Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə21/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

genotsid
, ya ni milliy, etnik, irqiy yoki diniy mansubligiga
qarab, bir guruh shaxslarning jismonan to la yoki qisman qirilib
ketishiga olib keladigan turmush sharoitini qasddan yaratish,
bunday shaxslarni jismonan to la yoki qisman qirib yuborish,
bola tug ilishini zo rlik bilan kamaytirish yoxud bolalarni ana
shu odamlar guruhidan olib, boshqasiga topshirish, shuningdek,
bunday harakatlar sodir etish to risida buyruq berish o n yil-
dan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
II. Aparteid
Afrika burlari tilidan apartheid
alohida yashash degan
ma noni anglatadi.
Aparteid irqiy kamsitishning keskin shakllaridan biri bo lib,
irqiga ko ra davlat aholisi guruhining huquqlari boshqa aholi
guruhlariga nisbatan kamsitiladi, ular siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
va fuqarolik huquqlaridan mahrum qilinadi. Bir irqning ikkinchi
bir irq ustidan hukmronlik o rnatish va ushlab turish hamda ular-

1 Ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining


1999-yil 20-avgustdagi 835 I-son Qaroriga asosan qo shilgan. O zbekiston Res-
publikasi 1999-yil 8-dekabrda kuchga kirgan.//Qarang: Huquqni muhofaza qilish
oranlariga oid xalqaro hujjatlar. To plam. Mas ul muharrir A.X. Saidov. T.:
Adolat, 2004. 76 80-betlar.




54
ga doimiy ravishda zulm o tkazish uchun aholi maxsus ajratil-


gan joylar (rezidentsiyalar)da saqlanadi.
Bunday jinoyatning subyektlari davlat vakillari, tashkilot-
lar, tashkilot a zolari va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Ijrochi-
lardan tashqari, aparteid aktlarini amalga oshirishda hamkorlik
qilgan yoki qo llab-quvvatlagan va bevosita yordam bergan shaxs-
lar hamda tashkilotchilar ham jazoga tortiladi.
1973-yilgi BMT Bosh Assambleyasining Aparteid jinoyatini
oldini olish va u uchun jazolash to
risidagi xalqaro Konvensi-
yasiga binoan, bunday jinoyatlarga nisbatan ham universal yuris-
diksiya o rnatilgan. Aybdorlar Konvensiya ishtirokchisi bo lgan
biror-bir davlatning sudiga jalb etilishi mumkin. Zarur holda
jinoyatchini biror-bir davlatga berishi mumkin, chunki aparteid
siyosiy jinoyat hisoblanmaydi. Shuning uchun jinoyatchilarni
biror-bir davlatga ushlab berish (ekstraditsiya) o sha davlatning
milliy qonunchiligi yoki xalqaro shartnomalar asosida alohida amal-
ga oshiriladi. Konvensiyada davlatlar rozilik bergan taqdirda xalq-
aro jinoyat tribunalini tashkil etish imkoniyati nazarda tutilgan.

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə