Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda xalqaro ham-



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə26/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda xalqaro ham-
korlik
Terrorizm atamasi lotincha terror so zidan olingan bo -
lib, qo rqinch tug dirish, vahima, dahshat ma nosini anglatadi
1
.
Xalqaro terrorizm xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli qilmishlar
yig indisi bo lib, davlatlarning xalqaro va milliy xavfsizligiga
tajovuz qilib, odamlarning asossiz ravishda o lishiga, davlatlar
va uning vakillarining normal dimlomatik munosabatlarni amal-
ga oshirish faoliyatiga hamda davlatlar o rtasidagi transport alo-
qalariga jiddiy putur yetkazadi.
Quyidagi hollarda terrorizm xalqaro jinoyat deb kvalifikatsiya
qilinadi:
a) agar terrorchilar ham, jabrlanuvchilar ham bitta davlat-
ning fuqarolari bo lib, terrorchilik harakati shu davlat hududi-
dan tashqarida sodir etilgan bo lsa;
b) agar terrorchilik akti fuqarolari xalqaro himoyadan foyda-
lanadigan davlatlarga qarshi qaratilgan bo lsa;
c) terrorchilik harakatiga bir davlat hududida tayyorgarlik
ko rilib, boshqa davlat hududida amalga oshirilsa;
d) terroristik akt bir davlat hududida sodir etilib, terrorist-
lar boshqa davlat hududida yashirinsa va ularni javobgarlikka
tortish uchun topshirish zarurati kelib chiqsa
2
.

1 Huquqshunoslikka oid o zlashma terminlar. Tuzuvchilar: H. Bektemirov, H. Xol-


medov, S. Sodiqov. T.: Adolat, 1999. 59-bet.
2
Xalqaro terrorizm jinoyati bo yicha jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarligi
(ilmiy-amaliy qo llanma). Nashr uchun mas ul: yuridik fanlari doktori, professor
Q.Z. Alimov. T.: 2007. 9-bet.




71
Terrorchilik deganda, terrorizmni amalga oshirish uchun


ketgan vaqt, muayyan hududda amalga oshirilishi va juda ko p
insonlarga qarshi qaratilganligi kabi jihatlarga ega jinoiy hara-
katlar tushuniladi
1
.
Terrorizmga qarshi kurashish bo yicha halqaro miqyosda
quyidagi hujjatlar qabul qilingan.
- 1937-yilgi 24 davlat vakillari tomonidan imzolangan
Terrorizmning oldini olish va uni tugatish to risida gi Kon-
vensiya, Terrorchilar va boshqa jinoyatchilarni sud qilish uchun
xalqaro jinoyat palatasi to risida gi Konvensiya.
- Havo kemalari bortida sodir etiladigan jinoyatlar va boshqa
ayrim aktlar to risida gi 1963-yilgi Konvensiya (O zbekiston
Respublikasi mazkur Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 32 I-sonli Qaroriga muvo-
fiq qo shilgan);
- Havo kemalarini qonunga xilof tarzda bosib olinishiga
qarshi kurash to risida gi 1970-yil 16-dekabrdagi Konvensiya
(O zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 29-dekabrdagi 1016 XII-sonli
Qaroriga muvofiq qo shilgan);
- Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan g ayri-
qonuniy aktlarga qarshi kurash to risida gi 1971-yilgi Kon-
vensiya (O zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O zbe-
kiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993-yil 29-dekabrdagi
1016 XII-sonli Qaroriga muvofiq qo shilgan);
- 1973-yilda qabul qilingan Xalqaro himoyadan foydala-
nuvchi shaxslarga qarshi, shu jumladan, diplomatiya agentlari-
ga qarshi jinoyatlarning oldini olish va bunday jinoyatlar uchun
jazolash to risida gi Konvensiya (O zbekiston Respublikasi
mazkur Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
1997-yil 26-dekabrdagi 553 I-sonli Qaroriga muvofiq qo shilgan);

1 Qarang: Àíòîíÿí Þ.Ì. Òåððîðèçì: êðèìèíîëîãè÷åñêîå è óãîëîâíî-ïðàâîâîå


èññëåäîâàíèå. Ì.: 1998. Ñ. 11.




72
- 1979-yilda qabul qilingan Odamlarni garovga olishga


qarshi kurash to risida gi Konvensiya (O zbekiston Respub-
likasi mazkur Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi Oliy Maj-
lisining 1997-yil 26-dekabrdagi 554 I-sonli Qaroriga muvofiq
qo shilgan);
- 1980-yili qabul qilingan Yadroviy materiallarni jisman
himoya qilish to risida gi Konvensiya (O zbekiston Respubli-
kasi mazkur Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi Oliy Majli-
sining 1997-yil 26-dekabrdagi 556 I-sonli Qaroriga muvofiq qo -
shilgan);
- 1988-yilda qabul qilingan Dengiz kemalarining xavfsizli-
giga tahdid soluvchi g ayriqonuniy aktlarga qarshi kurash to -
risida gi Konvensiya (O zbekiston Respublikasi mazkur Kon-
vensiyaga O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil
31-avgustdagi 132 II-sonli Qaroriga muvofiq qo shilgan);

- 1991-yilgi Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi


jinoyatlar kodeksi loyihasi;
- 1991-yilgi Plastik portlovchi moddalarni topa olish maq-
sadida ularni markirovka qilish to risida gi Konvensiya;
- 1994-yilda qabul qilingan Xalqaro terrorizmni bartaraf
qilish choralari to risida gi BMT Deklaratsiyasi;
- 1993-yilgi Kimyoviy qurolni ishlab chiqish, ishlab chiqa-
rish va qo llashni taqiqlash hamda uni yo q qilish haqida gi
Konvensiya (O zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga
zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi
236 I-sonli Qaroriga muvofiq qo shilgan);
- 1996-yilgi BMTning Jinoyatchilik va ijtimoiy xavfsizlik
to risida gi Deklaratsiyasi;
- 1997-yilgi Terrorizmga qarshi kurash to risida gi Xalqaro
Konvensiya;
- 1997-yil 15-iyuldagi Bombali terrorizmga qarshi kurash
to risida gi Xalqaro Konvensiya (O zbekiston Respublikasi maz-
kur Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
1998-yil 29-avgustdagi 684 I-sonli Qaroriga muvofiq qo shilgan);




73
- Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to risida gi


Xalqaro Konvensiya (O zbekiston Respublikasi mazkur Konven-
siyaga O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-may-
dagi 225 II-sonli Qaroriga muvofiq qo shilgan);
- Yadroviy terrorizm aktlariga qarshi kurash to risi-
da gi Xalqaro Konvensiya (O zbekiston Respublikasi mazkur
Konvensiyani O zbekiston Respublikasining 2008-yil 9-apreldagi
RQ 146-sonli Qonuniga muvofiq ratifikatsiya qilgan);
- Terrorizmni yo q qilish haqida gi Yevropa Konvensiyasi
(Strasburg, 1977-yil 27-yanvar);
- MDH davlatlari ishtirokchilarining Terrorizmga qarshi
kurashish bo yicha hamkorligi haqida gi shartnomasi (Minsk,
1999-yil 4-iyul);
- 1999-yil 9-dekabrdagi Terrorizm, separatizm va ekstre-
mizmga qarshi kurash to risida gi Shanxay Konvensiyasi
(O zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi 274 II-sonli
Qaroriga muvofiq qo shilgan);
- 2001-yil 15-iyundagi Terrorizm, separatizm va ekstremizm-
ga qarshi kurash to risidagi Shanxay Konvensiyasiga o zgar-
tirish kiritish haqidagi Bayonnoma (O zbekiston Respublikasi
mazkur Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-
ning 2003-yil 12-dekabrdagi 573 II-sonli qaroriga muvofiq qo -
shilgan);
- 2008-yil 16-maydagi Terrorizm bilan kurashish maqsa-
dida o zaro hamkorlik va ushlab berish haqida gi Konvensiya;
- 2009-yil 16-iyundagi ShHTning Terrorizmga qarshi kura-
shish to risida gi Konvensiyasi;
- 2010-yil 10-sentabrdagi Xalqaro fuqaro aviatsiyasiga
nisbatan noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish to risida gi
Konvensiya;
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi tomonidan quyidagi hujjatlar
qabul qilingan:
- 1999-yil 19-noyabrdagi Yevropa xavfsizlik Xartiyasi;




74
- 2005-yil 16-maydagi Varshavada Yevropa Ittifoqining


Terrorizmdan ogohlantirish to risida gi Konvensiyasi;
- 2005-yil 16-maydagi Yevropa Ittifoqining Terrorizmni
moliyalashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni aniq-
lash, olib qo yish va musodara qilish to risida gi Konvensiya;
Xalqaro miqyosda terrorizm atamasiga to xtaladigan bo l-
sak, u yuridik atama sifatida izoh talab qiladi. Zero, terro-
rizm ga yuridik atama sifatida yakdil ta rif berilmagan. Chu-
nonchi, AQShlik mutaxasislar T. Arnold va M. Kennedi Ter-
rorizm tushunchasiga ta rif berib bo lmaydi
1
degan edilar. Shu-
ningdek, g arb olimlaridan E. Arechaga Terrorizm umumiy
jihatdan qaraganda, jinoiy qilmishlardan biri hisoblanadi. Chun-
ki bunday jinoiy qilmishni jamiyatda sarosima, tartibsizlik kel-
tirib chiqarish, terror qilish, jamoat tartibini izdan chiqarish,
ijtimoiy kuchlar tomonidan terrorga qarshi bo ladigan harakatni
bo ib qo yish hamda jamiyatda kulfat va azob-uqubatlarni
kuchaytirish maqsadida ataylab sodir etiladigan harakatlar sifa-
tida ta riflash kerak
2
, deya mazkur qilmishning o ta ijtimoiy
xavfli ekanini ifodalovchi qator subyektiv belgilarni sanab ber-
gan. Rus olimlari, masalan, I.V. Dall o zining yuridik izohli
lug atida Terrorizm maqsadi o ldirish, zo rlik ishlatish bilan
qo rqitish bo lgan harakatdir
3
, deb ta kidlagan edi. Ko p olim-
lar terrorizmni xalqaro jinoyat deb e tirof etadilar. Hozirgi
kunda huquqshunos olimlar oldida xalqaro terrorizmning
ilmiy-siyosiy tavsiflarini, unga berilgan turli-tuman ta riflarni
tahlil qilish bilan birgalikda mazkur jinoyatning yuzaga kelish
sabablarini, mohiyatini, jinoyat huquqi nuqtai nazaridan ochib
berish masalasi yotibdi. Zero, hozirgi kunda terrorizmning xalq-
aro ko rinish tusini olib, ijtimoiy xavfi yanada oshayotgani
ko rinib turibdi.

1 Brece Houfman (Bryus Xoffman). Inside Terrorism (Ichki terrorizm). Ñolumbia


University Press , 1998. P. 209.
2 Ëÿõîâ Å.Ã. Òåððîðèçì è ìåæãîñóäàðñòâåííûå îòíîøåíèÿ. Ì.: Ìåæäóíàðîä-
íîå îòíîøåíèÿ, 1991. Ñ. 13.
3 O sha joyda.




75
Ushbu tushuncha O zbekiston Respublikasining Terrorizmga


qarshi kurash to risida gi Qonunida berilgan bo lib, Qonunning
3-moddasida: Terrorizm siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa
maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog lig iga xavf
tug diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo q
qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda
davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biror-
bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur
qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning
suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur
yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko zlab ig vogarliklar qi-
lishga, aholini qo rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlash-
tirishga qaratilgan, O zbekiston Respublikasining Jinoyat kodek-
sida javobgarlik nazarda tutilgan zo rlik, zo rlik ishlatish bilan
qo rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar , deyiladi.
Ko p holatlarda terrorizm bilan bir doirada ishlatiluvchi
diniy ekstremizm nima? 1999-yil 9-dekabrda Shanxay ham-
korlik tashkiloti tomonidan qabul qilingan Terrorizm, separa-
tizm va ekstremizmga qarshi kurash to risida gi Konvensiya-
ning 2-moddasida: Ekstremizm hokimyatni zo rlik bilan egal-
lab olish yoki zo rlik bilan ushlab turishga, shuningdek davlat-
ning konstitutsiyaviy tizimini zo rlik bilan o zgartirishga qara-
tilgan qandaydir qilmish, shuningdek jamoat xavfsizligiga zo r-
lik bilan tajovuz qilish, jumladan mazkur maqsadlarda g ayri-
qonuniy qurolli tuzilmalarni tashkil etish yoxud ularda ishtirok
etish , deya sharhlangan edi.
Shuningdek, yana bir jinoiy atama separatizm davlatning
hududiy yaxlitligini buzishga, jumladan, hududining bir qismini
undan ajratishga yoki davlatni tarqatishga (dezintegratsiya qi-
lishga) qaratilgan, zo rlik ishlatish orqali sodir etiladigan qan-
daydir qilmish, shuningdek shunday qilmishni rejalashtirish va
tayyorlash, uning sodir etilishiga ko maklashish, bunga undash
1

deya o zining yuridik izohini topgan.

1 Mazkur Konvensiyani O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-
ning 2001-yil 30-avgustdagi 274 II-sonli Qaroriga asosan ratifikatsiya qilgan.// O zbe-
kiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, 9 10-son, 185-modda.




76
Xalqaro terrorizm jinoyatining asosiy obyektlari xalqaro xavf-


sizlik, insoniyat xavfsizligi hamda davlatlarning ijtimoiy xavfsiz-
ligini ta minlaydigan ijtimoiy munosabatlardir. Uning qo shimcha
obyekti odamlarning hayoti, sog lig i, moddiy yoki boshqa man-
faatlarini ta minlaydigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Motivlari esa, turlicha bo lishi mumkin: qasos, qasd, dav-
latda olib borilayotgan siyosatni g oyaviy qabul qilmaslik va
boshqalar
1
.
Obyektiv tomondan, odatda, terrorizm aniq bir siyosiy
(jamoat) arbob yoki bir necha odamlar hayotiga qarshi qara-
tilgan zo rlik ishlatish yoki uni qo llash taktikasidan iborat
harakatlardir.
Zo rlik ishlatish ko pincha tanaga og ir tan jarohatlari
yetkazish va o ldarishgacha bo lgan jismoniy ta sirlardan tarkib
topadi. U ruhiy ta sirdan ham, turli ashyolarni undirishdan ham
iborat bo lishi mumkin, bu ayniqsa, terroristik harakatlar biror
shaxsning hayoti uchun pul talab qilish kabi holatlar uchun
xarakterlidir
2
.
Professor X.T. Odilqoriyev hamda B.E. Ochilov xalqaro ter-
rorizm quyidagi shakllarini ko rsatadi.
I. Zamonaviy terrorizm.
II. An anaviy terrorizm
3
.
Jahonda ro y berayotgan terrorizm xurujlari mamlakatimiz
va boshqa davlatlar xavfsizligiga ham xavf solmoqda. Preziden-
timiz BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi ma ruza-
sida

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə