Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə37/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

preparat
moddalarning har qanday fizik holatdagi, tar-
kibida bitta yoki bir nechta giyohvandlik vositalari yoxud psixo-
trop moddalar bo lgan aralashmasi.
zbekiston Respublikasida nazoratga olinishi lozim bo l-
gan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro y-
xatiga kiritiladi. Ular davlat tomonidan ko riladigan nazorat
choralaridan kelib chiqib, quyidagi ro yxatlarga kiritiladi:
1) I ro yxatga O zbekiston Respublikasida muomalada
bo lishi (ular O zbekistonda ishlab chiqarilgan yoki chiqarilma-
ganidan qat i nazar) O zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
hamda O zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan
taqiqlangan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar kiradi;
2) II ro yxatga O zbekiston Respublikasida muomalada
bo lishi cheklangan va O zbekiston Respublikasi qonun hujjat-
lari hamda O zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomala-
riga muvofiq nazorat choralari belgilangan giyohvandlik vosita-
lari va psixotrop moddalar kiradi;
3) III ro yxatga O zbekiston Respublikasida muomalada
bo lishi cheklangan va O zbekiston Respublikasi qonun hujjat-
lari hamda O zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomala-

1 Izoh: O zbekiston Respublikasi JK Maxsus qismi sakkizinchi bo limi (atamalar-


ning huquqiy ma nosi)ga ko ra, perekursorlar BMTning Giyohvandlik vositalari
va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash
to risida gi 1988-yil-gi Konvensiyasiga Ilovaning I va II jadvallariga kiritilgan har
qanday modda.




103
riga muvofiq ayrim nazorat choralari istisno etilishi mumkin


bo lgan psixotrop moddalar kiradi;
4) IV ro yxatga O zbekiston Respublikasida muomalada
bo lishi cheklangan prekursorlar kiradi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar
ro yxatlari O zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomo-
nidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi va matbuotda e lon qilinadi.
zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalarining muo-
malada bo lishini nazorat qilish va qonunga xilof ravishda ular
bilan muomala qilganlik uchun javobgarlik belgilash majburiyat-
lari O zbekistonning xalqaro huquqiy shartnomalaridan kelib
chiqadi. Bugungi kunda respublikamiz Giyohvandlik vositalari
to risida gi BMTning 1961-yilgi Yagona Konvensiyasi va
1972-yilda unga kiritilgan o zgartirishlar, Giyohvandlik vosita-
larining qonunga xilof ravishda muomalada bo lishiga qarshi ku-
rash to risida gi BMTning 1988-yilgi Konvensiyasiga qo shil-
gan.
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonun-
ga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar O zbekis-
ton Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko ra (XIX bob. Giyoh-
vandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof
ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar ) jinoyat hisob-
lanib, unga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangan.
1
JKning
ushbu bobiga kiritilgan mazkur jinoyatlar giyohvandlik vosita-
lari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilish
sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni qo riqlashga qaratilgan. Bu
normalarning maqsadi ular bilan qonunga xilof ravishda muo-
mala qilishga qarshi harakat qilish, fuqarolarning sog lig ini saq-
lash va davlat xavfsizligini ta minlashdan iborat.

1 Qarang. O zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (2012-yil 1-iyulgacha bo lgan


zgartish va qo shimchalar bilan) Rasmiy nashr O zbekiston Respublikasi Ad-
liya vazirligi. T.: Adolat, 2012. 168 178-betlar.




104


Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə