Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olishga qarshi



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə29/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olishga qarshi 
kurashning xalqaro huquqiy jihatlari 
Bugungi kunda shaxsni garovga olish jinoyati keng tarqal-
gan bo lib, undan turli uyushgan jinoiy guruhlar foydalanmoqda.
Garovga olish ikki xil ko rinishda:
1)
terrorizm yoki tovlamachilik alomatlari bo lamagani
holda shaxsni garov sifatida tutqunlikka olishda;

1 1949-yil 12-avgustdagi Jeneva Konvensiyalari va ularga qo shimcha Protokollar.


Ikkinchi nashr. T.: Xalqaro Qizil Xoch Qo mitasi, 2007. 261-bet.




81
2) garov sifatida tutqunlikka olingan shaxsni ozod qilish


sharti bilan davlat, xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxs-
dan biron-bir harakat sodir etishdan o zini tiyib turishni talab
qilish maqsadida shaxsni garov tariqasida tutqunlikda ushlab
turishda namoyon bo ladi.
1907-yilda Urush qonunlari va udumlari to risidagi Gaaga
Konvensiyasida urush vaqtida shaxsni garov sifatida ushlab
turish xalqaro huquqqa xilof ekanligi belgilangan.
1979-yilda qabul qilingan Odamlarni garovga olishga qarshi
kurash to risida gi Konvensiya
1
ga ko ra, garovga olish deganda
muayyan shaxsni qo lga olish yoki qo l ostida ushlab turish,
ldirish, tahdid etish, jarohat yetkazish yoxud garovga olingan
shaxsni ozod qilish sharti sifatida davlatni, xalqaro tashkilotni
tegishli shaxsni u yoki bu harakatni amalga oshirishga yohud
muayyan harakatlardan tiyilishga majbur qilish uchun garovga
olingan shaxsni ushlab turishda davom etish kabi harakatlar
tushuniladi.
Konvensiyaning
2
5-moddasida: Garovga olish
a) davlat, uning hududida yoki uning hududida ro yxatga
olingan suv transporti bortida sodir etilganda;
b) davlat fuqarosiga nisbatan amalga oshirilganda;
d) davlatni muayyan harakatlarni bajarishga yoki bajarish-
dan tiyilishga majbur etilganda;
e) garovga olingan odam shu davlat fuqarosi va qilmishni
sodir etishda gumon qilingan jinoyatchi ham shu hududda bo l-
ganda davlat o zining yurisdiksiyasini amalga oshiradi. Siyosiy
qarashlari, irqiy, diniy mansubligi uchun ta qib qilish va jazo-
lashga urinish alomatlari bo lganida jinoyatchini da vogar dav-

1
Ushbu Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy


Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 554 I-son Qarori bilan qo shilgan.// O zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 1-son, 21-modda.
2
Ushbu Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 554 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.//
zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 1-son, 21-modda.




82
latga berish man etiladi , deya universal yurisdiksiya tamo-


yili belgilab qo yilgan
1
.
Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish jinoyatining bevo-
sita obyekti jamoat xavfsizligi, jamoat tartibi, fuqarolarning er-
kin harakat qilishi, hayot yoki sog lig ini ta minlovchi ijtimoiy
munosabatlar hisoblanadi.
Obyektiv tomondan jinoyat terrorizm yoki tovlamachilik
alomatlari bo lmagan holda garov sifatida tutqunlikka olingan
shaxsni ozod qilish sharti bilan davlat, xalqaro tashkilot, jis-
moniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir harakat sodir etish yoki
biron-bir harakatni sodir etishdan o zini tiyib turishni talab
qilish maqsadida shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish yoki
tutqunlikda ushlab turishda ifodalanadi
2
.
Garovga olingan shaxs o z xohish-irodasiga zid ravishda
harakat qilish erkinligidan mahrum etilgan shaxsdir.
Subyektiv tomondan jinoyat to ri qasd bilan sodir etiladi.
Jinoyatning subyekti subyekt yoshiga yetgan aqli raso jis-
moniy shaxs hisoblanadi.
Garovga olingan shaxslarni ozod qilish shartlari turlicha
bo lishi mumkin. Dunyo miqyosida garovga olinganlar bilan bog -
liq sud-tergov amaliyotini o rganish shundan dalolat beradiki,
aybdorlar ko pincha o zlari turgan mamlakatdan chiqib ketish
imkonini berish, hukumat qarorining bekor qilinishiga erishish,
mahkumlarni ozod qilish, pul, qurol, giyohvandlik moddalari-
ning berilishi va hokazo talablarni qo yganlar
3
.
zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 245-modda-
sida shaxsni garov sifatida tutqunlikka olganlik uchun jinoiy
javobgarlik belgilangan.

1
A. Ochildiyev. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma naviy-


ma rifiy asoslari. T.: TIU nashriyoti, 2008. 177-bet.
2
Rustamboyev M.H. O zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. V tom.
Maxsus qism. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy
xizmatni o tash tartibiga qarshi jinoyatlar. Darslik. T.: ILM-ZIYO, 2011. 27-bet.
3 O sha joyda.




83


Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə