Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


Yollanma jinoyatchilikka qarshi kurash



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə28/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

Yollanma jinoyatchilikka qarshi kurash 
Ushbu jinoyatning oldini olish borasida BMT Bosh Assam-
bleyasi Kotibiyati, BMT Xavfsizlik Kengashi bir necha bor yol-
lanma jinoyatchilikni qoralab, aybdor shaxslarni javobgarlikka
tortishni talab qilgan. 1961-yil 24-noyabrdagi BMT Xavfsizlik
Kengashi rezolyutsiyasida BMT nazorati ostida bo lmaydigan
barcha chet ellik harbiy yoki yarim harbiy shaxslarni shuning-
dek, yollanuvchilarni darhol qamoqqa olish, ushlab turish va jo -
natish uchun ta sir choralarini qo llash to risidagi qoidalar mus-
tahkamlandi. 1968-yil BMT Bosh Assambleyasi 2465 (XXIII)
rezolyutsiyasida shuni qat iy belgilab qo ydiki, yollanuvchilar-
dan foydalanish amaliyoti jinoiy harakat hisoblanadi. 1976-yil
30-noyabrdagi BMTning 31 34-son rezolyutsiyasida davlatlar
z hududlaridagi yollanuvchilarni jalb etish, moliyalashtirish va
tkazkishni jinoyat deb e lon qiladigan va yollanuvchi sifatida
jalb qilinishini taqiqlaydigan qonunlar qabul qilishga chaqirdi.
Bu qoidalar, shuningdek BMTning 1977-yilgi 32 41-son rezol-
yutsiyasida ham mustahkamlandi. 1989-yilda qabul qilingan
Yollanma jinoyatchilarni yollash, ulardan foydalanish, moliya-
viy ta minlash va o qitishga qarshi kurash to risida gi Xalqaro
Konvensiyasida
1
Yollanma jinoyatchi nizolashayotgan tomon-
ning fuqarosi hisoblanmagan, shaxsiy moddiy foyda ko rish
maqsadida harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun o z ixtiyori
bilan yollangan xususiy shaxs , degan ta rif berilgan.
Yollanuvchi tushunchasi 1949-yil 12-avgustdagi Jeneva kon-
vensiyasiga Xalqaro qurolli ziddiyatlar qurbonlarini himoya qi-
lish haqidagi qo shimcha Protokol (1-Protokol)ning 47-modda-
sida belgilab berilgan:
1. Yollanma shaxs kombatant yoki harbiy asir statutiga ega
emas.

1 Mazkur Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy


Majlisining 1997-yil 26-dekabrdagi 555 II-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.//
zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 1-son, 22-modda.




80
2. Yollanma shaxslar qatoriga quyidagi har qanday shaxs


kirishi mumkin:
a) qurolli mojaroda kurashish uchun o sha joyda yoki chet
elda maxsus yollangan shaxslar;
b) amalda harbiy harakatlarda bevosita qatnashayotgan
shaxslar;
c) harbiy harakatlarda asosan shaxsiy foyda ko rish istagiga
amal qilgan holda qatnashayotgan va unga nizolashayotgan to-
mondan bevosita yoki shu tomonning ko rsatmasi bilan mazkur
tomon qurolli kuchlari shaxsiy tarkibiga mansub xuddi shu da-
raja va shu vazifani bajaruvchi kombatantlarga va da qilingan
yoki to lanadigan mablag ga nisbatan ancha ko p miqdorda haq
to lanishi to risida haqiqatda va da olgan shaxs;
d) nizolashayotgan tomon fuqarosi ham bo lmagan va nizo-
lashayotgan tomon nazorati ostidagi hududda ham muqim yasha-
mayotgan shaxslar;
e) nizolashayotgan tomon qurolli kuchlari shaxsiy tarkibiga
kirmaydigan shaxslar;
f) nizolashayotgan tomon hisoblanmagan davlat tomonidan
uning qurolli kuchlari tarkibiga kiruvchi shaxs sifatida rasmiy
vazifani bajarish uchun yuborilmagan shaxslar
1
kirishi mumkin.
zbekiston Respublikasi JKning 154-moddasida yollanish
jinoyati uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə