobi Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi jino-
yatlar
2
deb nomlanib, unda jamiyat uchun yuqori xavfga ega
bo lgan, o zida tinchlik va insoniyat xavfsizligiga tajovuz tug di-
radigan jinoyatlar va ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan ji-
noiy javobgarlik belgilangan.

1 Kimyoviy qurollarni yaratish, ishlab chiqish, to plash va qo llashni ta qiqlash va uni


yo q qilish to risidagi Konvensiya (Parij, 1993-yil 13-yanvar. O zbekiston Res-
publikasi mazkur Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil
26-apreldagi 236 I-sonli Qaroriga muvofiq qo shilgan. O zbekiston Respublikasi
uchun 1997-yil 29-apreldan kuchga kirgan), 2-modda.
2
Qarang: O zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi: (2012-yil 1-iyungacha
bo lgan o zgartish va qo shimchalar bilan). Rasmiy nashr. O zbekiston Respub-
likasi Adliya vazirligi. T.: Adolat, 2012. 84 89-betlar.




57


Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə